Boshqaruv xodimlari mehnatini tashkil etishning xususiyatlari




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

10. Boshqaruv xodimlari mehnatini tashkil etishning xususiyatlari
Boshqaruv xodimlari mehnatini shunday tashkil etish kerakki, u ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajriba, 
xo'jalik yuritishning ilg‘or shakllaridan foydalanish, texnik vositalarni qo‘llashga asoslanadi. U 
xizmatchilarni bir-birlari va ishchilar bilan hamda ishlab chiqarish (tijorat)ni boshqarish va 
muhandislik-texnik va iqtisodiy ta’minlash vazifalarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan 
texnik vositalar bilan o'zaro hamkorligini yaxshiroq olnatish va muntazam ravishda 
takomillashtirishga imkon yaratadi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning maqsadi ishlovchilarning 
sogliklarini saqlab qolgan holda mehnat unumdorligini oshirishdan iboratdir. Mamlakatimizda 
avvaldan boshqaruv jarayonlarini oqilonalashtirish va takomillashtirish faoliyatini belgilash uchun 
«mehnatni ilmiy tashkil etish» (MITQ) atamasidan foydalanilgan bo‘lib, u ishlab chiqarish va 
boshqaruv jarayonlariga nisbatan tubdan farqsiz bo‘lgan. Taxminan 60-yillarda «boshqaruv 
mehnatini ilmiy tashkil etish» (BMITQ) atamasi ajralib chiqqan. Bunga korxonalarga boshqaruv 
mehnatini oldindan tashkil etishni talab qiluvchi hisoblash texnikasining qudratli vositalarining tatbiq 
etilishi yordam bergan. Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil etish o‘z ichiga quyidagi yo‘nalishlarni 
oladi: — xodimlar mehnatining taqsimlanishi va ularni korxona kolamlarida va har bir bolinmalar 
doirasida kooperatsiyalashuvi; — xodimlarni tanlash va joy joyga qo‘yish hamda lavozimli 
vazifalarga muvofiq ularning malakalari darajasini ta’minlash; — boshqaruv xodimlarining ularni 
boshqarish bo‘yicha ishlab chiqarish jamoasi tarkibida va uni muhandis-texnik ta’minlash bo‘yicha 
faoliyatini tashkil etish; — ish joylarini tashkil etish va jihozlash; — ishning ilg‘or usullaridan 
foydalanish; — mehnatning qulay sharoitlarini yaratish; — mehnatni me’yorlashtirish; — 


boshqaruvning texnik vositalari, axborot texnologiyalari, shaxsiy kompyuterlardan foydalanish; — 
mehnatni rag'batlantirish. Mamlakatimizda keyinchalik (70-yillarning boshlarida) BMITQ 
rivojlanish tendensiyalarini aks ettiruvchi «tashkiliy loyihalashtirish» tushunchasi paydo bolgan. 
Tashkiliy loyihalashtirish bu boshqaruv mehnatini boshqaruv apparati ishi samaradorligini oshirish 
maqsadida MITQ talablari va zamonaviy tashkiliy hamda hisoblash texnika bazasida 
oqilonalashtirish loyihalarini ishlab chiqish va tatbiq etish jarayonidir. Tashkiliy loyihalashtirishni 
quyidagi asosiy yo‘nalishlari bo'yicha amalga oshirish taklif etilgan: — boshqaruv apparati ning 
tashkiliy va vazifaviy tuzilishini oqilonalashtirish; — ishlarning asosiy va eng ommaviy turlarini 
bajarish texnologiyasi, mehnat sharoitlari va xodimlarning ish vaqtidan foydalanishni 
oqilonalashtirish; — boshqaruvning ushbu apparati faoliyatini hujjatlashtirish va hujjatlar bilan 
ta’minlashni oqilonalashtirish; — boshqaruv apparatini tashkiliy va hisoblash texnikasi bilan 
jihozlanganligini oshirish va xodimlar mehnatini avtomatlashtirish. Xorijda boshqaruv mehnatini 
takomillashtirish (oqilonalashtirish) jarayonini ta’riflovchi bir qator atamalar qollaniladi. Masalan, 
AQSHda «Tizimlar va usullar», «Tizimli loyihalashtirish», «Biznes jarayonlarning reinjiniringi», 
Buyuk Britaniyada «Ishni tadqiq qilish» va «Tashkil etish va usullar» atamalaridan foydalaniladi. 
Mamlakatimizda xorijga nisbatan yaqinda, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish zaruriati, ya’ni 
XX asr 50-yillar oxiri va 60-yillarning boshida vujudga kelgan. Xorijiy mualliflar «ma’muriy 
boshqaruvdagi inqilobni» boshqaruv apparati va unga xarajatlarning o‘sishi, ma’muriy (idora) 
ishining hajmlari o‘sishi, korxonalarda boshqaruv vazifalarining yangi turlari (reklama faoliyati, 
ijtimoiy sug‘urta, jamoatchilik bilan aloqalar va h.k.) paydo bo‘lishi, axborot va hujjatlar aylanishi 
hajmlari keskin o‘sishi va natijada boshqaruv mehnatini aniq tashkil etish, boshqaruv jarayonlarini 
oqilonalashtirish, ya’ni boshqaruv faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha majmuaviy harakatlar 
zarurligi bilan boglaydilar. Rahbar, mutaxassis ishini oqilona tashkil etish barcha bajarilayotgan 
ishlarni hisobga olish, o‘z ish vaqti ustidan mantazam ravishda nazorat qilish, ish vaqti xarajatlari 
tuzilishini o‘rganishni taqozo qiladi. Bu ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish, shaxsiy ish va 
boshqaruv xodimlari mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlarning asoslangan rejalarini 
tuzishga imkon beradi. Rahbarlar va mutaxassislar mehnatining mazmuni va ish vaqti xarajatlarining 
tuzilishini o‘rganish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: — anketali va og‘zaki 
so‘rovlar, u xodimni uning mehnati qanchalik oqilona tashkil etilganligi haqidagi fikrini o‘rganish 
maqsadida o‘tkaziladi: xodimning nuqtayi nazaridan uning vazifasi aniq belgilab berilganmi, unga 
o‘z vazifasiga taalluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga to‘g‘ri kelganmi (qanday va qancha vaqtda), 
uning ishi rejalashtiriladimi va rejadan tashqari ishlarning salmogl qanday, ish vaqtini yo‘qotilishlari 
bormi (ularning miqdori, sabablari), ishda mexanizatsiya va tashkiliy texnikaning vositalari 
qo‘llaniladimi (ulardan foydalanish), xodimning ish joyini tashkil etilishi va mehnat sharoitlari 
qanoatlantiradimi va nihoyat, xodimda mehnatni tashkil etishni takomillashtirish va samaradorligini 
oshirish bo‘yicha takliflar bormi; - ish vaqtining suratini olish, u kuzatishlarining rejalashtirilgan 
davri davomida uning xarajatlari tizimini belgilash uchun qollaniladi. Bunda ish vaqti sarflanishini 
olganish, vaqtning barcha istisnosiz sarflanishini, ularning haqiqiy izchilligini tartibda kuzatish va 
olchash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Ish vaqtini suratga olish maxsus ajratilgan shaxs tomonidan olkaziladi, 
u yoppasiga (ya’ni, butun ish kuni davomida) yoki tanlovli bolishi mumkin. Keyingi holda ish vaqtini 
alohida vazifalar (ish turlari) bo'yicha, shu jumladan takrorlanuvchilar hamda ishning alohida 
davralari (davrlari) bo‘yicha olganiladi; - ish vaqtini o‘zini o‘zi suratga olishda ish vaqtini 
sarflanishini hisobga olish bevosita MITQ xizmatlari rahbarligi ostida ishlovchilar tomonidan amalga 
oshiriladi. U o‘zini o‘zi suratga olishning maxsus varaqchalari yordamida olib boriladi, unda barcha 
bajariladigan ishlar yoki soatning ma’lum qismini tashkil qiluvchi qayd etilgan oraliqlardagi 
tanaffuslar ro‘yxatga olinadi; - bir zumli kuzatishlar usuli, turli toifali MTX va xizmatchilar 
mehnatining mazmuni va ish vaqtining sarflanishini olganish uchun qollaniladi. — Kuzatishlarni 
o‘tkazish tamoyili va uslubiyoti ishchilar mehnati sarflanishini o‘rganish kabidir, faqat ba’zi bir 
xususiyatlar mavjud. MTX va mutaxassislar mehnatiga nisbatan qayd etish payti deb kuzatiluvchini 
kuzatuvchi nazar doirasiga tushgan paytini hisoblash kerak. Xodim ish joyida yo‘q bo‘lganda 
kuzatuvchi uni yo‘q boMganligi sabablari haqidagi ma’lumotlarini qayd daftarida qilingan yozuvi 
bo‘yicha olishi mumkin. Mehnatning mazmuni va vaqtni sarflanishi tuzilishini o‘rganishning har bir 
usulini ma’lum sharoitlar uchun qo‘llash mumkin, u tegishli afzalliklar va kamchiliklarga ega. 



Download 1,04 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Boshqaruv xodimlari mehnatini tashkil etishning xususiyatlari

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish