Tashkilot va jamoatchilik uchun oʻzaro manfaatdorlikni taʼminlash;
Kompaniyaning ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning
ochiqligi;
Ommaviy axborot vositalarini monitoring qilish, kompaniya haqida
materiallarni topshirish
jarayonini kuzatish;
Jamoatchilik bilan muomala qilishda axloqiy meʼyorlarga rioya qilish.
PR faoliyatining uchta asosiy funksiyasi mavjud:
Jamiyatning fikri va xulq-atvorini nazorat qilish funksiyasi nafaqat kompaniya,
balki auditoriya
manfaatlariga erishish uchun zarurdir. Jamoatchilikning tashkilotga boʻlgan munosabatini kuzatish
unga oʻz ishiga tuzatishlar kiritish imkonini beradi va shu orqali uning obroʻsini oshiradi.
Navbatdagi funksiya esa kompaniya faoliyatidagi tushunmovchilik va ishonchsizlikni aniqlash va
nizolarni hal qilish choralarini ishlab chiqish uchun amalga oshiriladi.
Uchinchi funksiya PR faoliyatining asosiy maqsadi bilan rezonanslashadi. Kompaniyaning
harakatlari jamoatchilik bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni taʼminlashi
yoki bunga hissa
qoʻshishi taminlanadi.