|
Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari
|
bet | 10/21 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 6,83 Mb. | | #111713 |
Bog'liq 1 amaliy ishDC Operating Point — rejimlarni o‘zgarmas tok bo‘yicha hisoblash. Ushbu rejimda modellanayotgan sxemadan hamma kondensatorlar olib tashlanadi va hamma induktivliklar qisqa tutashtiriladi.
AC Frequency—chastotaviy xarakteristikalarni hisoblash. Komanda bajarilishidan oldin dialog oynasida (2.5-rasm) quyidagi parametrlarni o‘rnatish kerak:
oktavali);
Number of point — hisoblanadigan nuqtalar soni;
Vertical scale —vertikal bo‘yicha masshtab (chiziqli, logarifmik yoki detsibellarda);
Nodes in circuit — zanjir tugunlarining (nazorat nuqtalari) ro‘yxati;
Nodes for analysis — xarakteristikalari hisoblanadigan nuqtalarning tartib raqamlari.
2.8-rasm. Chastotaviy xarakteristikalarni hisoblash oynasi
Transient… — o‘tish jarayonlarini hisoblash. Ushbu komandaning dialog oynasi (2.9-rasm) quyidagi punktlarni o‘z ichiga oladi:
2.9-rasm. O‘tish jarayonlarini hisoblash oynasi
Initial conditions — modellashning boshlang`ich shartlarini o‘rnatish (Set to Zero – nolli boshlang`ich holat; User-defined – boshlang`ich shartlarini foydalanuvchi boshqaradi (o‘rnatadi); Calculate DC operating point – boshlang`ich shartlar o‘zgarmas tok rejimini hisoblash natijalaridan olinadi.
TSTART va TSTOP — o‘tish jarayonlarini tahlil qilishning boshlanish va tugallanish vaqtlari.
Generate time steps automatically — o‘tish jarayonlarini avtomatik ravishda tanlanadigan o‘zgaruvchi qadam bilan hisoblash.
Tsteps — modellash natijalarini ekranga chiqarish uchun vaqt bo‘yicha qadam.
Fourier… —spektral tahlil.
Signallarning spektrlarini tahlil qilish uchun Analysis menyusining Fourier punkti tanlanadi. Dialog oynada Fure bo‘yicha tahlil qilish opsiyalarini o‘rnatish 2.10-rasmda ko‘rsatilgan. Analysis parametrlar blokining yuqoridan birinchi oynasida sxemaning tahlili amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tugunining nomeri ko‘rsatiladi. Yuqoridan ikkinchi oynachada esa asosiy garmonikaning chastotasi o‘rnatiladi va uchinchi oynachada hisoblanishi kerak bo‘lgan garmonikalar soni ko‘rsatiladi. Result blokida vertikal o‘q bo‘yicha masshtab tanlanadi, faza spektrini aks ettirish uchun blokning Display phase punkti yoki amplituda spektrini uzluksiz chiziq ko‘rinishida aks ettirish uchun Output as line graph punkti belgilanadi.
Modellash parametrlari 2.10-rasmda ko‘rsatilgan dialog oynasida beriladi, unda quyidagi optsiyalar mavjud:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari
|