Personalni boshqarish oraliq nazorat savollar: " Persanalni boshqarish" fanining korxonani boshqarishdagi tutgan o`rni




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

51. Mehnat shartnomalari 
Mehnat shartnomasi - xodim bilan ish beruvchi oʻrtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim 
boʻyicha ishni ichki mehnat tartibiga boʻysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat 


toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga 
bajarish haqidagi kelishuv. U mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishni 
taʼminlashda 
muhim 
oʻrin 
egallaydi. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
MKda 
Mehnat 
shartnomasiningtaraflari koʻrsatilgan. Mehnat shartnomasining bir tarafi —yaʼni xodim sifatida ish 
beruvchi bilan Mehnat shartnomasituzgan OʻzR fuqarosi, chet el fuqarolari va fuqaroligi yoʻq 
shaxslar boʻlishi mumkin. Mehnat shartnomasining ikkinchi tarafi — ish beruvchi quyidagilar 
boʻlishi mumkin: korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy boʻlinmalari oʻz rahbarlari 
timsolida; mulkdorning oʻzi ayni bir vaqtida rahbar boʻlgan xususiy korxonalar; 18 yoshga toʻlgan 
fuqarolar faqat shaxsiy maishiy ehtiyojlari uchun boshqa shaxslarning mehnatidan foydalanishi 
(mas, uy xizmatchisi, enaga, shofer, mashinkachi bilan Mehnat shartnomasi tuzish) mumkin. 
Mehnat shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi shartlari Mehnat 
shartnomasining mazmuni hisoblanadi. Mehnat shartnomasining ayrim shartlari bevosita qonun 
hujjatlarida nazarda tutiladi (mas, mehnat taʼtilining eng kam muddati, barcha xodimlar uchun eng 
koʻp ish vaqti; institutizomiy jazo turlari va ularning qoʻllanish tartibi va boshqalar). 
Ishlab chikiladigan Mehnat shartnomasi shartlari zarur va qoʻshimcha shartlarga boʻlinadi. Zarur 
shartlar (mas, ish joyi, mehnat vazifasi, mehnat haqi miqdori va boshqalar) taraflarsiz tuzilishi 
mumkin boʻlmagan shartlardir. Majburiy boʻlmasa ham, taraflarning xohishiga koʻra, kiritilishi 
mumkin boʻlgan shartlar qoʻshimcha shartlar hisoblanadi [mas, ishga qabul qilishda sinov belgilash, 
kasb(lavozim)larni qoʻshib olib borish toʻgrisida, toʻliqsiz ish vaqtini belgilash va boshqa]. Mehnat 
shartnomasini tuzish paytida xodimlarga qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan 
mehnat huquklari va kafolatlari darajasi pasaytirilishi mumkin emas. Xodim tomonidan mexnat 
vazifasining bajarilishi, yaʼni muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozim boʻyicha ishni bajarish; 
xodimning ichki mehnat tartibi qoidalariga boʻysunishi; uning mehnat qilayotgan korxona mehnat 
jamoasiga qoʻshilishi Mehnat shartnomasining asosiy belgilari hisoblanadi. Mehnat shartnomasi 
yozma shak-lda, bir xil kuchga ega boʻlgan kamida 2 nusxada tuziladi.110-modda. Mehnat 
shartnomasining muddati Mehnat shartnomasi: nomuayyan muddatga; uch yildan ko‘p bo‘lmagan 
muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuzilishi mumkin. Agar mehnat shartnomasida 
uning amal qilish muddati shartlashilmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb 
hisoblanadi. Agar Mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati koʻrsatilmagan boʻlsa, bunday 
hodda Mehnat shartnomasi nomuayyan mudsatga tuzilgan deb hisoblanadi. Nomuayyan muddatga 
tuzilgan Mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga moʻljallab qayta tuzilishi 
mumkin emas. Muddatli Mehnat shartnomasi bajarilajak ishning xususiyatlari, uni bajarish shartlari 
xodimning manfaatlarini hisobga olib, nomuayyan muddatga moʻljallangan Mehnat shartnomasini 
tuzish mumkin boʻlmagan takdirda, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda tuziladi. Mehnat 
shartnomasi imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Xodim oʻziga yuklatilgan mehnat vazifalari 
bilan tanishtirilishi lozim. Mehnat shartnomasi taraflar kelishuviga asosan dastlabki sinov belgilash 
sharti bilan tuzilishi mumkin. Ayrim toifa xodimlar, jumladan, homilador ayollar, 3 yoshga 
toʻlmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan kvota hisobidan ishga yuborilgan shaxslar 
ishga kabul qilinganda, shuningdek, 6 oygacha muddatga Mehnat shartnomasi tuzilganda dastlabki 
sinov belgilanmaydi. Dastlabki sinov muddati 3 oydan oshib ketishi mumkin emas. Dastlabki sinov 
muddati tugagunga qadar har bir taraf 2- tarafni 3 kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, Mehnat 
shartnomasini bekor qilishga haqlidir. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Personalni boshqarish oraliq nazorat savollar: " Persanalni boshqarish" fanining korxonani boshqarishdagi tutgan o`rni

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish