• VI. Sport faoliyatining goyaviyligi.
  • VII. Sport faoliyatining motivlari.
  • V. Sport jamoasidagi o'zaro ijtimoiy




    Download 338,67 Kb.
    bet4/63
    Sana15.12.2023
    Hajmi338,67 Kb.
    #119688
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
    Bog'liq
    Qarshi davlat-www.hozir.org
    1-sinf Ona tili va o\'qish savodxonligi taqvim mavzu reja 2022-2023, Matem ona tili o\'qish test 1 chor, Matematika masala etaplar, Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti raqamli t, 1-sinf-ingliz-tili-ish-reja, oraliq2, 5-sentabr (восстановлен), BOYCHECHAK CHIQIBDI, IMG 0002, KTE. 5-topshiriq, Bino, Gazlamashunoslik, avto shinalar, Kurs ishi, Faryod robototexnika 1-mustaqil ish
    V. Sport jamoasidagi o'zaro ijtimoiy-psixologik munosabatlar jarayonini, sport guruhlarini boshqarishni va guruh sportchilarining boshqaruvchilik qobiliyatlarini shakllantirish: a) sport jamoasi va guruhlardagi ichki mexanizmlarning qonuniyatlarini o'rganish, boshqarish uslublarini ishlab chiqish; b) sport jamoalaridagi liderlik masalalari va ularning o'zaro munosabatlarini o'rganish; d) sportchining xulq-atvorini, qiziqishlarini va ijtimoiy psixologik motivlarini o'rganish; e) sportchining musobaqalarda muvaffaqiyatii qatnashishini ta'minlash uchun murabbiy va boshqa shaxslarning unga ta'sirini o'rganish.
    VI. Sport faoliyatining g'oyaviyligi. Sportchi birorta jamoa yoki jamoaning a'zosi hisoblanib, jahon birinchiligi va olimpiada o'yinlarida o'z davlati fuqarosi sifatida qatnashadi. Shuning uchun sportchining quyidagi g'oyaviy, ma'naviy va axloqiy sifatlarini tarbiyalash jarayonini yanada takomillashtirish lozim: a) sportchini jismoniy va psixologik jihatdan tayyorlashda tarbiyaviy vazifalarni to'g'ri hal etish; b) sportchi xarakterining barqaror sifatlarini tarbiyalash; d) O'zbekiston sportchilarining jahon va olimpiada musobaqalarida faol ishtirok etishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratib berish.
    Sportchi sport faoliyatida obyekt va subyekt sifatida qatnashadi. Masalan, jamoa, murabbiy, rahbar, shifokor va boshqa tarbiya beradigan kishilar (subyektlar) ga nisbatan sportchi obyekt hisoblanadi. Ammo sportchining o'ziga-o'zi ongli munosabatda bo'lishi subyekt vazifasini bajaradi. Bularning barchasi uning sportdagi mahoratini takomillashtirish imkoniyatini beradi. Sport faoliyati ikki guruhdan tashkil topgan -bo'ladi: 1) sport mashqlari; 2) sport musobaqalari. Musobaqa sport faoliyatining asosiy tomonini tashkil qiladi.
    VII. Sport faoliyatining motivlari. Motiv psixologik tushuncha bo'lib, inson ichki sifatlarining aniq bir faoliyat turiga nisbatan uyg'onishidir. Motivlar har xil bo'ladi: 1) sport musobaqalarining faoliyat motivlari; 2) axloqiylik, intizomlilik (burch, vatanparvarlik) motivlari; 3) ishontirish motivlari; 4) sportchining raqibiga munosabat motivlari; 5) murabbiy va tomoshabinlarga bo'lgan motivlar; 6) musobaqalashish motivlari; 7) tozalik motivlari; 8) maqtash, rag'batlantirish motivlari kabilar. Masalan, inson nimalarni xohlaydi, nimalarga qodir, nimalarga intiladi, u qanday kishi, nima uchun bu ishni bajaradi, talaba nima uchun sport bilan shug'ullanadi. Motivlarning faolligi, yo'nalishi sportchining to'siqlarni yengib o'tishida namoyon bo'ladi. Bular faqat sportchining irodaviy faolligi yordamida bajariladi.
    Hozirgi davrda «Sport psixologiyasi» fani sportchilar va murabbiylarga sport faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun zarur bo'lgan fanlar qatoridan mustahkam o'rin oldi. XIX asrning oxirlarida Amerikada murabbiylar tayyorlash maktablari ochildi, jismoniy madaniyat darslari fakultativ tarzida tashkil etildi, "Biomexanika" va "Harakat fiziologiyasi" fanlari bo'yicha maxsus kurslar o'tildi. XX asr 50-yillarning oxirlariga kelib, sport psixologiyasi sport amaliyotida qo'llanila boshlandi, jismoniy madaniyat rejasi va dasturlariga kiritildi. 60-yillarning boshlariga kelib, «Sport psixologiyasi» faniga bo'lgan qiziqish o'sdi. Jahon miqyosida sport bo'yicha yangi axborotlarning paydo bo'lishi natijasida «Sport psixologiyasi» fani tez rivojlandi: dars-liklar, o'quv qo'llanmalari, ilmiy adabiyotlar ingliz va rus tillarida chop etila boshlanganligi bois, sport sohasida ilmiy tadqiqot ishlari yo'lga qo'yildi.
    AQSHda sport psixologiyasi mutaxassislaridan Frenklin Xenri va Artur Sleyter Xemmellar mazkur fan bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar, ilmiy tajribalar olib bordilar, maxsus dasturlar ishlab chiqdilar. Angliya, Italiya, Yaponiya mutaxassislari bilan yaqindan aloqa o'rnatildi. 60-yillarda Amerikada «Sport psixologiyasi» fani bo'yicha olimlar yetarli bo'lmaganligi sababli, nazariy bilimlar yetishmasdi. Shu tufayli ilmiy izlanishlarning ko'pchiligi sport harakati malakalarini takomillashtirishga qaratilgan edi. Asta-sekin mutaxassis olimlar sportchilarda musobaqadan oldin va musobaqa paytida paydo bo'ladigan emotsional holatlar bilan bog'liq vaziyat, harakat va holatlami ham ilmiy tatbiq etishga kirishdilar.
    So'nggi yillarda «Sport psixologiyasi» fani mutaxassislari sportning barcha turlari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bordilar. Sport mashg'uloti va musobaqadan tashqari, sport musobaqasi davrida tomoshabinlarning, sportchilar qarindosh-urug'lari va do'stlarining sportchi ruhiyatiga ta'siri o'rganila boshlandi.
    «Sport psixologiyasi» fanining muhim vazifalaridan yana biri murabbiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bilan birga, sportchilarni sport faoliyatiga psixologik jihatdan tayyorlashdan iboratdir. Ba'zan «Murabbiy psixolog bo'la oladimi?», «Murabbiy sportning ijtimoiyligini, sportchining jismoniy qobiliyati yoki jamoadagi o'zaro munosabatlarning psixologik xususiyatlarini biladimi?» kabi savollar tug'iladi. Bu savollarga aniq javob berish juda qiyin. Masalan, murabbiyning 7 va 8 yoshdagi bolalar bilan olib boradigan ishlari hamda yuqori malakali sportchilar bilan ishlashi o'rtasida farq katta. Sport faoliyatida murabbiyning asosiy maqsadi shogirdini g'alaba sari un-dashdir.
    Murabbiy o'zining pcdagogik faoliyatida ijtimoiy fanlami yaxshi bilsa, sportchilar bilan ishlashda ijobiy natijalarga erishadi. Agar murabbiy ijtimoiy fanlarni va «Sport psixologiyasi» fanini yaxshi o'zlashtirgan bo'lsa, sport jarayonida ilmiy tajribalar o'tkazish bilan shug'ullansa, test orqali malum bo'lmagan ma'lumotlarni topishga erishadi. Murabbiy sportchilarga klinik yordam berishni o'rgansa, sportchilarning o'y-xayollari, his-tuyg'ulari va kechinmalari bo'yicha suhbatlar o'tkazib borsa, sport jarayonini to'g'ri tahlil qila bilsa, sportchi­lar haqida ko'proq ma'lumot to'plashga, sport faoliyati jarayonida ulardan oqilona foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.
    Jamoada «Sport psixologiyasi» fanining asosiy vazifasi: a) sportchi­lar bilan ularda musobaqadan oldin va musobaqa jarayonida paydo bo'ladigan emotsional bezovtalanish, tashvishlanish to'g'risida suh­batlar olib borish hamda maslahatlar berish; b) sportchiga vahimaga berilmasdan musobaqada g'alaba qilish yo'1-yo'riqlarini ko'rsatish. Masalan, sportning quroldan va kamondan nishonga otish turlarida kuchli hayajonlanish kuzatiladi. Musobaqa qancha uzoq davom etsa, sportchidagi hayajonlanish ortib boraveradi. Sport turlarining xarakterli tomoni shundan iboratki, raqibning yuqori ko'rsatkichlari ham sportchidagi hayajonlanishni kuchaytiradi. Sportchining o'z natijalarini boshqa bir sportchi g'alabasiga taqqoslashi ham hissiyotni, hayajonlanishni oshirib yuboradi. Shuning uchun tez hayajonlanadigan, vahimaga beriladigan sportchilarning bu sport turlarida yuqori muvaffaqiyatlarga erishishi juda qiyin bo'ladi. Sportning figurali uchish va badiiy gimnastika turlarida har bir harakat jonli va artistik mahorat bilan bajarilishi talab etiladi. Bu sport turlarida sportchi musobaqaga yaxshi tayyorlangan bo'lsa, katta kuchlanish orqali bajariladigan har bir harakat aniq, ifodali bajariladi; sportchining ruhiy hayajonlanish darajasi harakat boshlanishidan tamom bo'lguniga qadar undagi emotsional to'lqinlanish bilan bir xil kechadi. Harakatni kuch bilan bajaradigan og'ir atletika, yadro va disk uloqtirishda sportchidan chidamlilik talab qilinadi. Sportning chopish, suzish, uzoq masofaga yugurish kabi turlarida musobaqaning oxirida hayajonlanishning pasayishi kuzatiladi.
    Sportchining qanday kuch bilan emotsional reaksiya qilishiga qarab, undagi ayni bir xil kuch bilan ta'sir qiluvchi taassurotlar va ichki taassurotlar haqida xulosa chiqaramiz. Bu xususiyatlarning yorqin namoyon bo'lishi emotsionallik va ta'sirlanuvchanlikdir. Biz sportchining sport faoliyati jarayonida qay darajadagi faollik bilan tashqi olamga, jumladan, tomoshabinlar, raqibi, aqliy faoliyat turlari kabilarga ta'siri, shuningdek, sport musobaqasi davrida maqsadni amalga oshirishda tashqi hamda ichki qarshiliklarni qanday faollik bilan yengishiga qarab xulosa chiqaramiz. Bu haqda xulosa chiqarishda sportchining faoliyati ko'p jihatdan nimaga bog'liqligi, ya'ni tasodifiy hodisalar, maqsadlar, niyatlar, intilishlar yoki uning kayfiyatiga qarab ish olib borishimiz taqozo etiladi.
