|
II-bob. Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksining qisqacha tavsifi va modellash dasturining tarkibi
|
bet | 6/21 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 6,83 Mb. | | #111713 |
Bog'liq 1 amaliy ish II-bob. Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksining qisqacha tavsifi va modellash dasturining tarkibi.
Zamonaviy elektr va elektron qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqish katta aniqlik va chuqur tahlilni talab qiladi. Bundan tashqari, bajariladigan ishlarning katta hajmga egaligi va murakkabliligi sababli kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi [5,7].
Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksi elektr zanjirlarni dasturiy loyihalash va imitatsiya qilish vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu dasturiy kompleksdan elektr zanjirlarni va elektron qurilmalarni loyihalovchi korxonalarda, oliy o‘quv yurtlarida va umumta'lim makatblarida foydalanish mumkin.
Electronics Workbench Multisim bilan ishlash kompyuter texnikasi bo‘yicha chuqur bilimlarni talab qilmaydi. Dasturning interfeysini bir necha soat davomida o‘zlashtirib olish mumkin [8-10].
Ushbu dasturiy kompleks Interactive Image Technologies firmasi tomonidan
ishlab chiqilgan.
2.1. Electronics Workbench Multisim dasturining interfeysi.
Electronics Workbench Multisim (EBWM) dasturi real vaqt masshtabida ishlovchi, o‘lchash asboblari bilan jihozlangan tadqiqotchining real ish joyiradioelektron laboratoriyani imitatsiya qiladi. Dastur yordamida har qanday murakkablikdagi analog va raqamli radioelektron qurilmalarni tuzish, modellash va tadqiq qilish mumkin.
Foydalanuvchining interfeysi menyu, asboblar paneli va ishchi sohadan iborat (2.1-rasm).
2.1-rasm. Electronics Workbench Multisim kompleksining interfeysi Foydalanuvchining interfeysi menyusi quyidagi elementlarga ega:
fayllar bilan ishlash menyusi (File);
tahrirlash menyusi (Edit);
ko‘rinish menyusi (View);
holat menyisi (Place);
formatni o‘zgartirish menyusi (Format);
zanjirni ishga tushirish va uning parametrlarini aniqlash, tahlil qilish menyusi (Simulate);
sxemalarni boshqa formatga yoki uch o‘lchamli holatga o‘girish menyusi
(Transfer);
elementalar bilan ishlash menyusi (Tools);
hisobotlar menyusi (Reports);
xossalar menyusi (Options);
oynalar bilan ishlash menyusi (Window);
yordam fayllari bilan ishlash menyusi (Help).
Asboblar panelida radioelektron sxemalar elementlarining tasvirlari bo‘lgan tugmalar mavjud (2.1-rasm). Tugmalar bosilganda ularga mos bo‘limlar ochiladi, masalan, diodning tasviri bosilsa diodlar bo‘limi ochiladi.
Komandalar menyusi dastur oynasining yuqori qismida joylashgan. Bu menyudan dastur ishini boshqarishda foydalaniladi.
Sxema oynasi dastur oynasining markaziy qismini egallaydi. Ushbu oynada elektr zanjirlar hosil qilinadi va ularga kerakli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Elementlar belgisi (ikonalar) paneli sxema oynasining yuqori qismida joylashganbo‘lib, yuqori qatordagi menyu komandalarini qaytaradi.
Elementlar paneli belgilaridan (ikonalar) zanjirga ulanuvchi elementlar va o‘lchash asboblarini tanlash uchun foydalaniladi. Belgilarning ko‘rinishi va mazmuni 2.2- rasmda keltirilgan.
|
| |