9
Hozirgi vaqtda Kraft usuli o‘rniga Dokuchayev-Sibirtsev
usullariga tayangan
uslubiyatlardan foydalaniladi.
Angliyada tuproqni baholashda ikki tipdagi usullardan foydalaniladi. Bu
usullar tuproqni potentsial unumdorligi va daliliy mahsuldorligiga tayangan holda
ishlangan.
Rassel fikriga ko‘ra hosil taqdiri 3 guruhdagi sabablarga bog‘liq.
1. Dehqonga bog‘liq bo‘lmagan omillar, sabablar.
2. Qimmatbaho tadbirlarni qo‘llash bilan bog‘liq omillar.
3. Oddiy omillar, qaysiki dehqon har yili qo‘llay oladi.
Birinchi guruh omillariga iqlim, joyning geografik o‘rni, relyef , tuproq qatlami
qalinligi va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh omillariga esa yerlarni zovurlash, sug‘orish
kabi katta
miqdordagi kapital sarflanishi lozim bo‘lgan ishlar kiradi.
Uchinchi guruhga tuproqqa ishlov berish, o‘g‘itlash, begona o‘tlardan tozalish
va boshqalar kiradi.
Yana guruhlarni e’tiborga oluvchi 2 tipdagi uslubiyat ishlab chiqilgan bo‘lib,
tuproqlar baholanadi.
Birinchi tipdagi bonitirovkalash usulida tuproqni potentsial unumdorligi
e’tiborga olinadi.
Rassel fikriga ko‘ra bunda iqlim, relyef kabi tabiiy kattaliklarga tayangan holda
tuproq 3 kategoriyaga 10 ta sinfga bo‘linishi kerak.
Ikkinchi tipdagi uslubiyatda tuproqni baholash olingan hosil asosida olib
boriladi, bu usul albatta juda dag‘al bo‘lib, buni Rasselni o‘zi ham ta’kidlagan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida tuproqni baholash ishlari 1899 yildan toki 1952
yilga qadar qishloq xo‘jaligi vazirligini tuproq xizmati
guruhi tomonidan olib
borilgan. Hozirgi kunda tuproq muxofazasi xizmati tashkil etilgan va ular tuproqni
bonitirovkalash bilan shug‘ullanadi.
AQSH da 2 usul keng qo‘llaniladi: a) majmuaviy usul bo‘lib, ko‘p yillik hosil
asosida yerlar baholanadi, b) omilliy usul bo‘lib, tabiiy omillar e’tiborga olinadi,
bunda tuproq xossalari va ularni yaxshilash nazarda tutiladi.
Tuproqlar
ularning mexanik tarkibi, qalinligi, suv o‘tkazuvchanligi, toshliligi
va boshqalarga qorab sinflarga ajratiladi va ballar beriladi.
Bu usul o‘zining ma’no va mazmuniga ko‘ra tabiiy tarixiy hisoblanadi. Usulda
100 balli shkaladan foydalaniladi.
Keyingi vaqtlarda AQSH da yerdan foydalanishni
qulaylashtiruvchi maxsus
agroguruhli, tasnifli jadval ishlandi.
1-jadval.