Mehnat kodeksi tashkilotda qo`llanilishi




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

47. Mehnat kodeksi tashkilotda qo`llanilishi 
Mehnat kodeksi — mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat 
toʻgʻrisidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar 
va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha 
ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va 
boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga 
solishda boshqa normativ hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va 
xalqaro shartnomalarning qoidalari ham qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq 
ravishda ishlab chiqilgan. 
Oʻzbekiston Respublikasining MK 1995-yil 21 dekabrda qabul qilinib, 1996-yil 1-apreldan amalga 
kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda 
mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi 
qonun hujjatlarining qoʻllanish doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subʼyektlar, ularning huquq 
va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon 
etilgan. MKning maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam 
olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari; mehnat 
institutizomi; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; 
ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat 
ijtimoiy sugʻurtasi masalalarini oʻz ichiga oladi. 
MKning asosiy vazifasi xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, 
mehnat bozorining samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, 
xodimlarning mehnat huquqlari va sogʻligʻi himoya qilinishini taʼminlashga, mehnat 
unumdorligining oʻsishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va 
madaniy turmush darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mehnat kodeksi tashkilotda qo`llanilishi

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish