Tashkilotlardagi ziddiyatlar turli hollarda vujudga kelishi mumkin. Masalan, xodimlar uyidan kayfiyatlari buzilib kelsa, boshqa hamkasbi bilan ham nizoga borib qolishi tabiiy hoi. Ishga mas'uliyatsizlik bilan yondashilsa ham ziddiyat kelib chiqishi shubhasiz. Shaxslararo ziddiyatlar vujudga kelishi bilanoq bartaraf qilinmasa u jamoaning barcha a'zolariga ta'sir qilishi mumkin. Nizoning bir turi faqat tashkilotgagina taalluqli bo'ladi. Ziddiyatlarning vazifasi tadqiqotchilarning diqqat markazida turadi. Hozirgi kunda kishilar o'rtasida umumiy ziddiyatlar kelib chiqishining oldini olishga harakat qilish lozim. Chunki dunyoning bir qancha mamlakatlarida turli buzg'unchi g'oyalar asosida aqidaparastlar, ekstremistlar kishilar o'rtasida adovat urug'ini sochishga harakat qilmoqdalar. Har bir tashkilotdagi rahbar xodimlarining turli buzg'unchi g'oyalarga ishonmasligiga harakat qilishi lozim.
Tashkilotdagi faoliyatni chumolilar, asalarilar harakatiga o'xshatish mumkin. Lekin inson ongli mavjudot bo'lgani uchun har bir qiladigan harakatini avvaldan o'ylab, aniq bir maqsad asosida faollik ko'rsatadi. Ziddiyatlar butunlay yo'q bo'lib ketmaydi, balki u davom etishi, shaxslararo munosabatlarga aylanib ketishi mumkin.
Tashkilotda ichki ziddiyatlarning kelib chiqishiga avvalo rahbar sababchi bo'ladi. U har bir xodimni hurmat qilishi, barcha xodimlarni teng ko'rishi, to'g'ri munosabatda bo'lishi zarur. Rahbar demokratik usulda jamoani boshqara olsa, bujamoada ziddiyatlar kam paydo bo'ladi. Xodimlar o'rtasidagi chaqimchilik, bir xabarni boshqacha talqinda yetkazish, vahima tarqatish orqali ham ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin.
Ziddiyat — bu faoliyat. Kishilar ziddiyat orqali faoliyatda bo'ladilar. (nutq orqali, verbal va noverbal muloqot orqali).
Barcha tug'iladigan ziddiyatlarning oldini olish, bartaraf uchun rahbarda tashkilotchilik qobiliyati yaxshi shakllangan bo'lishi kerak.
Insoniy muloqotlar psixologiyasi
Har bir normal kishi o'zini o'zgalarni tinglashga, o'z fikrini birovlarga yetkazishga, ya'ni gapirishga, fikrlarini ba'zan yozma tarzda bayon etishga tug'ma qobiliyatliday tasavvur qiladi. Lekin aslida ana shu birovlarni tushunish va o'z fikrlarimiz, o'ylarimizni birovlarga yetkaza olish qobiliyati bizning insoniy munosabatlar tizimida ekanligimizni, har birimiz o'zimizga o'xshash inson jamiyatisiz mavjud bo'la olmasligimizni bildiradi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma- yuz» bo'lishi; u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va boshqalar) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do'stona bo'lishi; subyekt-subyekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki subyekt-obyektli (monologik) bo'lishi mumkinligini professor V. Karimova ta'kidlaydi.
Insoniy munosabatlar o'zaro shunday ta'sir jarayonlariki, unda shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon bo'ladi. Bunday jarayon dastlab kishilar o'rtasida ro'y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvish-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Kishilar muloqotda bo'lgani sari ular o'rtasida umumiylik, o'xshashlik va uyg'unlik kabi sifatlar paydo bo'ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadi yoki «yarimta jumladan* ham fikr ayon bo'ladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig'izligi teskari reaksiyalarni — bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig'iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig'izlik oilaning barcha a'zolari o'rtasida emas, uning ayrim a'zolari o'rtasida bo'lishi mumkin. (Er-xotin, qaynona-kelin).
O'zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko'zlaydigan asosiy maqsadlari — o'zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat kishi muloqotdan, ayniqsa uning norasmiy, samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma'naviy jihatdan rag'batlantiriladilar.
Turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan kishilar guruhining ko'payishi, ular o'rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig'iz sharoitda
oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi.
Oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular sotsi-onomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Jumladan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar, marketing va boshqalar. (Karimova V. Psixologiya. 2002. 160—161-betlar).
|