• 3-rasm. Dasturlashda algoritmlarning ko‘rinishi .
  • -rasm.  Tizimda tugmalar bilan ishlash oynasi




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet211/551
    Sana15.05.2024
    Hajmi15,84 Mb.
    #234763
    1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   551
    Bog'liq
    Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

    2-rasm. 
    Tizimda tugmalar bilan ishlash oynasi. 
     
    Tizim 
    mobil 
    ilovalarni 
    yaratishda 
    asosan 
    algoritmlardan 
    foydalanishga 
    ixtisoslashtirilgan bo‘lib, yaratiladigan mobil ilovaning g‘oyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dastur 
    ko‘rinishga keltiriladi. Fikrimiz isbotli bo‘lishi uchun mobil ilova tayyorlanishi lozim 
    bo‘lgan fanning fayllarini yuklash jarayonini algoritmlash misolida ko‘rib chiqamiz. 
    Bunda sariq rangli algoritm “Das5” nomli tugmachani faollashtirilishi natijasida 
    bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq vazifalarni belgilaydi (3-rasm). 
    Ko‘k rangli algoritm esa mobil ilovaga “Das5” nomli tugma faollashtirilgan vaqtda “PDF” 
    kengaytmali faylni ochish kutubxonasini chaqirish vazifasini yuklaydi. 
    3-rasm. 
    Dasturlashda algoritmlarning ko‘rinishi

    Qizil rangli algoritm “PDF” kengaytmali faylning nomini (“5-amaliy.pdf ”) e’lon qiladi va 
    bosh oynaga yuklaydi. Foydalanuvchiga motivatsion ruh berish uchun “O‘rganing kam 
    bo‘lmaysiz!!!”nomli matn ilovaning joriy oynasi yuqori qismida joylashtiriladi. 
    Yashil rangli algoritmlar mobil ilova joriy oynasining orqa fon rangi yoki sarlavhaning 
    rangini belgilashda foydalaniladi. Yuqorida keltirilgan algoritmlarning natijasi quyidagi 
    tasvirda o‘z aksini topgan(4-rasm). 
    Tayyor bo‘lgan mobil ta’lim ilovasi foydalanishga topshirilishidan oldin sinov 
    jarayonidan o‘tkaziladi va android, ios kabi OT uchun ishlatish ko‘rinishiga(formatiga) 
    keltiriladi. 
    4-rasm. Mobil ilovani ko‘rinishi. 


    257 
     
    Mobil ta’limni joriy etish mavzusida tadqiqot olib borayotgan Iordaniyalik tadqiqotchilar 
    fikriga ko‘ra mobil ta’lim (m-learning) elektron ta’limning kelajakdagi davri uchun kalit 
    sifatida xizmat qiladi, shu bilan birga, o‘rganish uchun mobil qurilmalardan foydalanish 
    butun dunyo bo‘ylab oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida ta’lim berishda katta hissa 
    qo‘shadi. Biroq, mobil ta’lim rivojlangan mamlakatlarda keng tatbiq etilayotgan bo‘lsada, 
    rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday yondashuvning qo‘llanilishi hali o‘ylab ham 
    ko‘rilmagan. Rivojlanayotgan mamlakatlar bir nechta muammolarga duch kelmoqdalar va 
    OTMlarda mobil ta’limni qabul qilish bo‘yicha orqada qolmoqdalar [4; 235 – b.]. 
    Iordaniyadagi oliy o‘quv yurtlarida talabalarning mobil ta’limni qabul qilishga 
    tayyorligiga ta’sir qiluvchi omillar ko‘rib chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 
    talabalarning mobil ta’limni qabul qilish niyatlariga bir nechta omillar ta’sir qiladi va bular 
    nisbiy ustunlik, murakkablik, ijtimoiy ta’sir hamda ta’lim jarayonida o‘z-o‘zini boshqarish 
    kabi sabablarni o‘z ichiga oladi. 
    M-learning amaliyot jamiyatining paydo bo‘lishi juda muhimdir, chunki ular m-learning 
    tashabbuslarini amalga oshirishda amaliyotchilar va manfaatdor tomonlar uchun 
    qiyinchiliklar tug‘diradigan kompaniyaning byurokratik kontekstiga javoban paydo bo‘ladi. 
    Binobarin, byurokratik sharoitda ishlash natijalari amaliyotchilar va manfaatdor 
    tomonlarning kontsepsiyalashuvi va amaliyotini shakllantirdi [10; 205 – b.]. 
    Dunyo ta’lim bozorini nufuzli muassasalari o‘zlarining elektron ta’lim tizimlari orqali 
    ham tayyorlanadigan kadrlari orqali to‘ldirib borishmoqda va yon qo‘shni davlatlarda 
    infratuzilma maksimal darajada mavjud bo‘lmasada masofaviy oliy ta’lim xizmatini 
    ko‘rsatish jarayonini allaqachon yo‘lga qo‘yib bo‘lishgan. O‘zbekiston misolida bu masalani 
    o‘rganadigan bo‘lsak elektron ta’lim xizmatlari 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab joriy 
    etilishni sinov tariqasida boshladi. Bu qaysidir ma’noda pandemiya sababli ixtiyoriy-
    majburiy ma’noli tushuncha asosida yo‘lga qo‘yildi va oldindan tayyorgarlik bois oliy 
    ta’limda unchalik qiyinchilik sezilmadi. 

    Download 15,84 Mb.
    1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   551




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm.  Tizimda tugmalar bilan ishlash oynasi

    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish