Mehnatkashlarni ijtimoiy himoyalashning qanday tizimlarini ajratib ko’rsatish




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

54. Mehnatkashlarni ijtimoiy himoyalashning qanday tizimlarini ajratib ko’rsatish 
mumkin? 
Ijtimoiy himoya — bu insonning hayoti va faol mavjudligi ehtiyojlarini qondirish, hayot sharoitining 
minimal darajasini kafolatlashga qaratilgan tadbirlar va muassasalar tizimidir. Bugungi kunda 
ijtimoiy himoya insoniylik, manzillilik, komplekslilik, shaxsning huquq va erkinliklarini ta`minlash 
kabi tamoyillarga asoslanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilishdan maqsad: oilalar va individlarning 
moddiy ehtiyojlarini ta`minlash, nafaqaxo`rlar va nogironlarni himoya qilish, oilalarni birdamligini 
saqlash, bolalarga sog`lom va xavfsiz voyaga yetishlari uchun zamin yaratishdan iborat. Ijtimoiy 
himoya tizimining tarixiy evolyutsiyasiga nazar tashlasak u dastlab diniy jamoat muassasalari, 
masjid, madrasa yoki cherkovlar orqali amalga oshirilgan. Uning ilk ko`rinishi milodiy 347-yilda 
Rim imperiyasida ochiq hayriya maktablarining paydo bo`lishi bilan izohlanadi. Keyingi 
bosqichlarda Rossiya, Germaniya, AQSH, Angliya va Yevropada ijtimoiy himoya tizimining 
asoslari va mexanizmlari yaratildi. Uzoq yillik jahon tajribasi asosida ijtimoiy himoyani amalga 
oshirishning zamonaviy modellari shakllandi. Ular quyidagilardan iborat: Sotsial demokratik model 
— Bunda ijtimoiy himoyaning barcha masuliyatini davlat o`z zimmasiga oladi. M: Skandinaviya 


mamlakatlari, Yaponiya Neoliberal model — unga ko`ra ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini 
tadbirkorlar va kasaba uyushmalari bajaradilar. Bunga AQSH yaqqol misoldir. Neokonservativ 
model — bunda ijtimoiy himoy davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat 
federal byudjeti asosida olib boriladi. Germniyani misol qilish mumkin. Bundan tashqari hozirda 
ijtimoiy himoyaning ommaviy modellari ham mavjud: 1) Welfare — bu tizim o`z navbatida 3 ta 
atribut: farovonlik, ta`minot va nafaqadan tashkil topgan. 2) Medical aid. Butun dunyoda ana shu 
modellarning u yoki bu ko`rinishiga asoslangan ijtimoiy siyosat olib boriladi. Ijtimoiy siyosat — bu 
davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar va nohukumat jamoat birlashmalarining aholi zaruriy 
ehtiyojlarini qondirish uchun amalga oshirayotgan tadbirlarning maqsadga yo`naltirilganligidir. 
Ijtimoiy siyosat ijtimoiy totuvlik va ijtimoiy himoyaning yig`indisidan iborat. Ijtimoiy siyosatning 
o`ziga xos belgilari mavjud bo`lib, ular orqali dunyo mamlakatlarida yuritilayotgan ijtimoiy 
siyosatga baho berish mumkin. Quyida ana shu belgilarni ko`rib chiqamiz: − Aholining pul 
daromadlari va tovar zaxiralari o`rtasidagi muvozanatni saqlab turish; − Fuqarolarning yashash 
sharoitlarini yaxshilash uchun qulay imkoniyatlarni yaratish; − Ko`rsatilayotgan xizmatlar va 
tovarlar sifatiga bo`lgan aholi talabini qondirish; − Aholi salomatligini mustahkamlashning moddiy 
bazasini kengaytirish; − Jamiyat aholisining ma`lumot va madaniy darajasining o`sishi uchun 
islohotlar olib borish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoyaning 4 ta tashkiliy-huquqiy 
shakli mavjud: ijtimoiy himoya, xususiy sug`urta, korxonalar tomonidan ko`rsatiladigan ijtimoiy 
xizmatlar, ijtimoiy sug`urta. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mehnatkashlarni ijtimoiy himoyalashning qanday tizimlarini ajratib ko’rsatish

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish