|
Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari
|
bet | 19/21 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 6,83 Mb. | | #111713 |
Bog'liq 1 amaliy ishVirtual elementlar: o‘zgarmas tok manbasi, kalit, virtual lampa, voltmetr, ulash simlari.
1. Electronics Workbench Multisim dasturini ishga tushiring.
2.Elementlar panelida rasmdagi elektr zanjiridagi elementlarga mos tok manbasi, kalit, virtual lampa, voltmetrni toping va ularni ish maydoniga joylashtiring.
|
E lektr kuchlanishi. Kuchlanishni o‘lchash (namoyish tajriba)
|
Element nomi
|
Ko‘rinishi
|
Elementlar paneli belgisi
|
Oilasi
|
Nomlanishi
|
Doimiy tok manbasi
|
|
|
POWER_SOURCES
|
DC_POWER
|
Cho‘g‘lamna lampa
|
|
|
LAMP
|
12V_10W
|
Kalit
|
|
|
SWITCH
|
SPST
|
Voltmetr
|
|
|
VOLTMETER
|
VOLTMETER _H
|
3.Zarjir elementlarini sichqoncha yordamida ulang.
4. Simulyatsiya jarayonini ishga tushiring.
5.Kalitni yoping va lampochkadagi kuchlanishni o‘lchang.
Nazorat uchun savollar.
1.Voltmetr tomonidan qayd etilgan kuchlanish qiymati nimaga teng?
2.Voltmetr elektr zanjiriga qanday ulangan?
3.Agar voltmetr ketma-ket ulansa nima bo‘ladi?
3.Tok kuchi va uni o‘lchash, namoyish tajriba (8.3_Tok kuchi va uni o‘lchash).
Ishning maqsadi: elektr zanjirida tok kuchini qanday o‘lchashni o‘rganish.
Virtual elementlar: o‘zgarmas tok manbasi, kalit, virtual lampa, ampermetr, ulash simlari.
Ishni bajarish tartibi:
1.Electronics Workbench Multisim dasturini ishga tushiring.
2.Element panelida rasmdagi elektr zanjiridagi elementlarga mos tok manbasi, kalit, virtual lampa, ampermetrni topish va ularni ish maydoniga joylashtiring.
-
T ok kuchi va uni o‘lchash (namoyish tajriba)
|
Element nomi
|
Ko‘rinishi
|
Elementlar paneli belgisi
|
Oilasi
|
Nomlanishi
|
Doimiy tok manbasi
|
|
|
POWER_SOURCES
|
DC_POWER
|
Cho‘g‘lamna lampa
|
|
|
LAMP
|
12V_10W
|
Kalit
|
|
|
SWITCH
|
SPST
|
Ampermetr
|
|
|
AMMETER
|
AMMETER_H
|
3.Zarjir elementlarini sichqoncha yordamida ulang.
4. Simulyatsiya jarayonini ishga tushiring.
5.Kalit yordamida zanjirni ulang va ampermetr ko‘rsatishini kuzating.
Nazorat uchun savollar.
1.Ampermetr elektr zanjitiga qanday ulangan?
2.Ampermetr tomonidan qayd qilingan tok kuchi qanday?
3.Zanjirga yana bitta ampermetr ulansa u qanday qiymatini ko‘rsatadi?
Tajribada tekshirib ko‘ring.
4.Agar ampermetrni elektr zanjiriga lampasiz ulasangiz nima bo‘ladi?
5.Ampermetr elektr zanjirga parallel ravishda ulansa nima bo‘ladi? Tajribada tekshirib ko‘ring.
4.Laboratoriya ishi. Elektr zanjirini yig‘ish, uning turli qismlaridagi tok kuchi va kuchlanishni o‘lchash (8.4_Elektr zanjirini yig‘ish, tok kuchi va kuchlanishni o‘lchash).
Ishning maqsadi: Elektr zanjirini yig‘ishni hamda zanjirning turli qismlaridagi tok kuchi va kuchlanishni o‘lchashni o‘rganish
Kerakli jihozlar: tok manbasi, ampermetr, voltmetr, lampochka, kalit va ulovchi simlar.
-
L aboratoriya ishi. Elektr zanjirini yig‘ish, uning turli qismlaridagi tok kuchi va kuchlanishni o‘lchash .
|
Element nomi
|
Ko‘rinishi
|
Elementlar paneli belgisi
|
Oilasi
|
Nomlanishi
|
Doimiy tok manbasi
|
|
|
POWER_SOURCES
|
DC_POWER
|
Cho‘g‘lamna lampa
|
|
|
VIRTUAL_LAMP
|
LAMP_VIRTUAL
|
Kalit
|
|
|
SWITCH
|
SPST
|
Ampermetr
|
|
|
AMMETER
|
AMMETER_H
|
Voltmetr
|
|
|
VOLTMETER
|
VOLTMETER _H
|
Ishni bajarish tartibi
1. Multisim dasturi asboblar panelidan tok manbasi, ampermetr, voltmetr, lampochkalar va kalitni tanlab olib, ushbu elementlardan iborat soda elektr zanjirni jadvalda ko‘rsatilganidek yig‘ing. Bunda voltmetr lampochkaga parallel ulanadi.
2.Tok manbasini iste’molchilarga 12V kuchlanish beradigan holatida ekanligiga e’tibor qarating.
3. Simulyatsiya jarayonini ishga tushiring.
4.Kalitni ulang. (sichqonchaning chap tugmasi yoki klaviaturaning probel tugmasi yordmida).
5.Zanjirga ulangan lampochka yonadi, ampermetr va voltmetr ko‘rsatishini qayd qiling. Ularning qiymatlarini jadvalga yozing. (1-jadval)
6.Kalitni uzing.
Zanjirga ulangan lampochka quvvatini o‘zgartiring. Buning uchun lampochka belgisi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib borilib chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Hosil bo‘lgan oynada quvvat parametri o‘zgartiriladi va Ok tugmasi bosiladi.
(rasmdagi hol uchun joriy quvvat 10 Vt, masalan shu qiymatni 30 Vt ga o‘zgartiriladi).
Kalitni ulang.
9.Ampermetr va voltmetr ko‘rsatishini qayd qiling. Ularning qiymatlarini jadvalga yozing.
10.Tajribani takrorlang.
11.Natijalarni jadvalga qayd qiling. (1-jadval)
1-jadval
|
1-lampochka
|
|
2-lampochka
|
|
U1
|
|
|
I1
|
U2
|
|
I2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat uchun savollar.
1.Eng oddiy elektr zanjiri qanday asboblardan tashkil topgan?
2.Zanjirdagi har bir asbobning vazifasini aytib bering.
3.Nima uchun ampermetr zanjirda iste'molchiga ketma-ket ulanadi?
4.Nima uchun voltmetr zanjirda iste'molchiga parallel ulanadi?
5.Elektr qarshiligi, namoyish tajriba (8.5_Elektr qarshiligi).
Ishning maqsadi: tok kuchining rezistor qarshiligiga bog‘liqligini o‘rganish.
Virtual elementlar: tok manbasi, kalit, rezistor, ampermetr, ulash simlari.
Ishni bajarish tartibi:
1. Electronics Workbench Multisim dasturini ishga tushiring.
2.Elementlar panelidan kerakli elementlarni toping va ularni dasturning ish maydoniga qo‘ying (rasmdagi sxema asosida).
Element nomi
|
Ko‘rinishi
|
Elementlar paneli belgisi
|
Oilasi
|
Nomlanishi
|
Doimiy tok manbasi
|
|
|
POWER_SOURCES
|
DC_POWER
|
Qarshilik
|
|
|
RESISTOR
|
1
|
Kalit
|
|
|
SWITCH
|
SPST
|
Ampermetr
|
|
|
AMMETER
|
AMMETER_H
|
3.Elementlarni kompyuter sichqonchasi yordamida o‘tkazgichlar bilan ulang.
4. Simulyatsiya jarayonini ishga tushiring.
5.Kalitni ulang va tok kuchini o‘lchang.
6.Kalitni uzing.
7.Rezistorining qarshiligini 5 Ω ga almashtiring. Buning uchun qarshilik belgisi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib borilib chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Hosil bo‘lgan oynadan qarshilik parametri 5Ω qilib tanlanadi va Ok tugmasi bosiladi.
8. Kalitni ulang va tok kuchini o‘lchang.
9.Olingan ma'lumotlar asosida tegishli xulosalar chiqaring.
Nazorat uchun savollar.
1.Rezistor nima?
2.Yig‘ilgan elektr zanjiridagi tok kuchi nimaga bog‘liq?
3.Elektr qarshiligining tabiati qanday?
6.Amaliy mashg‘ulot: Reostat va Potenseometr, namoyish tajriba (8.6_Reostat va potenseometr).
Mashg‘ulotning maqsadi: Reostat va Potenseometr yordamida tok kuchi va kuchlanishni rostlashni o‘rganish,
Ishning maqsadi: reostat va potenseometr ishini o‘rganish.
Virtual elementlar: tok manbasi, kalit, reostat, virtual lampa, voltmetr, ampermetr, ulash simlari.
Ishni bajarish tartibi:
1.Electronics Workbench Multisim dasturini ishga tushiring.
2. Jadvalda ko‘rsatilgan tok manbansi, kalit, voltmeter, ampermetr, lampa, reostatni elementlar panelidan toping va ularni dasturning ish maydoniga qo‘ying.
Amaliy mashg‘ulot: Reostat va Potenseometr
|
Element nomi
|
Ko‘rinishi
|
Elementlar paneli belgisi
|
Oilasi
|
Nomlanishi
|
Doimiy tok manbasi 2 ta
|
|
|
POWER_SOURCES
|
DC_POWER
|
Cho‘g‘lanma
Lampa 2 ta
|
|
|
LAMP
|
12V_10W
|
Kalit
2 ta
|
|
|
SWITCH
|
SPST
|
Reostat
2 ta
|
|
|
POTENTIOMETER
|
100
|
Ampermetr
|
|
|
AMMETER
|
AMMETER_H
|
Voltmetr
|
|
|
VOLTMETER
|
VOLTMETER _H
|
3.Sichqoncha yordamida zanjir elementlarini rasmda ko‘rsatilganidek tutashtirish.
4.Kalitlarga klaviatura tugmalarini biriktiring. Buning uchun har bir kalit belgisi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib borilib chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Hosil bo‘lgan oynadan “Space” o‘rniga 1 raqami yoziladi va Ok tugmasi bosiladi. Ikkinchi kalit uchun ham shu tarzda 2 tugmasi biriktiriladi.
5.Reostat tuzilishiga diqqat bilan qarang va surgichi vaziyatini boshqarishni o‘rganing. Buning uchun sichqoncha belgisi kerakli reostat ustiga olib boriladi va hosil bo‘lgan surgichni chap tugmani bosgan holda siljitiladi.
6. Kalitlarni uzilgan holatda qoldiring.
7.Simulyatsiya jarayonini ishga tushiring.
8.Kalit J1 ni (klaviaturadagi 1 tugmasi yordamida) ulab ampermetrning ko‘rsatishi yozib oling. (1-jadval)
9.Bir necha bor reostat surgichi siljitilib tok kuchi o‘zgartiriladi va har safar ampermetrning ko‘rsatishi yozib olinadi. (1-jadval)
Kalit J2 ni (klaviaturadagi 2 tugmasi yordamida) ulab voltmetrning ko‘rsatishi yozib olinadi. (2-jadval)
Bir necha bor potenseometr surgichi siljitilib kuchlanish o‘zgartiriladi va har safar voltmetrning ko‘rsatishi yozib olinadi. (2-jadval)
1-jadval
-
Reostat surgichining holatlari
|
|
|
|
|
Tok kuchi (A)
|
|
|
|
|
2-jadval
-
Potenseometr surgichining holatlari
|
|
|
|
|
Kuchlanish (V)
|
|
|
|
|
12.O‘tkazilgan tajriba natijalari asosida xulosa yozing. Nazorat uchun savollar:
1.Reostat nima? Undan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
2.Potenseometrning reostatdan farqi nimada? Reostatdan potenseometr sifatida foydalanish uchun u zanjirga qanday ulanadi?
3 Tok kuchi va kuchlanishni rostlash deganda nimani tushunasiz?
4.O‘tkazilgan tajribaning elektr zanjir sxemasini daftaringizga chizing.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Q. T. Xoliqov, K. A. Duvlayev fizika fanidan elektr qismiga oid laboratoriya ishlarini multisim dasturi yordamida o‘tkazish usullari
|