MOBIL TA’LIM RESURSLARINI LOYIHALASHDA VIZUAL DASTURLASH




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/551
Sana15.05.2024
Hajmi15,84 Mb.
#234763
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   551
Bog'liq
Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

MOBIL TA’LIM RESURSLARINI LOYIHALASHDA VIZUAL DASTURLASH 
TEXNOLOGIYALARI 
Jo‘rayev Tuychi Norbo‘tayevich 
Qarshi DU, PhD 
Axborot kommunikatsion texnologiyalarning (AKT) rivojlanishi natijasida ta’limning 
yangicha shakllari(masofaviy, mobil) vujudga keldi va bu kabi ta’lim shakllari jamiyatda 
qisqa fursatda ommalashdi. Ta’lim tizimi rivojlangan davlatlarda masofaviy ta’lim shakli 
garchi yagona konseptsiyaga ega bo‘lmasada allaqachon amaliyotda qo‘llanilmoqda. 
Respublikamizning ta’lim to‘g‘risidagi qonunda ham o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini 
joriy etish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion 
shakllari va usullari, AKT qo‘llanilanilishi (35-modda), masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va 
o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va 
ko‘nikmalarni AKTdan hamda internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda 
masofadan turib ta’lim olishga (Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (16-modda)), pedagog 
xodimlarning majburiyatlariga esa AKTdan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda 
innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi (46-modda) belgilab o‘tilgan [1]. 
Masofaviy va mobil ta’lim resurslarini yaratish va qo‘llash usullari bo‘yicha amlakatimiz 
olimlari, A.Abduqodirov, F. Zakirova kabi olimlar, xorijiy davlatlarda esa O.Viberg, M.Taufiq, 
M.Lac, T.L.Irby, S. Iftahar kabi olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Mobil ta’lim haqidagi 
tadqiqotlar smarfon, planshet kabi qurilmalarning ommalashuvi bilan bevosita bog‘liq. 


255 
Mazkur tadqiqot ishida mobil qurilmalarni dastur yozishda vizual dasturlash 
texnologiyalaridan biri kodular virtual tizimida mobil ilovalarni yaratish amaliyotini tadqiq 
etamiz. Buning uchun virtual muhit veb-manzilida o‘z akkauntimizni yaratishimiz kerak va 
biz ro‘yxatdan o‘tish bosqichini ko‘rib chiqamiz. 
1. Internetga ulangan kompyuterdan Google Chrome brauzerini ishga tushiramiz va 
adres bandiga https://www.kodular.io/ manzilini kiritamiz. 
2. Hosil bo‘lgan sahifadan ro‘yxatdan o‘tish tugmachasini faollashtiramiz
1
(1-rasmga 
qarang). 
1-rasm. Kodular tizimida ro‘yxatdan o‘tish oynasi 
 
3. Ro‘yxatdan o‘tishda faqat elektron manzil va kalit so‘z kiritish etarli bo‘lib, bunda 
Google akkauntdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘z navbatida ilovani virtual 
dasturlar bozoriga yuklash va uning kamchiliklari haqidagi ma’lumot almashinuvi, 
dasturlashda kutubxonalarni tezda topish va yuklash asosan Google forumda mavjud 
ma’lumotlar asosida tahlil qilish va tekin yuklash imkoniyatlarini kengaytiradi. 
4. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni tugagandan so‘ng tizimga kirish va ishni boshlash mumkin 
bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlanganidek translyasiya xizmati jarayonni o‘zbek tilida tashkil 
etishda ko‘maklashadi va foydalanuvchi loyihalar bandidan o‘zining yangi mobil ilovasini 
yaratishni boshlashi mumkin bo‘ladi. SHu o‘rinda tarjima jarayonini tizimning barcha 
kutubxonalari uchun ham birdek ishlamasligini va O‘zbek tili uchun barcha jumlalar tizim 
tomonidan tarjimani amalga oshira olmaydi. Algoritmlash yordamida tuziladigan mobil 
ilovani yaratish jarayonini, foydalanuvchi loyiha yaratish tugmachasini faollashtirishdan 
boshlaydi. 
So‘ngra tizim menyular bandidan yangi loyiha (New Project) yaratish tugmasi bosiladi. 
Keyingi qadam mobil ilova oynalari sonini rejaga asosan ekran (Screen) tugmachasi 
yordamida qo‘shish yoki aksincha o‘chirish mumkin bo‘ladi. Oynalar nomini tizim 
avtomatik nomlab borishi yoki bu ishni amalga oshirishda foydalanuvchi tanlagan nom 
orqali amalga oshiriladi. 
Hosil bo‘lgan oynalarga buyruq beruvchi tugmachalarni yuklash uchun tugma(Button) 
ustiga sichqoncha chap tugmasi bosilgan holatda oyna ustiga siljitish harakatini amalga 
oshiriladi (2-rasm). 
1
Eslatma: brauzerning translyatsiya(tarjima) xizmatidan o‘zbek tilini tanlang va matnni avtomatik tarjima qilingan 
ko‘rinishda o‘qing.


256 

Download 15,84 Mb.
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   551




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MOBIL TA’LIM RESURSLARINI LOYIHALASHDA VIZUAL DASTURLASH

Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish