Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari




Download 6,83 Mb.
bet2/21
Sana05.12.2023
Hajmi6,83 Mb.
#111713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1 amaliy ish

KIRISH


Keyingi yillarda elektr va elektron sxemalarni hisoblash vositalari tezlik bilan o‘zgarib bordi. Bunday vosita sifatida o‘tgan asrning 70- yillari boshida foydalanilgan logarifmik lineykaning o‘rnini keyinchalik kalkulyatorlar va kichik elektron hisoblash mashinalari EHMlar egallay boshladi. Mini EHMlarning o‘rniga 80-yillarning o‘rtalariga kelib hisoblash quvvatlari va imkoniyatlari uzluksiz ortib borayotgan personal kompyuterlar (PK) qo‘llanila boshlandi. Elektron sxemalarning tahlili bo‘yicha PK larning dasturiy ta`minoti faqat hisoblashlarning algoritmlari va sonli tahlil usullarini rivojlantirish yo‘nalishidagina emas, balki har xil turdagi sxemalar (analogli, raqamli, raqamli-analog, impuls va boshqalar) bilan tajribalar o‘tkazish uchun virtual muhitni yaratish imkoniyatini beruvchi foydalanuvchi uchun qulay interfeysni yaratish yo‘nalishida ham rivojlandi.
Alohida ta`kidlash kerakki, shaxsiy kompyuterning foydalanuvchi interfeysini yaratish sohasidagi yutuqlar shu darajada ta`sirliki, ular sxemalarni tadqiq qilishga bo‘lgan uslubiy qarashning keskin o‘zgarishiga olib keldi. Personal kompyuterdan foydalanish an`anaviy o‘quv laboratoriyalariga alternativ - virtual laboratoriyalarning yaratilishiga olib keldi. Virtual laboratoriya, umuman olganda, tadqiqotchining real laboratoriyadagi harakatlarini (ishini) imitatsiya qiluvchi interfeysga ega bo‘lgan sonli hisoblash dasturidir. Yuqori tezkorlik va katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda hisoblashlarning sonli usullari yordamida murakkab modellarni ham aniqligi real ob`ektlarda o‘tkaziladigan tajribalarda olinadigan natijalarning aniqligidan qolishmaydigan aniqlikda tadqiq qilish mumkin.
Fizika fanining elektr qismini o‘rganish jarayoni sxemalarni tahlil va tadqiq qilish bilan bog`liq. Ushbu jarayonni kompyuter maksimal darajada engillashtirishi kerak. Virtual muhit kompyuterda elektr va elektron sxemalar ustida tajribalar o‘tkazish uchun etarli sharoitlar yaratilgan laboratoriyani amalga oshirishi va olinadigan natijalarning aniqligi real sharoitlarda olinadigan natijalar aniqligidan qolishmasligi kerak. Foydalanuvchiga bunday imkoniyatlarni beruvchi dasturlardan biri Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo‘lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi PSPICE olingan bo‘lishiga qaramasdan Multisim dasturi maksimal darajada qulay interfeysga ega. Unda ampermetr, voltmetr, multimetr, generator va otsillograf kabi tanish asboblarning mavjudligi tadqiqot jarayonining tabiy va tushunarli bo‘lishini ta`minlaydi.
Dasturning tarkibida zamonaviy asboblarning mavjudligi foydalanuvchiga oddiydan boshlab juda murakkab tajribalarni o‘tkazish imkoniyatini beradi. Bunday vosita o‘qitishda ideal bo‘lib hisoblanadi, chunki elementlar va asboblar bo‘yicha har qanday cheklashlarni olib tashlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari Multisim dasturi real elektron va o‘lchash asboblari hamda sxemalarni ishlash printsiplarini o‘rganish uchun trenajyor vazifasini bajarishi mumkin.
Multisim dasturida modellash va natijalarni olish o‘zining tezkorligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Lekin to‘g‘ri natijalar olish uchun foydalanuvchi dastur bilan ishlash qoidalari va usullarini o‘zlashtirgan va ularni elektron sxemalardagi jarayonlarni o‘rganish va tadqiq qilish uchun qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak


Download 6,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 6,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari

Download 6,83 Mb.