O‘zbekiston Yer fondining turlari bo‘yicha taqsimlanishi, ming/ga (1.01.2017 y.)




Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/62
Sana24.11.2023
Hajmi1,91 Mb.
#104466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
O‘zbekiston Yer fondining turlari bo‘yicha taqsimlanishi, ming/ga (1.01.2017 y.) 
№ 
Yer fоndining tоifalari 
Umumiy maydоn 
Shundan 
sug‘оriladigan yerlar 
jami
Fоiz 
hisоbida 
jami
Fоiz 
hisоbida

Qishlоq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 
yerlar 
22259,1 
50,12 
4210,9 
9,48 

Ahоli punktlarining yerlari 
235,0 
0,53 
48,8 
0,11 

Sanоat, transpоrt, alоqa, mudоfaa va 
bоshqa maqsadlarga mo‘ljallangan 
yerlar 
1965,1 
4,42 
12,2 
0,03 


14 

Tabiatni 
muhоfaza 
qilish,
sоg‘lоmlashtirish, rekreatsiya
maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar 
72,2 
0,16 
0,5 
0,001 

Tarixiy-madaniy ahamiyatga mоlik 
yerlar 
0,4 
0,001 



O‘rmоn fоndi yerlari 
8661,0 
19,50 
26,9 
0,06 

Suv fоndi yerlari 
813,6 
1,83 
4,5 
0,01 

Zahira yerlar 
10403,9 
23,43 
2,0 
0,004 
 
Jami yerlar 
44410,3 
100 
4305,8 
9,69 
Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jalik mahsulotini 95% ni etishtirishda xizmat 
qiladi. Qishloq xo‘jaligi esa volyuta keltiruvchi asosiy tarmoq, ya’ni manba 
hisoblanadi. Bulardan tashqari yuqorida qayd qilganimizdek 790,4 ming gektar 
yerimiz lalmikor dehqonchilikda foydalaniladi. 
Bu yerlar qatoriga nisbatan yuqori darajada gumus bilan ta’minlangan to‘q tusli 
bo‘z tuproqlar tipchasi mansub bo‘lib, mashhur, qattiq, ya’ni qayroqi bug‘doy va 
boshqa don turlarini etishtirishda xizmat qiladi. 
Afsuski bunday yerlar, ya’ni lalmikor tuproqlar ko‘p emas: Jazzax viloyatida 
227.8, Qashqadaryoda 252.0, Samarqandda 183.5, Surxondaryoda 42.1, Toshkentda 
39.5, Navoiyda 20.8 ming gektarni tashkil qiladi. Bu maydonlar turli darajada 
eroziyaga uchragan va dehqonchilikni olib borish jarayonida katta ehtiyotlik talab 
qiladi, aks holda eroziya tezda yerlarni degradatsiyaga uchratadi. 
Bu guruh tuproqlar, ya’ni to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan maydonlar namlik 
bilan ta’minlangan yerlar hisoblanadi. Katta mehnat sarf qilmasdan, namgarchilik 
yaxshi bo‘lgan yillari nisbatan yuqori hosil olish mumkin. 
Demak asosiy diqqat va e’tibor ana shu, ya’ni sug‘oriladigan yerlar va lalmikor 
yerlarning unumdorligini oshirish, saqlash va qayta tiklashga qaratilmog‘i darkor. 
Rasmiy xujjatlar ma’lumotiga ko‘ra sug‘oriladigan maydonlarning 53% yoki 2 
mln. 286 ming gektari turli darajada sho‘rlangan. Kuchsiz sho‘rlangan yerlar 
maydoni 1 mln. 125 ming gektar yoki 58% ni tashkil qiladi. O‘rtacha darajada 
sho‘rlangan yerlar 650 ming gektar yoki 33%, kuchli sho‘rlangan yerlar maydoni 250 
ming gektar atrofida bo‘lib, sho‘rlangan yerlarga nisbatan 14% ni tashkil qiladi. 
Keyingi ilmiy izlanishlar natijalariga ko‘ra kuchsiz darajada sho‘rlangan 
yerlarda 20-25% miqdorda qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi kamayadi, 
demak sho‘rlanmagan yerlarga nisban 1/4 hissa kam hosil olinadi. 
O‘rtacha darajada sho‘rlangan yerlarda esa 30-40%, ayrim hollarda 50% gacha 
hosil kamayadi. Kuchli darajada sho‘rlangan yerlarda esa hosil 80% gacha kamayadi 
yoki butunlay nobud bo‘lishi mumkin. Kuchli darajada sho‘rlangan yerlarning 70 
ming gektari Qoraqalpog‘iston respublikasi hududiga, 65 ming gektari esa Sirdaryo 
viloyatiga to‘g‘ri keladi. Demak, 135 ming gektar yer ikki viloyatga to‘g‘ri keladi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, odatdagi sho‘r yuvish usullarida kuchsiz va 
o‘rta darajada sho‘rlangan yerlardagina sho‘r yuvish ishlarini to‘la tamomlash, ya’ni 
yerlarni sho‘rsiz yoki sho‘rlanmagan holatigacha suvda eruvchi tuzlardan tozalash 


15 
mumkin. Ammo hozirgacha qo‘llanilib kelinayotgan usullar bilan kuchli darajada 
sho‘rlangan yerlarni davolash, yaxshi va juda yaxshi natijalarga olib kelgani yo‘q. 
O‘zlashtirilishi nisbatan oson yerlar, ayniqsa sho‘rini yuvish oson bo‘lgan 
maydonlar o‘zlashtirilib bo‘lgan. Hozirgi kunda o‘zlashtirish maqsadida qolgan, 
ya’ni ajratiladigan yerlarni meliorativ holati juda noqulay va nobob. Sho‘rlik darajasi 
yuqori, suv o‘tkazuvchanligi yomon, gipsli, shox-arzikli yerlar o‘zlashtirilishi 
mumkin bo‘lgan yer zahiralarini katta qismini tashkil qiladi. Bunday yerlardan 
foydalanish jarayonida agrotexnologik, agromeliorativ jarayonlar buzilishi tezda 
yerlarni bir turdan ikkinchisiga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Natijada Yer fondi 
foydalanishi va turlari bo‘yicha o‘zgarib turadi. Yerlarni o‘zlashtirilishi natijasida 
lalmi, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz yerlar sug‘orilib, sug‘orma dehqonchilik 
yerlari qatoriga o‘tadi. 
Noqishloq xo‘jalik maqsadlarida turli qurilishlarga sug‘oriladigan yerlarni 
ajratilishi, binolar, korxonalar qurilishi va boshqalar ham Yer fondi turlarini 
o‘zgartirib yuboradi. Bunday o‘zgarishlarni aniq hisobga olib borish ishi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomoniidan 1992 yil 14 avgustda tasdiqlangan 
11/48-273 shakl asosida olib boriladi. Bu yer hisobi har yili birinchi yanvargacha 
Yerga egalik qiluvchi va foydalanuvchi xo‘jaliklar, tashkilotlar, tumanlar va 
viloyatlar bo‘yicha bajariladi. Bu xujjatlardan qishloq xo‘jalik ekinlari turlarini 
joylashtirish, olinadigan hosilning taqsimoti va boshqa sohalarda foydalaniladi. U 
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
4-jadval. 

Download 1,91 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Yer fondining turlari bo‘yicha taqsimlanishi, ming/ga (1.01.2017 y.)

Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish