• 3.2. Avtomobillarning ekologik xavfsizligini oshiradigan tashkiliy va texnik tadbirlar ………………………….
  • Ilova………………………………………………… Kirish Mavzuning dolzarbligi
  • Bitiruv malakaviy ishining maqsadi
  • Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik
  • Bitiruv malakaviy ishining uslubiy yangiligi
  • Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahamiyati
  • -ilova Blits so‘rov o‘tkaziladi




    Download 2.52 Mb.
    bet3/31
    Sana24.03.2017
    Hajmi2.52 Mb.
    #1540
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Mehnat muhofazasi va ekologiya…………………………………





    3.1Avtomobil transportini ishlatishda atrof muhit muhofazasi…………………………………




    3.2. Avtomobillarning ekologik xavfsizligini oshiradigan tashkiliy va texnik tadbirlar ………………………….



    Xulosa ……………………………………………………..



    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………….



    Ilova…………………………………………………




    Kirish

    Mavzuning dolzarbligi: Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi va Ta’lim tо‘g‘risidagi qonunda ta’lim tizimini takomillashtirish orqali har tomonlama yetuk barkamol mustaqil fikrlashga qodir irodali fidoiy va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga katta etibor berilyapti. Bu borada ta’lim turlari tо‘g‘risidagi mutlaqo yangi qoidalar hayotga joriy etilmoqda. Kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning huquqiy, me’yoriy asosi yaratildi.

    Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining 2011 yil 21 yanvarda О‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2010 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yil iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida “Transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish” bо‘yicha loyihalarni amalga oshirishga yо‘naltirilgan mablag‘lar, investitsiyalar umumiy hajmida muhim о‘rin egalladi. Viloyatimizda avtotransport yо‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxasislar tayyorlanmoqda. Bu mutaxasislarni tayyorlash sifati kо‘p jihatdan kasb–hunar kollejlarining о‘quv moddiy texnika bazasini rivojlantirishga, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari joriy etilgan о‘quv ustaxonalari bilan ta’minlanganligiga ushbu sohani malakali injener pedagogik kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. Mazkur muammolarni hal etish uchun kasb – hunar ta’limi bо‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, zamon talabiga mos bо‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga imkon beradigan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

    Respublikamizda avtotransport sohasiga katta e’tibor berilayotganligi mazkur soha uchun kichik mutaxassislar tayyorlash zaruriyati hamda о‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi tizimida ushbu yо‘nalishi bо‘yicha Kadrlar tayyorlash muammolarining yetarlicha tadqiq etilmaganligi bizga bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini

    KHK larida "Avtomobil dvigatellarning ko’rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari" mavzusida «Aqliy hujum» ” metodi yordamida о‘qitish uslubiyotini ishlab chikish deb nomlashimizga asos bо‘ldi.

    Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Kasb-hunar kollejlarida avtomobil transporti sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda "Avtomobil dvigatellarning ko’rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari" mavzusida «Aqliy hujum» ” metodini qo‘llash bo‘yicha ilmiy uslubiy tavsiyalar ishlab chiqarish va uni tajribada sinab ko‘rishdan iborat.

    Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik:

    1. Avtomobil dvigatelining asosiy ko’rsatgichlari aniqlab olish.

    2 Dvigatelning ish unumini oshirish usullarini tahlil qilish.

    3.“Avtomobil dvigatellarning ko’rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari "” mavzusini о‘qitishda texnologyalarini tahlil qilish.

    4.Aqliy hujum metodi asosida ” Avtomobil dvigatellarning ko’rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari” mavzusini о‘qitish texnologiyasini ishlab chiqish.

    Bitiruv malakaviy ishining uslubiy yangiligi: Transport yunalishidagi KHK larida " Avtomobil dvigatellarning ko’rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari " mavzusida «Aqliy hujum» metodini qо‘llash buyicha metodik tavsiya ishlab chiqish va amaliyotda sinab kо‘rishdan iborat.

    Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar KHK larida maxsus fan о‘qituvchilariga, о‘quv ustalariga, о‘quv kurslari va haydovchilar tayyorlash kursi о‘qituvchilariga amaliy yordam berishi mumkin.



    Download 2.52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 2.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ilova Blits so‘rov o‘tkaziladi

    Download 2.52 Mb.