unumdorligining oʻsishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va
madaniy turmush darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi.
Eski tahrirdagi va Yangi tahrirdagi Mehnat kodekslari bir-biridan farqli jihatlari ko‘p.
Misol uchun, Eski tahrirdagi Mehnat kodeksi 2 qism, 15 bob, 294 moddadan iborat bo‘lsa, Yangi
tahrirdagi Mehnat kodeksi 2 qism, 7 bo‘lim, 34 bob va 581 moddadan iborat.
Yangi tahrirdagigi Mehnat kodeksining ya’na bir farqli jihati shundaki, yakka tartibdagi mehnatga
oid munosabatlar va ular bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy
prinsiplari etib quyidagilar belgilangan:
-mehnat huqularining
tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni ta’qiqlash;
mehnat erkinligi va majburiy mehnatni ta’qiqlash;
-mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik;
mehnat huquqlari ta’minlanishining va majburiyatlar bajarilishining kafolatlanganligi;
-xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi kabi prnsiplar qo‘shilganligida ham
ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek, yangi tahrirdagi mehnat kodeksiga kiritilgan, davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand
toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlashi kabi kafolatlar
fikrimizning yorqin misoli bo‘ladi.
Yana
bir farqni biz, Eski tahrirdagi Mehnat kodeksining XXII, Yangi tahrirdagigi Mehnat
kodeksining XIX bobida yoritib o‘tilgan, Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligiga
haqidagi qismlarida ham ko‘rishimiz mumkin.
Eski tahrirdagi Mehnat kodeksining 187-moddasi, “O‘z mehnat vazifalarini bajarishi munosabati
bilan yoki mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilganligi natijasida
xodimga, boquvchisi ish bilan bog‘liq
holda vafot etgan taqdirda esa, — uning oila a’zolariga
yetkazilgan har qanday zararni (shu jumladan, ma’naviy zararni) ish beruvchi, basharti ushbu
Kodeksda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘liq hajmda to‘lashi” nazarda tutilgan
bo‘lsada, aynan qaysi zararlar xodimga qoplanishi ko‘rsatilmagan.
Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining 319-moddasida esa, xodimga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan
ziyon haqida
batafsil tushuncha berilib, unga ko‘ra “ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga
yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart:
xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda;
xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganda;
xodimga ish haqi to‘lash va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar kechiktirilganda;
xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda.
Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki
ma’naviy azob yetkazilgan bo‘lsa, xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi
lozim”ligi qayd etilgan.
Yana bir farqli jihat, hozirda ko‘pchilik tashkilot va muassasalar va korxonalarda duch kelinadigan,
ish
haqini vaqtida bermaslik, asossiz kechiktirish kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida
yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida ushbu holatlar kuzatilsa, ya’ni ish beruvchi ish haqini, ta’til
to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim
bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov
muddatidan keyingi
kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir
kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda
bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan
birga to‘lashi shartligi ko‘zda tutilgan.