PR "rang xususiyatlari“ qanday ishlatiladi?




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

76. PR "rang xususiyatlari“ qanday ishlatiladi? 
PR koʻp qirrali faoliyat boʻlib, oʻzining maqsadlari, vazifalari va amalga oshirilishida qilinadigan 
ishlariga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi. Koʻpchilik tadqiqotchilar tomonidan PR turlari ranglarda 
ifodalanadi. 
PR ning rangli turlari 
Oq PR buyurtmachilar va maqsadli auditoriya oʻrtasidagi aloqa uchun qulay imkoniyat sifatida 
foydalaniladi. Bunday holda, maʼlumot nihoyatda ijobiy boʻlib, faqat ishonchli axborotlar ommaga 
eʼlon qilinadi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, oq PRning asosiy vazifasi kimgadir yoki biror 
narsaga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishdir. Ijobiy imidj tashkilotning bozordagi 
raqobatbardoshligini oshiradi. Agar ijobiy munosabat shakllansa, unda ishonch va oʻz navbatida 
yuqori baholar va ishonchli tanlov boʻlishi aniq. Bundan tashqari, ijobiy imidj, qoida tariqasida, 
obroʻ-eʼtiborning oshishiga va natijada hokimiyat va taʼsir doirasining kengayishiga yordam 
beradi.[7] Oq PRning klassik namunasi 1964—1965-yillarda Ford Mustangning ommaviy ishlab 
chiqarilishidir. Keyin korporatsiya egasi D. Ford PR-aksiya sifatida potentsial xaridorlar uchun bir 
qator ziyofatlar uyushtirdi, u yerda DJ-lar va boshqa mashhur shaxslar yangi Mustanglarga kelishdi, 
bu esa yangi avtomobilga qiziqishni kuchaytirdi.[8] 
Qora PR mahsulot, kompaniya yoki shaxs haqida yolgʻon maʼlumot tarqatish bilan shugʻullanadi. 
Uning texnologiyalari — bu raqobatchining obroʻsini toʻkish uchun eʼlon qilingan salbiy sharhlar, 
bayonotlar, xabarlar va maqolalar boʻlishi mumkin. Qora PR amaliyoti koʻproq siyosatchilar
yulduzlar, jamoat arboblariga nisbatan qoʻllaniladi. Masalan, saylov yoki reklama kampaniyasi 
paytida raqibning obroʻsiga putur yetkazadigan materiallar paydo boʻladi. Qora PR asosan raqobat 
yuqori boʻlgan sohalarda koʻp kuzatiladi.[9] 
Qora PR mutaxassislari nafaqat kompaniyaning yaxshi nomiga putur yetkazishi, balki butunlay yoʻq 
qilishga olib kelishi mumkin. Bunday amaliyot biznes sohasida shu qadar keng tarqaldiki, nafaqat 
alohida qora PR xodimlari, balki shartnoma asosda qora PR xizmatlarini koʻrsatadigan butun boshli 
kompaniyalar paydo boʻla boshladi. Bu kompaniyalar raqibga boʻlgan ishonchni pasaytirishi va unga 
putur yetkazishi mumkin boʻlgan barcha faktlar jamoatchilikka eʼlon qiladi. Bular, shaxsiy hayot 
tafsilotlari; yoshlikdagi xatolar; martaba zinapoyasini koʻtarish bilan bogʻliq nozik tafsilotlar boʻlishi 
mumkin.[8] 
Oq va Qora ranglarning qoʻshilishidan kulrang hosil boʻlganidek, kulrang PR ham oq va qora PRni 
kesishmasida yotadi.[9] Kulrang PR — bu jamiyat, tashkilot, mahsulot yoki shaxs toʻgʻrisida faqat 
haqiqat maʼlumotlarni tarqatishni oʻz ichiga olgan piar faoliyati hisoblanadi.[10] Uning vazifasi 
tomoshabinning ongiga va imidjga bilvosita taʼsir qilishdir. „Qora PR“ dan farqli oʻlaroq, kulrang 
PRda toʻgʻridan-toʻgʻri yolgʻon axborotlar tarqatilmaydi. Lekin axborot istemolchisida shubhalanish 
uygʻotadigan maʼlumotlar tarqatilishi mumkin. Misol uchun, qotillik haqidagi materialda voqea 
maʼlum bir tashkilot idorasi yaqinida yoki maʼlum bir taniqli shaxsning tugʻilgan shahrida sodir 
boʻlganligi alohida qayd etilgan boʻlishi mumkin.[7] 
Kulrang PRga yana bir misol sifatida xaridorning mashhur chakana savdo tarmoqlaridan biriga 
kiritilgan doʻkon xodimlari bilan ziddiyatini koʻrib chiqishimiz mumkin. Xafa boʻlgan xaridor 
ommaviy axborot vositalari vakillariga muammoning mohiyatini ochib beradi. Ommaviy muhokama 
jarayonlari yangi axborot oqimini keltirib chiqaradi, bu esa mijozlarning huquqlarini tiklash 
maqsadini belgilash bilan birga, savdo tarmogʻining obroʻsiga putur yetkazadi. 


Sariq PR— skandallardan foydalanish, sensatsiyalarni ochish, paparatsiyaning ishi bilan bogʻliq 
qisqa qilib aytganda maqsadga erishish uchun „iflos“ usullar va vositalardan foydalanish.[10] 
PRning bu turi afsona va afsonalar texnologiyasiga asoslangan boʻlib, odamlarning „illyuziyalar 
pardasi“ ostida yashirinishga boʻlgan ehtiyojini qondirishga moʻljallangan boʻladi. Nitsshe taʼbiri 
bilan aytganda, odamlar buni deyarli doimo his qilishadi. Baʼzilar uchun bu ehtiyoj xayolparastlik va 
amalga oshmaslik tufayli rivojlangan boʻlsa, boshqalar uchun siyosatchilar targʻiboti va reklama 
taʼsiri ostida rivojlangan boʻladi. Koʻpincha bu ijtimoiy optimizmni ragʻbatlantiradi, odamlarni 
kelajakdagi farovonlik istiqboliga choʻmdiradi. Afsonalar boshqalari bilan almashtirilishi mumkin, 
ammo afsonalarga boʻlgan ehtiyoj saqlanib qolada.[7] 
Oltin PRning maqsadi narx siyosati asosida brend imidjini yaratishdir. Shu bilan birga, brendning 
oʻzi har qanday PR ranglariga boʻyalgan boʻlishi mumkin. Lekin asosiy eʼtibor narx va isteʼmolchi 
uchun foyda qila olish imkoniyatiga qaratiladi. „Agar siz bizning mahsulotimizni sotib olsangiz 
(kompaniyamiz bilan hamkorlik qilsangiz), siz pul jihatidan katta baxtga ega boʻlasiz“ qabilidagi 
chaqiriqlar oltin PRning eng ommalashgan shaklidir. Eʼtibor berib kuzatilsa, moliyaviy sektordagi 
barcha reklama maʼlum darajada oltin PR bilan qoplanganiga guvoh boʻlish mumkin. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 PR "rang xususiyatlari“ qanday ishlatiladi?

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish