Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash
Chizmadan ko’rinib turibdiki, strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichi strategik harkatni ishlab
chiqish jarayonida markaziy bug’in hisoblanadi. Bu erda korxona rivojlanishining istiqbolli
yo’nalishlariga mablag’larni qqyishi bqyicha muhim strategik qarorlar qabul qilinadi va
investitsiyalar kamay-tiriluvchi biznes- sohalar ajratiladi.
Strategiyalar amalga oshirilishini baholash va nazorat qilish strategik boshqaruvda bajariluvchi
mantiqiy oxirgi jarayon hisoblanadi. Mazkur jarayon tashkilot maqsadlari qrtasidagi barqaror teskari
aloqani ta’minlaydi. Nazoratning asosiy vazifalari bqlib quyidagilar hisoblanadi:
nimani va qanday kqrsatkichlar bqyicha tekshirishni aniqlash;
qabul qilingan standartlar, me’yorlar yoki boshqa kqrsatkichlarga muvofiq nazorat qilinuvchi ob’ekt
holatini baholashni amalga
oshirish;
o’tkazilgan baholash natijasida aniqlangan chetga chiqishlar sabablarini aniqlash; agar zarur va
mumkin bqlsa tuzatishni amalga oshirish.
Starategik nazorat strategiyani amalga oshirish qay darajada firma maqsadlariga
erishishga olib kelishishni aniqlashga yqnaltirilgan. Bu strategik nazoratni boshqaruv yoki operativ
nazoratdan ajratib turadi, chunki uni strategik rejani bajarish strategiyani amalga oshirish yoki alohida
ishlar, funktsiyalar va operatsiyalarni bajarishning tug’riligi qiziqtirmaydi. Strategik nazorat
kelgusida qabul qilingan strategiyalarni realizatsiya qilish mumkinligiga va ularning amalga
oshirilish qo’yilgan maqsadlarga erishilishiga olib kelishiga qaratiladi. Strategik nazorat natijalari
bqyicha tuzatishlar ham strategiyalar, ham maqsadlarga tegishli bqlishi mumkin.
Nazoratning asosiy maqsadlari qarorlar qabul qilish va bajarishning birligini ta’minlanishdan,
mumkin bqlgan xatolarni oldindan
kqra olish va oldini olishdan, belgilangan yqnalishdan chetga
chiqishlarni qz vaqtida aniqlashdan, belgilangan muddatlarda qqyilgan maqsadlarga samarali
erishishdan va h.k.lardan iborat. Nazoratning asosiy maqsadi esa qarorlarni qabul qilish tizimini
yaxshilash imkonini beruvchi ichki zaxiralarni aniqlash va korxonani boshqarish samaradorligini
oshirish yqllarini izlashdir.
Adabiyotda nazoratning dastlabki, yqnaltirilgan va natijaviy asosiy usullari ajratiladi.
Dastlabki,
nazoratning asosiy maqsadi strategiya va maqsadlarni shakllantirishning tqg’riligini belgilashdan
iborat. Strategik boshqaruv kontseptsiyasiga muvofiq dastlabki nazorat bosqichidan keyin kutilmagan
qzgarishlarni hisobga olgan holda strategiyani amalga oshirishni boshqarish boshlanadi. Bu erda
yqnaltiruvchi nazorat usulidan foydalaniladi. Strategiya bajarildi deb hisoblanganda olingan natijalar
bqyicha natijaviy nazorat amalga oshiriladi. Nazoratning bu turi qqyilgan maqsad va vazifalarga
erishish samaradorligini baholash va tahlil qilishga yqnaltirilgan. Ushbu tahlil natijalariga bog’lik
holda strategik boshqaruv jarayoni yoki strategiyaga tuzatishlarni kiritish uchun
«vazifalarni qo’yish» bosqichiga qaytadi, yoki yangi strategik harakatni ishlab chiqish uchun
rivojlanishning keyingi darajasiga utadi.
Shu bilan strategik harakatni ishlab chiqish jarayoni tugadi deb hisoblash
mumkin keyin ishlab
chiqilgan strategiyani bajarish bosqichi keladi. bu borada G.Mintsberg
«ongli» (rejalashtirilgan) va «vujudga keluvchi» (amalga oshiriluvchi) strategiyalarni ajratadi (5-
rasm).
G.Mintsberg g’oyasi shundan iboratki, rejalashtirilgan strategiyaning bir qismini har doim amalga
oshirish imkoni bqlmaydi. Amalga oshirilganning katta qismi, odatda, boshida rejalashtirilgan
strategiyaga kirmagan, shu sabali uni vujudga keluvchi strategiya deb nomlagan. Oxir-oqibatda
amalga oshirilgan strategiya ongli strategiyaga kiradi. Boshqacha qilib aytganda, amaliyotda ongli va
vujudga keluvchi strategiyalarning ma’lum kombinatsiyasi amalga oshiriladi.
Yuqorida aytilganlarga asoslangan holda quyidagi asosiy xulosani keltirish mumkin. korxona
strategik harakatini shakllantirishning moxiyati rivojlanish yqnalishini aniqlashdan, tanlangan
mo’ljalga samarali yaqinlashish bqyicha chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqishdan, shuningdek
tanlangan strategiyani amalga oshirish jarayonini baholash va nazorat qilishdan iborat.
Strategiyani boshqarish ijrochilari
Firmaning ijrochi direktori strategiya bo’yicha eng ta’sirli va javobgar menejer hisoblanadi. Asosiy
direktor lavozimi iazifalarini qo’yuvchi funktsiyalarni bajarishni ko’zda tutadi. U maqsadlarni
belgilaydi, strategiya-ni, uni bajarish yo’llarini ishlab chiqadi.
Ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar va boshqa funktsiyalar bo’yicha vitse- prezidentlar ham
strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo’yicha javobgar hisoblanadilar. Har bir menejer
o’zining javobgarlik sohasi bo’yicha strategiyani ishlab chiqadi va uning bajarilishini kuzatib boradi.
Diversifikatsiyali kompannyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib, strategiya bo’yicha
menejerlarning 4 darajasi mavjud:
-ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pog’onasi rahbari;
-alohida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar;
-muayyan ishlab chiqarish bo’linmasi bo’yicha funktsional menejerlar;
-asosiy tezkor bo’linmalar va mintaqaviy bo’limlar menejerlari.
Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo’yicha bitta yoki ikkita menejer bo’ladi.