boʻlinadi. Ya kka tartibdagi Mehnat nizolari — ish beruvchi va xodim oʻrtasida mehnat toʻgʻrisidagi
qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasipz. nazarda tutilgan mehnat shartlarini
qoʻllanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Jamoaga doir Mehnat nizolari — ish
beruvchi va xodimlar jamoalari oʻrtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash va mavjud shartlarini
oʻzgartirish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, oʻzgartirish va bajarish yuzasidan kelib
chiqqan kelishmovchiliklardir. Ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar mehnat
shatnomasida qatnashuvchi har 2 tarafning harakati yoki harakatsizligi natijasida kelib chiqishi
mumkin. Har qanday kelishmovchiliklarhamM.n. darajasiga borib yetmaydi. Yuzaga kelgan
kelishmovchiliklar mehnat huquqi subʼyektlari tomonidan turlicha baholanishi mumkin.
Baholashdagi kamchiliklar Mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organga murojaat qilingandan boshlab
Mehnat nizolari darajasiga borib yetadi.
49. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlari qanday?
50. Mehnat resurslarini qayta taksimlash?
Mehnat resurslari - mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning
tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat
resurslariga kiritiladi.
Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi
oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59
yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi. Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq.
Aholi tarkibida yoshlar qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. 20-asr oxiri
—21-asr boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat resurslari har yili 320—350 ming kishi atrofida koʻpay-
ib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qoʻyganlar tashkil etadi.
Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim saviyasi, malakasi,
kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi. Taʼlimtarbiya, malakani oshirish,
sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib, Mehnat
resurslari ni takroran yaratishga xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi.
Mehnat resurslari ban-dligi — mehnat yoshidagi kishilarning ish bilan taʼminlanishi, ularning tovar
va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi. Mehnat resurslari tarkibidagi ishlashga talabgor boʻla turib
ish topa olmaganlar ishsizlar (qarang Ishsizlik) hisoblanadi (qarang Bandlik).
21-asr boshlarida Oʻzbekiston Mehnat resurslari tez oʻsishi bilan tavsiflandi. 2003-yilda
respublikada Mehnat resurslari 13181,0 ming kishini tashkil etdi.[1]