Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida
taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati, deb hisoblanadi. Aksiyadorlik
jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi: — jamiyat Nizomiga
qo‘shimchalar kiritish, yangi tahrirdagi Nizomni tasdiqlash; — jamiyatni qayta tashkil etish va
tugatish; — jamiyat kuzatuv kengashining tarkibini belgilash, uning a’zolarini saylash va ularning
vakolatlarini muddatidan ilgari tugallash; 55 — e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini
belgilash; — Nizom jamg‘armasini ko‘paytirish va kamaytirish, o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olish;
— taftish komissiyasi a’zolari (taftishchi)ni saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari
to‘xtatish; — yillik biznes rejalarini, hisobotlarni, buxgalteriya balanslarini tasdiqlash, foyda va
zararlarni taqsimlash. Jamiyat kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi: — jamiyat
faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; — aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini chaqirish, ular
uchun kun tartibini tasdiqlash; — obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish; — mol-
mulkning bozor qiymatini belgilash; — jamiyatning sho‘’ba va tobe filiallarini tashkil etish,
vakolatxonalarini ochish.
Aksiyadorlik jamiyatining kundalik faoliyatiga rahbarlik yakka — boshchilik asosida — ijroiya organ
(bosh direktor) yoki kollegial organ (direksiya, boshqaruv) tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston
Respublikasida bozor infratuzilmalarini shakllantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish, boshqaruv, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar boshqaruvini
takomillashtirish jarayonida kompaniya, firma, konsern, korporatsiya, xolding hamda boshqa xo‘jalik
birlashma va uyushmalari tashkil topdi.

Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari shaklida bo‘lishi mumkin.
Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlar roziligisiz boshqa shaxslarga berishi
mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari ochiq aksiyadorlik jamiyati, deb hisoblanadi.