1.5. Elektr toki bilan jarohatlangan bemorga birinchi yordam ko’rsatish.
Elektr toki bilan zararlangan inson hayotini saqlash, unga yordam berayotgan kishining tez va to’g’ri harakatiga bog’lik. Birinchi tibbiy yordamni o’sha joyda tez ko’rsatish va tez yordamni chaqirish bilan olib boriladi. Bunda o’sha insonga yana ta’sir qilayotgan elektr tokini to’хtatish yoki bartaraf etish kerak. Agar elektr qurilmani o’chirishning ilojisi bo’lmasa, bunda tok bilan jarohatlanayotgan kishini, unga tegmasdan boshqa joydan kelayotgan tokning qismlarini olib tashlash kerak. Agar u yuqorida bo’lsa, uni pastga tushib ketishning oldini olish kerak. 1000V kuchlanishga ega bo’lgan tok simlarini tayoqcha, tok o’tkazmaydigan quruq jismlar bilan olib tashlash mumkin.
Zararlangan kishini quruq kiyimidan tortib qutqarish mumkin, bunda yordam berayotgan kishi unga tegib ketmasligi va u izolyatsiya kilingan qo’li bilan yordam berishi kerak. Ko’l izolyatsiyasi uchun yaхshi dielektrik qo’lqoplardan foydalanish kerak, agar qo’lqoplar bo’lmasa, bir qo’lni quruq material bilan o’ralgandan keyin yordam berishga kirishish kerak. 1000V kuchlanishdan yuqori bo’lgan tok qismlaridan ozod qilish uchun shu kuchlanishga mo’ljallangan qo’lkop va botinkalarni kiyib, shtangalar yoki izolirlangan qisqichlardan foydalanib yordam beriladi. Bunda erda yotgan simdan ehtiyot bo’lishi kerak, chunki undan tok kelayotgan bo’lishi mumkin. Ehtiyotlab qadam tashlash kerak. Agar kelayotgan elektr toki liniyasidan ozod qilishning iloji bo’lmasa, bir tomoni metall tayanchga bog’langan simni 2-chi uchini o’sha kelayotgan tok simga tashash kerak, bunda uning yarmi metallga yoki erga o’tadi. Agar jarohatlangan kishi bitta simdan zararlangan bo’lsa, o’shanda shu ish bajariladi. Birinchi yordam ko’rsatish jarohatlanayotgan kishining holatiga bog’lik. Agar uning хushi joyda bo’lsa, vrach kelgunicha uni harakat kildirmasdan, joyidan qo’zgatmasdan tinch holda ushlab turishi zarur. Agar elektr toki bilan jarohatlangan kishi sekin va qaltirab nafas olayotgan bo’lsa, uning pulsi tekshiriladi va «og’izni og’izga» yoki «og’zini burunga» qo’yib sun’iy nafas oldiriladi. Agar elektr bilan jarohat olgan inson nafas olmasa, pulsi aniklanmasa, ko’z qorachig’i kengaygan bo’lsa, teri, shilliq qavatlarida ko’karish alomatlari sezilsa, bunda su’niy nafas oldiriladi, tashqi tomondan esa yurakni bevosita massaj kilinadi. Birinchi yordamni vrach kelgunicha qilish zarur. Ko’p holatlarda vrach kelgunicha tanaffus 3-4 soat sun’iy nafas berilgan va massaj qilinganligi tufayli bemor hayoti saqlangan.
|