|
TUPROQLARNI BONITIROVKALASH SHKALASITUPROQLARNI BONITIROVKALASH SHKALASI
Sug‘oriladigan dehqonchilikda tuproqda kechadigan barcha kimyoviy,
fizikaviy, fizik-kimyoviy, biologik va boshqa jarayonlar tez-tez o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Bunday sharoitda tuproqni qator xususiyatlari o‘zining turg‘unligini yo‘qotadi, qisqa
vaqt ichida o‘zgaradigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun tuproqni baholashda hosil
bilan korrelyatsiyalanuvchi mezonlarni tanlashda ehtiyot bo‘lish zarur.
Mezonlar nisbatan turg‘un, ya’ni tez-tez o‘zgarmaydigan va qishloq xo‘jaligi
ekin turining hosili bilan yaxshi korrelyatsiyalanuvchi bo‘lmog‘i darkor.
Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida bunday mezonlar qatoridan tuproqni
mexanik tarkibi joy oladi. Mexanik tarkibni nisbatan konservativ ekanligini o‘z
vaqtida Mitcherlix, Rassel, Vilyams, Kachinskiy va boshqalar aniqlaganlar.
Tuproqni mexanik tarkibi uning unumdorligini boshqa xossalaridan ko‘ra ham
ko‘proq ifodalaydi.
Mexanik tarkib tuproqning o‘zak, ya’ni eng asosiy xususiyati bo‘lib, uning
onalik jinsiga bog‘liq ravishda kelib chiqadi. Tuproqni mexanik tarkibi ko‘pchilik
hollarda onalik jinsidan nasldan-naslga o‘tgan kabi o‘tadi.
Izlanishlar natijasiga ko‘ra og‘ir mexanik tarkibga ega tuproqlarni nisbatan
ko‘p oziqa elementlari va suv saqlashi isbot qilingan. Ayni bir vaqtda suv va havo
o‘tkazish qobiliyati esa pastroq hisoblanadi.
Engil mexanik tarkibga ega bo‘lgan tuproqlar og‘ir mexanik tarkibli
tuproqlarga nisbatan kam miqdorda oziqa elementlari va suv ushlab turadi, aksincha
suv va havo o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘ladi.
Tuproqlarni xususiyatlarini e’tiborga olgan holda nisbatan yangi hisoblangan
bonitirovkalash shkalasi quyidagicha tuzilgan. Bu shkalada genetikaviy guruh va
mexanik tarkib asos uchun qabul qilingan.
5-jadval
Bonitirovkalash shkalasi.
Tuproqlarni genetik
guruhlari (tuproq tipi, tipchalari,
nomlanish katori)
Mexanik tarkibi
Qumli Qumloq
Engil
qumoq
O‘rta
qumoq
Og‘ir
qumoq
Gleyli
|
| |