Faol kuzatuv — ish vaqtini xronometraj qilish maqsadiga qaratilgan.
Personal to‘g‘risida keng ko‘lamli axborot to‘plashga qaratilgan yuqoridagi barcha uslublardan turli
shakllarda foydalanish mumkin. Ammo, bu uslublardan foydalanishda albatta, quyidagi
tamoyillarga rioya qilish kerak:
1. Muvofiqlashtirish, me’yorlash, ma’muriy choralar (rahbarlik vakolatlaridan foydalanish),
yo‘riqnoma, ruxsat berish.
2. Iqtisodiy rag‘batlantirish, mukofotlash, foyda taqsimotida ishtirok, ijtimoiy to‘lovlar, moliyalash,
personal uchun xarajat-larni tahlil etish, iqtisodiy mezonlarga qarab baholash, kreditlash.
3. Personal marketingi, mehnat faoliyatini tashkil etish,
rejalashtirish, prognozlash, mavjud, tarixan tarkib topgan kadrlar
boshqarmasi tizimini tahlil etish.
4. Ijtimoiy-psixologik qiziqtirish, ishontirish, tarbiyalash, amaliy va shaxsiy xislatlarini baholash,
attestatsiyadan o‘tkazish, ijtimoiy masalalar, mojarolar va tanglik holatlarni hal etish, moslashtirish,
kasbga yo‘naltirish, shaxsiylashtirish.
5. Huquqiy-professional himoya, shartnomalar tuzish va ularga amal qilinishini tekshirish, huquqiy
ruxsat berish va muvofiqlashtirish.
Umuman olganda personalni o‘rganishning zamonaviy uslublari, birligidan, xodimlar salohiyatini
aniqlash uchun ularning shaxsiy xislatlari va qobiliyatlarini, ikkinchi tomondan korxona (firma)ni
rivojlantirish istiqbollari hamda ish faoliyatining yangi yo‘nalishlarini hisobga olgan holda
personalga qo‘yiladigan miqdor va sifat talablarini o‘rganishni talab qiladi.
Personalni boshqarishning “yuqoridan quyiga” tizimi kadr-larni tanlash, baholash, rag‘batlantirish
va rivojlantirish bo‘yicha qaror qabul qilishni markazlashtiradi. Boshqaruvning “quyidan yuqoriga”
tizimi esa qaror qabul qilishni barcha darajalar bo‘yicha taqsimlaydi.
Personalni boshqarishni tashkil etishda ijro mas’uliyati guruhga yoki shaxsga yuklatilishi muhim
ahamiyatga egadir.
Ishlab chiqarish topshirig‘ini guruh bilan ijro etish tizimi personalni tanlashda ijtimoiy o‘zaro
muvofiqlikka alohida e’tibor qaratilishini talab qiladi.
9.2. Personalni boshqarish xizmati vazifa va funksiyalari.
Personalni boshqarish muayyan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ko‘rish jarayonida
amalga oshiriladi. Bu jarayon quyidagilarni ko‘zda tutadi (3.9- rasm):
— personal bilan ishlashning maqsadlari va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash; qo‘yilgan maqsadga
erishishning vosita, shakl va uslublarini aniqlash;
— qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
— belgilangan tadbirlar bajarilishini muvofiqlashtirish va nazoratqilish;
— personal bilan ishlashni muntazam takomillashtirib borish. Korxona ishlab chiqarishining
umumiy strategiyasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina personalni boshqarish funksiyalariga aniqlik
kiritish imkoni bo‘ladi.
Personalni boshqarish strategiyasi bilan tadbirkorlik strategiyasini muvofiqlashtirish boshqaruvning
asosiy funksiyalarini qamrab oladi va quyidagilardan iborat bo‘ladi:
— ishlab chiqarish maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish uchun korxona personalini tanlash, yollash
va shakllantirish;
— personalni baholash;
— tashkiliy tuzilmani rivojlantirish hamda korxonada har bir xodim ijodiy faolligini namoyon
etishga yordam beradigan ma’naviy muhitni yaratish;
— xodimlar salohiyatidan imkon boricha yaxshi foydalanish, mazkur salohiyatni rag‘batlantirish;
— korxonaning har bir xodim oldidagi ijtimoiy mas’uliyati kafolatini ta’minlash.