I.3. Ichki energiya va termodinamikaning birinchi qonuni




Download 131,05 Kb.
bet4/22
Sana12.12.2023
Hajmi131,05 Kb.
#117032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti berdimurodov e. T. Fizikaviy kimyo fa-hozir.org
техника хавфсизлиги хизмати, 1. Sohadagi yangiliklar mavzusida matn tuzish-fayllar.org
I.3. Ichki energiya va termodinamikaning birinchi qonuni
Ichki energiya, ish va issiqlik orasidagi o‘zaro bog‘lanish termodinamikaning birinchi qonuni asosida o‘rnatiladi. Termo-dinamikaning birinchi qonuni insoniyatning ko‘p asrlik tajribasidan kelib chiqqan postulatdir. Termodinamika birinchi qonunining bir nechta ta’rifi bo‘lib, ular o‘zaro ekvivalent va bir-biridan kelib chiqadi. Agar ulardan birini boshlang‘ich deb olsak, boshqalari uning xulosasi sifatida paydo bo‘ladi.
Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish qonuni bilan bevosita bog‘langan: har qanday izolyatsiyalangan sistemada energiya zaxirasi doimiydir. Ushbu ta’rifdan energiya-ning turli ko‘rinishlari bir-biriga qat’iy ekvivalent miqdorlarda o‘tishi kelib chiqadi. Termodinamikaning birinchi qonunini quyida-gicha ta’riflash ham mumkin: energiya sarf qilmasdan turib, ish bajara oladigan mashina yasab bo‘lmaydi. Texnika rivojlanishining boshlang‘ich davrida energiya sarflamasdan turib, foydali ish beradigan mashinani yaratish g‘oyasi paydo bo‘lgan edi. Hozir bunday mashina birinchi tur abadiy dvigatel, ya’ni “perpetuum mobile” deb ataladi. Termodinamikaning ikkinchi qonunini bayon etilayotganda boshqa bir fantastik mashina – ikkinchi tur abadiy dvigatelni ham yaratib bo‘lmasligi haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Kimyoviy termodinamika uchun juda ham muhim bo‘lgan ta’riflardan biri ichki energiya orqali ifodalanadi: ichki energiya holat funksiyasi bo‘lib, uning o‘zgarishi jarayonning yo‘liga bog‘liq bo‘lmasdan, sistemaning boshlang‘ich va oxirgi holatlarigagina bog‘liqdir. Sistema ichki energiyasining o‘zgarishi dU atrof muhit bilan issiqlik Q va ish W almashinish hisobiga sodir bo‘lishi mumkin. Agar sistema olgan issiqlikni va sistema bajargan ishni musbat desak, unda termodinamikaning birinchi qonunidan sistemaning tashqaridan olgan issiqligi ichki energiyaning o‘zgarishiga va sistema bajargan ishga sarflanadi. Termodinamika birinchi qonunini matematik nuqtai nazardan integral ko‘rinishda


Q=ΔU+W (I.7)
differensial ko‘rinishda


dQ=dU+dW (I.8)
va faqat tashqi bosimga qarshi kengayish ishi bajarilayotgan xususiy hol uchun


dQ=dU+pdV (I.9)
ko‘rinishlarda analitik ifodalash mumkin. (I.8) va (I.9) tenglama-larda dU sistema ichki energiyasining to‘liq differensialidir, to‘liq differensialning xossalari esa, holat funksiyasining xossalariga mos keladi, bunda funksiyaning o‘zgarishi faqat boshlang‘ich va oxirgi shartlarga bog‘liqligi hamda jarayonning yo‘liga bog‘liq emasligini ta’kidlab o‘tamiz. Ichki energiyadan farqli ravishda, issiqlik va ish holat funksiyalari emas, ular jarayonning yo‘liga bog‘liq, ammo ularning ayirmasi jarayonning yo‘liga bog‘liq emas ekanligi yuqoridagi tenglamalardan kelib chiqadi.


Download 131,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 131,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.3. Ichki energiya va termodinamikaning birinchi qonuni

Download 131,05 Kb.