• 2-usul.
  • Analysis/ DC Operating Point
  • Toggle Cursors
  • Sxemalarni tahlil qilish.
  • DC Operating Point
  • Transient
  • Analysis\Analysis Option\Transient
  • Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari




    Download 6,83 Mb.
    bet9/21
    Sana05.12.2023
    Hajmi6,83 Mb.
    #111713
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
    Bog'liq
    1 amaliy ish

    Sxemalarni modellash. Sxemalarni modellash quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi.
    1-usul. Agar sxemaga o‘lchash asboblari ulangan bo‘lsa, u ekranning o‘ng yuqori burchagida joylashgan tugma yordamida ishga tushiriladi va to‘xtatiladi. O‘sha yerda tugmasi ham mavjud bo‘lib, uning yordamida modellash jarayoni vaqtincha to‘xtatildi, xolati qayd qilinadi.
    2-usul. Ushbu usulda o‘lchash asboblari (ostsillograf va boshqalar) sxemaga ulanmaydi. Tugunlarning tartib raqamlarini Circuit/Schematic Options/Show nodes komandasi yordamida ko‘rinadigan qilinadi. Keyin Analysis menyusi yordamida tahlil turi belgilanadi. Masalan, ACHX tahlili Analysis/ AC Frequency komandasi, o‘tish jarayonlarining tahlili Analysis/ Transient komandasi, o‘zgarmas tok bo‘yicha tahlil Analysis/ DC Operating Point komandasi yordamida bajariladi. Keyin dialog oynasida tahlil parametrlari va modellash natijalari ko‘rilishi kerak bo‘lgan tugunlar belgilanadi (Nodes for Analysis maydonida). Simulate tugmasini bosib modellash (simulyatsiya) jarayoni ishga tushiriladi. Modellash grafiklari Analysis Graphs oynasida hosil bo‘ladi. Ushbu oynani to‘liq ekranga ochish mumkin.
    Signallarning parametrlarini ikkita vizir chiziq yordamida ko‘rish mumkin. Ushbu chiziqlar Toggle Cursors belgisi bosilganda hosil bo‘ladi (Toggle Cursors komandasini kontekst menyudan ham bajarish mumkin, grafikning ustida sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va Toggle Cursors bandi tanlanadi). Vizir chiziqlar sichqoncha yordamida siljitiladi va kerakli joyga olib kelinadi. Signallarning parametrlari dinamik oynada aks etadi.
    Sxemalarni tahlil qilish. EBWM dasturida asos qilib olingan o‘lchash asboblariga ega bo‘lgan elektron laboratoriya konsepsiyasi elektron qurilmalarda kechadigan jarayonlarni hisoblash ishini keskin soddalashtiradi. Sxema tuzilgandan va unga kerakli ulchash asboblari ulangandan keyin tahlilni boshlash uchun Activate/Stop tugmasini bosish yetarli. Xuddi real laboratoriyada real o‘lchash asboblari bilan ishlagandagidek toklar, kuchlanishlar va qarshiliklarning hisoblangan qiymatlari o‘lchash asboblarining ekranlarida ko‘rinadi.
    Modellashning keyingi etapida sxemani o‘zgartirish, elementlarni almashtirish, yangi elementlarni qo‘shish, asboblarni boshqa nazorat nuqtalariga ulash va h.k. ishlarni bajarish mumkin. O‘zgartirishlar kiritilgandan keyin sxema Activate/Stop tugmasi yoramida qaytadan aktivlashtiriladi. Sxemaga ulangan asboblarga mos holda EBWM dasturi quyidagi tahlilarni bajarish uchun avtomatik ravishda sozlanadi:
    DC Operating Point — sxemaning o‘zgarmas tok rejimini hisoblash (o‘zgarmas tok va kuchlanishlarni o‘lchash uchun multimetr, ampermetr yoki voltmetrlar ulanganda);
    AC Frequency —chastotaviy xarakteristikalarni hisoblash (ACHX va FCHX o‘lchagichlari ulanganda yoki garmonik tok va kuchlanishlarni o‘lchash uchun multimetr, ampermetr yoki voltmetrlar ulanganda);
    Transient—o‘tish jarayonlarini hisoblash (ostsillografdan foydalanilganda).
    Yuqorida ko‘rsatilgan tahlillarni Analysis menyusining mos komandarini tanlash yo‘li bilan ham bajarish mumkin.
    EBWM dasturida sukut bo‘yicha sonli integrallash uchun juda katta qadam o‘rnatilgan. O‘tish jarayonlari tahlili aniqligini orttirish uchun Analysis\Analysis Option\Transient ketma-ketlik tanlanadi va EBWM dasturining quyidagi parametrlari o‘rnatiladi: ITX4 - 100...1000 va TRTOL = 1 ... 0,1.
    EBWM dasturi yordamida yuqorida keltirilgan uch xil tahlildan tashqari quyidagilarni ham bajarish mumkin:

    • spektral tahlil (Fourier), ichki shovqinlar spektrining tahlili (Noise), nochiziqli buzilishlarni hisoblash (Distortion);

    • sxema elementi parametrlari variatsiyasi ta`sirini tahlili (Parameter sweep);

    • qurilma xarakteristikalariga harorat o‘zgarishi ta`sirining tahlili (Temperature sweep);

    • modellanayotgan zanjir xarakteristikalarining nollari va qutblarini hisoblash (Pole-Zero);

    • o‘tkazish xarakteristikasini hisoblash (Transfer Function);

    • elementlar parametrlari o‘zgarganda sxemaning sezgirligini va

    xarakteristikalarining o‘zgarishini hisoblash (Sensitivity, Worst Case i Monte Carlo).
    Dasturiy kompleksning Analysis menyusini ko‘rib chiqaylik. Undagi birinchi uchta komandalar (Activate, Pause va Stop) tugmalarga o‘xshash.

    Download 6,83 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




    Download 6,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari

    Download 6,83 Mb.