73. Personalni boshqarishning hozirgi davr yo’nalishlari Ma’lumki bozor iqtisodiyoti muttasil o‘zgarib borish xususiyatiga ega. Shunday ekan korxona ham
(agar u bozorda raqobatbardosh bo‘ladigan darajada samarali faoliyat ko‘rsatishga intilsa) nafaqat
bu tashqi o‘zgarishlarga, balki o‘zgarishlar sur’atiga ham tez moslasha olishga qodir bo‘lishi kerak.
Shu jihatdan an’anaviy korxona va yangi tipdagi korxonani farqlay olish darkor.
Personalni boshqarishning zamonaviy yo‘nalishlari korxona ichki muhitida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar (iqtisodiyotda, texno- logiyalarda, ijtimoiy sohada, huquqiy munosabatlarda) bilan
bog‘liqdir. Ularni quyidagi shaklda (1.3-rasm) tasavvur etish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq ijtimoiy va huquqiy sohalardagi o‘zgarishlar boshqaruvning yangi
yo‘nalishlarini shakllantiradi. Ular quyidagilardan iboratdir:
–personalning strategik menejmenti;
–menejer karyerasini rejalashtirish;
–xodimlarni muvofiqlashtirish texnikasi;
–iqtisodiy tanglik sharoitida personalni boshqarish.
Yuqorida qayd etilgan barcha muammolarni hal etish va yangi yo‘nalishlarda muvaffaqiyatga
erishish umumiy asosga ega. Buning diqqat markaziga personalni qo‘yish, xodimlar tomonidan
yangi sharoitlardagi o‘z rollarini idrok etishlari va shaxsiy onglilikdir.
AQSHda shakllangan personalni boshqarish tamoyillari amerikaliklarning o‘z davlatlarini “katta
imkoniyatlar mamlakati” deb hisobla- nadigan tamoyili negizida asoslangan. Ya’ni, Amerika
Qo‘shma Shtat- larida har bir xodimga agar u kuch-g‘ayratini ayamasa, o‘zining kasbiy mahorati va
bilimini oshirib borsa, albatta muvaffaqiyatga erishadi, degan qat’iy ishonch singdirilgan. Bunday
sharoitda faqat o‘z kuchiga ishonadigan, kichikroq bo‘lsa-da o‘z shaxsiy korxonasiga ega, ishchan
va malakali xodim tadbirkorlikning “eng maqbul modeli” hisoblanadi.
Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar uchun esa personalni boshqarishga davlatning qonunchilik
yordamida aralashuvi nisbatan kengroqdir. Xususan, personalni yollash, xodimlarni ishdan
bo‘shatish, ishchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlar qonun orqali muvofiqlashtirib
boriladi. Bu mamlakatlarda ish haqi to‘lash, xodimlarning salomatligi, mehnat xavfsizligi, ish vaqti
miqdoriga amaldagi qonunchilik tomonidan juda qat’iy talablar qo‘yilgan. Xususan Yevropa Ittifoqi
Iqtisodiy Rivojlanish tashkiloti tomonidan qabul qilingan “Ijtimoiy harakat” dasturi orqali qit’a
mamlakatlarida personalni boshqarishga o‘z qonunchilik ta’sirini kuchaytirib bormoqda.
Personalni boshqarishga davlatning aralashuvi Yevropada faqat qonunchilik bilan chegaralanib
qolmaydi. Bu mamlakatlarda tashqi bozor uchun yuqori malakali xodimlarni tayyorlash sarf-
xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. Shu sababli Iqtisodiy Rivojlanish tashki- loti ma’lumotlariga
ko‘ra Yevropada malakali ishchi kuchi dasturlari uchun davlat sarf-xarajatlari AQSHga nisbatan
sezilarli darajada ko‘pdir.