25
Shu bois tuproqni sho‘rlanganlik darajasi, ion tarkibi uni, ya’ni tuproqni tabiiy
baholashda e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarini 53% yoki 2 mln. 286 ming gektari
turli darajada sho‘rlangan. Sho‘r yerlarni tabiiy unumdorligini
sifat va miqdor
jihatidan baholash sho‘r emas yerlardan keskin farq qiladi.
Bu kabi tuproqlarni baholash eng avvalo sho‘rlik darajasini, sifatini aniqlash va
xaritanomasini tuzish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Tuproqlarni sho‘rlanganlik darajasi va sifatini aniqlash uchun 1:10000
masshtabda ishlangan yer tuzishni konturli rejasi, avgust-sentabr
oylarida olingan,
shuningdek aeroplandan turib oq-qora tasvirda suratga tushirilgan xujjatlar asos
qilinib olinadi. Qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan tuproqlarning sho‘rlanganlik
darajasini aniqlashning eng yaxshi deshifrovka belgilari 0,70 dan 0,86 mkm
to‘lqinida qilingan infraqizil spektrdagi aerofoto-suratlarda ko‘rinadi.
Sho‘rlangan yerlarning sho‘rini aniqlash uchun chuqurligi bir metr bo‘lgan
o‘ralar (skvajinalar) kovlanadi va 5 % gacha chuqurligi ikki metrli yoki yer osti suvi
sathigacha bo‘lgan o‘ralar kovlanadi. Bunda uslubiyatga ko‘ra 15-20
gektar yerga
bitta o‘ra to‘g‘ri keladi.
Bu o‘ralardan tahlil qilish uchun namunalar olinadi. Bir metrli o‘ralarning 0-
30, 30-70 va 70-100, 100-150, 150-200 sm laridan namunalar olinadi. O‘ralar egatlar
tepasidan kovlanadi.
Sulfat-xloridli va xlorid tipda sho‘rlangan tuproqlardan olingan namunalarda
suvli so‘rim qisqartirilgan holda tahlil qilinadi. CO
3
-2
, HCO
3
-
, Cl
-
va
xlorid-sulfatli
tipda sho‘rlangan tuproqlarda esa HCO
3
-
, Cl
-
, SO
4
-2
, Сa
+2
, Mg
+2
, Na
+
va K
+
lar
kimyoviy tahlil etiladi.
Tuproqlarning sho‘rlanganlik
darajasi Cl
-
va Na
+
- ionlari miqdoriga qarab
aniqlanadi. Sho‘rlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari quyida (8) jadvalda keltirilgan.
Sho‘rlanishni aniqlash ishlari uchta davrdan iborat: tayyorgarlik ishlari, dala va
tugallash (kameral) ishlari.