7
Mendeleyev ma’lumotlariga tayanib, ya’ni oziqa elementlari miqdori va
boshqa kimyoviy xossalarini e’tiborga olgan holda Dokuchayev kimyoviy
diagrammalar tuzdi va geologik hamda kimyoviy diagrammalardan o‘rtacha chiqarib
uni tasvirladi.
Yuqoridagi diagrammalar kabi tuproqni fizik xossalari uchun ham maxsus
rasm ishlandi.
Bu diagrammalarni, ya’ni geologik, kimyoviy va fizikaviylarni
birlashtirib Dokuchayev yagona diagramma tuzdi va shu asosda tuproqlarni baholadi.
Ana shu tabiiy-tarixiy usul bilan 100 balli shkala asosida Dokuchayev Nijniy
Novgorod tuproqlarni baholadi. Shu bois ba’zan bu usulga
Nijniy Novgorod usuli
ham deyiladi. Tabiiy, albatta hozirgi kunda Dokuchayev-Sibirtsev tomonidan
ishlangan tuproq bonitirovkasi usuli bizni qoniqtirmaydi, lekin asos rolini o‘ynay
oladi.