Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG




Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/62
Sana24.11.2023
Hajmi1,91 Mb.
#104466
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
1. TAYYORGARLIK ISHLARI. 
Bu davrda sho‘rlanganlik darajasini aniqlash kerak bo‘lgan joyni dala, kameral, 
laboratoriya va xaritalash ishlari hajmi aniqlanadi, kalendar ish rejasi va dastlabki 
laboratoriya tahlili dasturi tuziladi, adabiyotlar va xaritografik ma’lumot beradigan 
xujjatlar yig‘iladi. 
Ishni bajaruvchi mutaxassislarga deshifrovka qilinadigan aeroplandan olingan 
surat asosida tayyorlangan 1:10000 nisbatdagi qishloq xo‘jalik xaritasi, shu xarita 
konturlari maydoni jamlangan yigma jild va tuproq xaritalari beriladi. Sho‘rlangan 
xaritogrammasini tuzishda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xujjatlardan foydalanish zarur, 
chunki bular bir-birini to‘ldiradi. 
Sho‘rlanish darajasi bo‘yicha konturlarga ajratish aeroplandan olingan 
suratlarda bajariladi. O‘zgartirish va tuzatish kiritilgan yerdan foydalanish rejasi 
xo‘jalik yerlarining aniq maydonini va ishlab chiqarish chegaralarini aniqlashda 
xizmat qiladi (bo‘limlar, brigadalar, almashlab ekish dalalari va boshqalar). 
Aeroplandan olingan suratlar o‘rganilib, ranglarining farqiga qarab dastlabki 
tekshiruvdan o‘tadi. Har xil rangdagi konturlar oddiy qora qalam bilan chizib 
chiqiladi. 


26 
Agar aerosuratlar yo‘q bo‘lsa, sho‘rlanishni aniqlash ishlari xo‘jalikning 
sug‘oriladigan yerlarida yurib kuzatish ishini bajarib, ekilgan o‘simliklarni holatiga 
qorab konturlarga ajratiladi (1-ilova). Joylardagi o‘zgarishlar xo‘jalikning agronomi, 
gidrotexnik yoki brigadiri ishtirokida tekshiriladi. Qishloq xo‘jalik ekinlarining 
holatini aniqlab chiqish ishlari avgust-sentabr oylarida bajariladi. Har qaysi 
sug‘oriladigan konturni ko‘rib, aniqlab chiqiladi. 
Tekshirilgan hujjatlar bo‘yicha xo‘jalikdagii o‘simliklar holatining 1:10000 
nisbatdagi xaritasi tuziladi va unda kuchsiz sho‘rlangan, o‘rtacha sho‘rlangan, kuchli 
sho‘rlangan maydonlarning konturlari ajratiladi. 
Dalaga chiqishdan oldin, bajaruvchilar kerakli xujjatlarini va dalada ishlash 
uchun kerak bo‘lgan anjomlarni olishadi (2-ilova). 

Download 1,91 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG

Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish