Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet429/551
Sana15.05.2024
Hajmi15,84 Mb.
#234763
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   551
Bog'liq
Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

Key words:
Pedagogical qualities, psychological competence,competence, future 
teacher, innovative professional activity, pedagogical practice, competence, creative 
approach, pedagogical situations, advanced experience. 
 
KIRISH: Mamlakatimizda bugungi kunda vujudga kelgan shart-sharoitlar bo‘lajak 
pedagoglarning malakasini oshirishning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish 
mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqishni va bu jarayonga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishni 
taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy 
ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsesiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-
sonli farmoni, 2019 yil 11 iyuldagi «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning 
yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4391-sonliqarori, ijrosini 
taminlash orqali oliy ta’lim muassasalari talabalarining hamda pedagoglarning malakasini 
oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy 
kompetentligini muntazam oshirib borishni nazarda tutadi. Sifat -bu yuqori bosqich va 
doimo yuksalib boruvchi tarbiya hamda o‘qitish san’atidan iborat mahoratdir. 
Buyuk rus pedagogi A.S.Makarenko aytganidek: «Pedagog tashkil etishni, yurishni, 
hazillashishni, quvnoq, yoki jahldor bo‘lishni bilishi lozim. 
Xalq ta’lim tizimi oldiga qо‘yilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning xilma-xil 
faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib 
о‘stirish pedagog-tarbiyachi zimmasiga yuklatiladi. Shu sababdan xalq ta’lim sohasidagi 
islohotlarning bevosita davomi sifatida О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi 
ko‘plab dasturlar tasdiqlangan. Bu о‘z navbatida Xalq ta’lim tizimida pedagogik 
jarayonlarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishi zarurligini talab 
etadi. Bо‘lajak pedagoglarni kasbiy-ma’naviy jihatdan tayyorlash uchun ta’lim jarayonida 
ma’ruzalar, amaliy hamda laboratoriya mashg‘ulotlari mazmunini yangi yondashuvlar 
asosida boyitish, shuningdek, pedagogik amaliyot, ma’naviyat kunlari va soatlarini 
takomillashgan dasturlar yordamida tashkil etishni taqozo qiladi. 
Xalq ta’lim samaradorligini ta’minlashda pedagogdan chuqur pedagogik psixologik 
tayyorgarlik, har bir o‘quvchining о‘ziga xos jihatlari haqida aniq ma’lumotga ega bо‘lishi 
hamda shaxsiy reja tuzishda quyidagi talablarga qat’iy rioya qilishi talab etiladi: 
-vujudga keladigan pedagogik muammolarni bashorat qila olishi; 
-buning uchun bо‘lajak pedagog pedagogik jarayonda vujudga keladigan muammolarni 
oldindan kо‘ra bilish va uni bartaraf etish layoqatiga ega bо‘lishi lozim. 
-vujudga keladigan muammolarni bartaraf etish metodlarini о‘zlashtirishi; 
-vujudga kelgan muammolarni bartaraf etishning eng qulay usullarini tanlay va qо‘llay 
olishi; 
-o‘quvchilarga pedagogik ta’sir kо‘rsatish, ularni qо‘llab quvvatlash mahoratiga ega 
bо‘lishi; 
-har bir o‘quvchiga individual yondasha olishi
-o‘quvchilar bilan ommaviy tadbirlarni tashkil eta olish kо‘nikmasini egallashi; 
Shu bilan bir qatorda bо‘lajak o‘qituvchilar innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda 
ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari davomida dialogga kirishish, fanga oid 
yangi ma’lumotlar ustida ishlash, mustaqil bilim olish, manbalar ustida ishlash hamda 


518 
о‘rgangan tajribalarini tahlil qilish muhim о‘rin egallaydi. Bо‘lajak pedagoglar kundalik 
ijtimoiy-siyosiy voqeliklarni tahlil qilish asosida ularni munosib baholash, shu asosda 
atrofdagilarning xatti harakatlariga tanqidiy munosabatda bо‘lishlari lozim. Bularning 
barchasi o‘quvchilarda ma’naviy xislatlarni tarkib toptirish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. 
Bolalar xarakteridagi salbiy jihatlarni bartaraf qilishga kо‘maklashish, ularni tо‘g‘rilik va 
haqgо‘ylikka о‘rgatish, irodasini mustahkamlash pedagoglarning muhim vazifalaridandir. 
Bunda pedagoglar jamoaviy ta’sir kо‘rsatish metodidan foydalanishlari kerak. Pedagoglar 
bolalarni tevarak-atrofdagi voqelik bilan tanishtirish, ularni shu jarayonda ishtirok 
etishlari uchun tayyorlashi kerak. Bolalar oldiga aniq, о‘rtacha murakkablikdagi vazifalar 
qо‘yilgandagina, ularda tashabbuskorlik, qiziquvchanlik, faollik kо‘rsatish istagi namoyon 
bо‘ladi. Bo‘lajak pedagoglarni kasbiy moslashtirishning texnologik sharoiti nazariy 
asoslanganlik; o‘quv-tarbiya jarayoni mazmuni va tashkiliy jihatlariga yaxlit yondashuv, 
tizimlilik, o‘qitishda tarbiya jarayonini loyihalashtirish, rejalashtirish va o‘qitishning shakl, 
metod va didaktik vositalarini to‘g‘ri tanlash, talabalarning bilish motivatsiyasini 
shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar; aniq ta’lim sharoitida pedagogik vazifalarni, 
tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’lim oluvchi shaxsi 
rivojlanishini oldindan loyihalashtira olish, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, 
mustaqil fikrli va ijodkor shaxsni tarbiyalashning ta’sir vositalarini oldindan bashoratlash 
bilan bog‘liq bilimlar; pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish, o‘qitish va 
tarbiyalashning yangicha shakl, metod va vositalarini yaratish bilan bog‘liq amaliy bilimlar. 
Yosh mutaxassislar faoliyatining birinchi besh yilligida ba’zi qiyinchiliklar, konfliktlar yoki 
kasbiy muvaffaqiyatsizlikning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi aniqlandi. 

Download 15,84 Mb.
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   551




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming

Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish