|
Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari
|
bet | 13/21 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 6,83 Mb. | | #111713 |
Bog'liq 1 amaliy ishNazorat-o‘lchov asboblari Electronics Workbench dasturiy kompleksining Instruments panelida quyidagi ettita asbobni o‘z ichiga oladi:
multimetr;
ostsillograf;
funktsional generator;
ACHX va FCHXlarning o‘lchagichi;
mantiqiy signallar generatori;
16-kanalli mantiqiy signallarning analizatori; 7) mantiqiy o‘zgartkich.
Asbobning tasvirida sichqonchaning chap tugmasini to‘xtovsiz ikki marta bosib asbobning kattalashtirilgan oynasi hosil qilinadi. Unda asbobning parametrlari sozlanadi.
2.15-rasm. Multimetr (Multimeter)
Multimetr (Multimeter) (2.15-rasm) tok va kuchlanishning o‘rtacha kvadratik (ta`sir qiluvchi yoki effektiv) qiymatlarini va qarshiliklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan. O‘lchash rejimi mos tugmani bosish yo‘li bilan tanlanadi. Kuchlanishni detsibellarda o‘lchash uchun dV tugmasi bosiladi. Bunda multimetr α=20Lg(|X|) formula bilan aniqlanuvchi (X-o‘lchanayotgan kattalik) α koeffitsientni ko‘rsatadi.
Multimetrning oldingi panelida (2.16-rasm) o‘lchash natijalarini aks ettiruvchi displey, sxemaga ulash uchun klemmalar va boshqarish tugmalari joylashgan.
Setting tugmasi bosilsa multimetr panelida dialog oynasi ochiladi (2.16-rasm), unda quyidagi belgilanishlar mavjud:
Ammer resistance —ampermetrning ichki qarshiligi;
Voltmeter resistance —voltmetrning kirish qarshiligi;
Ohmmeter current — nazorat qilinayotgan ob`ektdan o‘tayotgan tok;
Decibel standard — kuchaytirish va pasaytirishni detsibellarda o‘lchash uchun V1etalon kuchlanishni o‘rnatish (sukut bo‘yicha V1=1V).
Bunda uzatish koeffitsienti uchun
V1 K[B] 20log V2
formuladan foydalaniladi, formulada V2 — nazorat qilinayotgan nuqtadagi kuchlanish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari
|