|
Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari
|
bet | 11/21 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 6,83 Mb. | | #111713 |
Bog'liq 1 amaliy ish
Output node — signalning spektri tahlil qilinishi kerak bo‘lgan nazorat nuqtasining tartib raqami;
Fundamental frequency — tebranishlarning asosiy chastotasi (birinchi garmonikaning chastotasi);
Number harmonic — tahlil qilinadigan garmonikalar soni; Vertical scale — Y o‘qi bo‘yicha masshtab.
Advanced —blok optsiyalarining to‘plami.
Number of points per harmonic — bitta garmonika uchun sanashlar soni; Sampling frequency — tanlovlarning diskretlik chastotasi.
Display phase — hamma tashkil etuvchilar fazalarining taqsimlanishini uzluksiz funktsiya ko‘rinishida ekranga chiqarish (sukut bo‘yicha faqat amplitudalar grafigi chiqariladi);
Output as line graph — garmonikalar amplitudalarining taqsimlanishini ekranga uzluksiz funktsiya ko‘rinishida chiqarish (sukut bo‘yicha chiziqli spektr ko‘rinishida chiqariladi).
Monte Carlo — Monte-Karlo usuli bilan statistik tahlil. Dialog oynasida (2.11-
rasm) quyidagi parametrlar beriladi:
2.11-rasm. Monte-Karlo usuli bilan statistik tahlilning dialog oynasi Number of runs —statistik sinashlar soni;
Global Tolerance —rezistorlar, kondensatorlar, induktivliklar, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok va kuchlanish manbalari parametrlarining nominal parametrlarga nisbatan og`ishi (xatoliklari);
Speed — ehtimoliy kattalikning boshlang`ich qiymati (0…32767) Distribution type — ehtimoliy sonlarning taqsimlanish qonuni.
Dasturiy kompleks katta elementlar bazasiga ega. Ulardan eng ko‘p ishlatiladiganlarini ko‘rib chiqamiz.
O‘zgarmas tok va kuchlanish manbalari 2.12-rasmda keltirilgan. Ular Sources asboblar panelida joylashgan va sxemalarni ta`minlash uchun xizmat qiladi.
2.12-rasm. O‘zgarmas kuchlanish manbalari
O‘zgarmas kuchlanish manbasi VCC (2.12-rasm, a) raqamli sxemalarga +5V kuchlanish (mantiqiy 1) berish uchun ishlatiladi. Batareyadan (2.12-rasm, b) raqamli va analog sxemalarni ta`minlash uchun foydalaniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari
|