• 2.18-rasm. Otsillograf (Oscilloscope)
  • Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari




    Download 6,83 Mb.
    bet14/21
    Sana05.12.2023
    Hajmi6,83 Mb.
    #111713
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
    Bog'liq
    1 amaliy ish

    2.17-rasm. Voltmetr va ampermetr


    O‘zgarmas va garmonik tok va kuchlanishlarni o‘lchash uchun multimetrdan tashqari voltmetr va ampermetrlardan (2.17-rasm) foydalanish mumkin. Ular Indicators bo‘limida joylashgan.
    Otsillograf. Otsillograf ikkita kanalga ega (Channel A va B). Kanallarning sezgirliklari 10 mkV/bo‘l. dan 5 kV/bo‘l. gacha alohida sozlanishi hamda vertikal bo‘yicha (Y Pos) va gorizontal bo‘yicha (X Pos) siljishlar o‘rnatilishi mumkin. Kirish bo‘yicha rejimlar AC (faqat o‘zgaruvchan signal kuzatiladi) va DC (o‘zgaruvchan va o‘zgarmas signal kuzatiladi) tugmalar yordamida tanlanadi. Odatdagi rejim (vertikal bo‘yicha–signalning kuchlanishi, gorizontal bo‘yicha–vaqt) Y/T tugmasi yordamida o‘rnatiladi. B/A rejimda vertikal bo‘yicha B kanalning kuchlanishi, gorizontal bo‘yicha A kanalning kuchlanishi bo‘ladi. Y/T rejimda razvertkaning davomiyligini (Time Base) 0,1 ns/bo‘l. dan 1s/bo‘l. gacha o‘rnatish imkoniyati mavjud. Razvyortka kutuvchi rejimda (Trigger) bo‘lishi mumkin. Ushbu rejimda ishga tushiruvchi signalning sathi sozlanishi (Level) hamda uning oldingi yoki keyingi frontidan foydalaniladi (Edge). Razverkani ishga tushirish rejimi Auto (A yoki B kanaldan), A kanaldan, B kanaldan yoki tashqi manbadan (Ext) bo‘lishi tanlanadi. Expand tugmasi bosilganda ostsillografning ekrani kattalashadi, ikkita vizir chizig`i paydo bo‘ladi. Ular yordamida kuchlanish, vaqt intervallari va ularning ortishini o‘lchash mumkin. Otsillografning avvalgi holatiga qaytish uchun Reduce tugmasi bosiladi.
    Otsillograf (Oscilloscope) A va B kirishlariga keltirilgan ikkita signalni kuzatish imkonini beradi (2.18-rasm).

    2.18-rasm. Otsillograf (Oscilloscope)


    AC rejimi tanlanganda faqat o‘zgaruvchi signallarni kuzatish mumkin (o‘zgarmas signallar uchun yopiq kirish rejimi). Sukut bo‘yicha DC (ochiq kirish) rejimidan foydalaniladi. Bu holda ostsillograf ekranida qo‘shimcha ravishda signalning o‘zgarmas tashkil etuvchisi ham aks ettiriladi. Ostsillografning kirishini korpusga ulash uchun 0 rejimi tanlanadi.

    2.19-rasm. Funktsional generator (Function Generator)
    Funktsional generator (Function Generator) sinusoidal, uch burchak va to‘g`ri burchakli signallarni hosil qiladi (2.19-rasm). Uning dialog panelida signalning chastotasi (Frequtncy) va amplitudasi (Amplitude) beriladi. Bundan tashqari, Offset bo‘limidan foydalanib chiqish kuchlanishiga o‘zgarmas kuchlanishni qo‘shish mumkin. Impuls davomiyligining signal davri davomiyligiga nisbatining qiymati foizlarda panelning Duty cycle bo‘limida o‘rnatiladi.

    Download 6,83 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




    Download 6,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari

    Download 6,83 Mb.