Korxona faoliyatida kadrlar siyosati




Download 32.08 Kb.
bet4/7
Sana15.05.2022
Hajmi32.08 Kb.
#21119
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdug\'oipova Muxlisaxon boshqaruv psixologiyasi
фукоролик жамияти мажмуа, 7 Tema, 28, Sezgi va idrokning psixologik mohiyati , Fonemalarning differensial va integral belgilar fan hozirgi o’z-genderi.org, taklif1, Trigonometika formulalari, Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe
3.Korxona faoliyatida kadrlar siyosati
Korxonaning kadrlar siyosati jamoada rahbariyat tomonidan (og‘zaki yoki yozma) tuzilgan xodimlarning xulq-atvori qoidalari, qarashlari, prinsiplari, ustunliklari, me’yorlari, qoidalari, doimiy ravishda o‘zgarib borayotgan ichki tashkiliy sharoitlar va tashqi muhit talablarini hisobga olgan holda tashkilotning oldida turgan ishlab chiqarish jarayonidagi strategik maqsadlarga erishish borasida xodimlarni boshqarish jarayonining barcha ishtirokchilari uchun majburiy qo‘llanuvchi talablardir.
Korxona kadrlar siyosatining ob’ekti uning xodimlari bo‘lib, kadrlar siyosatining sub’ekti esa – boshqaruv jarayonining barcha bo‘g‘inlaridagi rahbarlardan va mavjud kadrlar xizmatidan tashkil topgan boshqaruv tizimi.
Korxona rahbariyatining kadrlar holatiga ta’siri va nazorat darajasiga, xodimlarning miqdori va malakaviy shaklini prognozlashtirishga qaratilgan tartiblariga ko‘ra korxona kadrlar siyosatining quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi:
passiv;
reaktiv;
ogohlantiruvchi;
faol.
Passiv kadrlar siyosatida korxona rahbariyati xodimlar bilan ishlash bo‘yicha aniq dasturga ega emas va allaqachon yuzaga keluvchi kadrlar muammolariga (xodimlarning etishmovchiligi, nizolar, uzoq davr bo‘sh lavozimlar mavjudligi) vaziyatni chuqur tahlil qilmay, ularni bartaraf etishga mavjud kuch va vaqtlarini sarflab, majburiy va noiloj ravishda olib boriladi.
Bunda kadrlarga taalluqli qarorlar korxonada uzoq muddatli davrlarda o‘z vaqtida hisobga olmay qabul qilinadi. Xodimlarni saralash va tanlab olib, ishga rasmiylashtirish personalda kelajakka ehtiyojini rejalashtirmagan holda muntazam tezkor tartibda amalga oshiriladi. Nomzodlarni va xodimlarni baholash yuzaki va birmuncha rasman amalga oshiriladi.
Personalni o‘qitish, malakasini oshirish va lavozimlarni o‘zgartirib turish (rotatsiya talablari) tizimsiz, tartibsiz va yashirin tarzda amalga oshiriladi. Ushbu turdagi kadrlar siyosatiga ega korxonalarda xodimlarning vakolati va mas’uliyati aniq taqsimlanmagan bo‘ladi.

Download 32.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 32.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxona faoliyatida kadrlar siyosati

Download 32.08 Kb.