|
Asosiy tarkibiy qismlarning tavsifi
|
bet | 8/21 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 6,83 Mb. | | #111713 |
Bog'liq 1 amaliy ish 2.2. Asosiy tarkibiy qismlarning tavsifi
Elektron Workbench Multisim elektron tizimida modellashtirishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan o‘n to‘rtta bo‘limlar kutubxonasi mavjud. Quyida asosiy (albatta, hammasi emas) tarkibiy qismlar haqida qisqacha ma'lumot keltirilgan. Element nomidan so‘ng qavslar ichida elementning foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan parametrlari keltirilgan.
Signal manbalari. Shuni ta'kidlash kerakki, signal manbalari deganda nafaqat quvvat manbalari, balki boshqariladigan manbalar ham tushuniladi.
2.5-rasm. O‘zgaruvchan kuchlanish manbasi
2.6-rasm. O‘zgarmas tok manbasi.
Batareya (kuchlanish). Uzun tasma musbat qutbga to‘g‘ri keladi.
2.7-rasm.Yerga ulash.
2.3. Electronics Workbench Multisim dasturi yordamida sxemalarni tuzish.
Zanjirni tuzish bosqichlari:
1-bosqich. Asboblar panelidan elementlarni ishchi sohaga o‘tkazish va ularni joylashtirish. Buning uchun element tasvirining ustida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va zarur element ishchi sohaga surib o‘tkaziladi.
2-bosqich. Elementlarni o‘zaro ulash. Buning uchun:
Sichqonchaning kursori elementning chiqishiga kontaktning qora nuqtasi paydo bo‘ladigan qilib yaqinlashtiriladi;
Sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va bosilgan holatda bog`lanish hosil qilinishi kerak bo‘lgan elementning chiqishida qora nuqta hosil bo‘lguncha suriladi;
Sichqonchaning chap tugmasi qo‘yib yuboriladi.
3-bosqich. Elementlarning nominallarini o‘rnatish. Elementning ustida sichqonchaning chap tugmasi to‘xtovsiz ikki marta bosilsa uning xossalar oynasi ochiladi. Xossalar oynasining mazmuni tanlangan elementga bog`liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin. Hamma xossalar oynalarida Label (elementning nomi) va Fault (elementdagi nosozliklar) bo‘limlari bo‘ladi.
Element yoki zanjir uchastkasini olib tashlash uchun u belgilab olinadi va Delete hamda Enter klavishlari bosiladi.
Sxemalarni loyihalashda ko‘pgina amallar sichqonchaning chap tugmasidan foydalanib bajariladi. Sichqonchaning o‘ng tugmasi, asosan, elementlar va o‘lchash asboblari xossalarining kontekst menyularini chaqirish uchun ishlatiladi.
Zanjir tuzish uchun quyidagi amallar bajariladi:
— kerakli elementlarni topish va tanlash;
— elementlarni sxema oynasining ishchi soxasiga joylashtirish;
— elementlarni bir-biriga simlar yordamida ulash;
— elementlar parametrlarining qiymatlarini o‘rnatish.
Kerakli elementlarni topish va tanlash dastur oynasining yuqoridan ikkinchi qatoridagi belgilarning ustida sichqonchaning chap tugmasini bosib va tanlangan elementni sxema oynasiga surish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sxema tarkibiga albatta korpus (yerga ulash) qo‘shilishi kerak. Yerga ulash bo‘lmasa sxemaning to‘g`ri ishlashi kafolatlanmaydi.
EBWM dasturida o‘zgaruvchan rezistorlar, kondensatorlar va g`altaklar mavjud. Ularning parametrlarini belgilarida ko‘rsatilgan klavishalarni bosish yo‘li bilan o‘zgartirish mumkin. Parametrlarni sxema ishlayotgan vaqtda ham o‘zgartirish mumkin. Lekin bu holda hisoblashlarning aniqligi kafolatlanmaydi, natijalarni dasturni kaytadan ishga tushirib tekshirib ko‘rish kerak.
Sxema oynasidagi elementlarni yangi joyga surish uchun ularning ustida sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holatda kerakli joyga siljitiladi.
Elementlar bir-biriga simlar yordamida ulanadi. Simlarni hosil qilish uchun sichqonchaning chap tugmasi element chiqishining ustiga olib kelinadi, doira shaklidagi tugun hosil bo‘lishi bilan bosiladi va kerakli tomonga suriladi. Keyingi elementning ulanadigan tuguni ko‘rinishi bilan qo‘yib yuboriladi. Hosil qilingan simlarni sichqoncha yordamida surish ham mumkin.
Sxema oynasida boshqa elementlarga ulanmagan element qolishi mumkin emas.
Elementning parametrlarini o‘zgartirish uchun uning ustiga kursor olib kelinadi va sichqonchaning ung tugmasi bosilib hosil bo‘lgan kontekst menyudan kerakli band tanlanadi. Bundan tashqari, elementning ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosib yoki Circuit menyusining Component Properties qism menyusini ochish mumkin. Hosil bo‘ladigan dialog paneldan kerakli parametr o‘rnatiladi.
Rezistorlar, kondensatorlar va induktiv g`altaklar uchun paneldagi Zalue bo‘limidan foydalaniladi. Murakkab va aktiv elementlarning, jumladan, diodlar, tranzistorlar va uzun liniyalarning parametrlari Models bulimidagi Default va Ideal bo‘limlarini yoki elementlar kutubxonasidan elementning tipini tanlash yo‘li bilan o‘rnatiladi. Buning uchun Edit tugmasidan foydalaniladi.
Elementni sxemadan olib tashlash uchun uning ustida sichqonchaning o‘ng ugmasi bosiladi va hosil bo‘lgan menyudan Delete bandi tanlanadi.
|
| |