    Sportchi xarakterining qat'iy izchilligi, silliqligi va unga qarama-qarshi sifat hisoblangan qotib qolganlik yoki xarakterining o'zgaruvchanligi, tashqi taassurotlarga qanchalik osonlik va tezkorlik bilan muvofiqlashishi kabi jihatlari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Xarakteri qat'iy, izchil, silliq yoki moslashuvchan, aksincha, xatti-harakatlari sust yoki o'ta og'ir, qoloq, yangi sharoitlarga turlicha moslashadigan kishilar bilan til topishishi turlicha bo'lgan; vazmin va yuvoshligi, affektga moyilligi yoki bosiqligi, diqqatining barqarorligi jihatdan keskin farq qiladigan sportchilarning har biri g'alabaga o'z yo'li bilan boradi. Jamoada hech qachon bir xil xarakterli sportchilar bo'lmaydi. Birgalikda o'tkaziladigan mashg'ulotlar jarayonida ularning xarakter sifatlari o'zaro ta'sir natijasida boyib borishi mumkin, biroq har qanday sharoitda ham hech kim birovning eng yaxshi sifatlarini to'la takrorlay olmaydi. Har xil fazilatlarni o'zida to'la ma'noda birlashtira oladigan sportchi haqida orzu qilish mumkin. Masalan, bir sportchi hal qiluvchi daqiqalarda barcha kuchlarini mahorat bilan safarbar qila biladi; ikkinchisi dadil, uchinchisi g'alabaga chanqoq, to'rtinchisi vazmin, beshinchisi qat'iyatli, oltinchisi yumshoq, biri jozibali, boshqasi ochiq va kuchli bo'ladi. Shunga qaramay, har bir faoliyat turi ruhiy jarayonlar dinamikasiga ma'lum talablarni qo'yadi. Sport jamoasidagi intizom sportchidan o'z hissiyotlarini va xohishlarini boshqara bilishni talab qiladi. Baydarka qayig'ini eshkak bilan haydash muvozanatning har qanday buzilishiga nisbatan sportchidan o'z vaqtida zudlik bilan chora topa bilishni talab etadi. Bu talablarni ixtiyoriy ravishda o'zgartirish mumkin emas, chunki ular obyektiv sabablarga, ya'ni faoliyat mazmuniga bog'liqdir.
    Barqaror va o'zgarmas xarakterga ega bo'lgan sportchi har qanday sharoitda ham o'z sport faoliyatining yo'nalishini ma'lum kasb talablariga, ma'lum sport turi va murabbiyning talablariga moslashtira oladi. Buning mumkin bo'lgan yo'llaridan yana biri shuki, sportchi o'zining xarakteriga mos keladigan sport turini tanlay bilishi kerak. Jismoniy madaniyal va sog'lomlashtirish tadbirlari yordamida sportchining ishchanligini oshirish mumkin. Biroq tashqi hayot sharoitlari va tarbiyaga bog'liq holda xarakterning hamma xususiyatlarini o'zgartirib bo'lmaydi.
    Qandaydir bir professional sport faoliyatidagi aynan bir vazifa va talablar har xil usullar va yo'llar bilan bir xil muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Biz sportchining individual uslubi deganda, mazkur sportchi uchun xarakterli, jozibali va muvaffaqiyatli natijaga erishishi-da maqsadga muvofiq bo'lgan harakatlar usuli va yo'lining o'ziga xos alohida xususiyatlarini tushunamiz.
    Individual uslubning tarkib topish shartlaridan biri sportchining xarakter-xususiyatlarini hisobga olishdir. Sportchi o'z xarakteriga ko'p jihatdan mos keladigan harakatni bajarish usullari va yo'llarini tanlaydi. Xarakterga eng mos keladigan harakatli usullar va yo'llar ko'pincha ixtiyorsiz va behuda javob berish formulalariga hamda harakat xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Masalan, muvozanatsiz xolerik taqiqlangan harakatni ushlab qolish uchun sangvinikka qaraganda ancha ko'p marta mutlaqo beixtiyor va behuda qarama-qarshi harakatlarni bajaradi. Bunday ixtiyorsiz va behuda ta'sir qilish shakllarining yig'indisidan individual uslubni xarakterlaydigan to'la ongli qo'llanadigan rejali va maqsadga muvofiq usullar va harakatlar tizimi tarkib topadi.
    Sportchi individual uslubining paydo bo'lishida eng muhim shartlardan biri uning bajarayotgan sport mashg'ulotiga, ishiga ongli, ijobiy munosabatda bo'lishidir. Agar sportchi eng yaxshi natijalarni qo'lga kiritishga yordam beruvchi eng qulay usullarni qidirsa va buning uchun uzluksiz ravishda tanlangan mashqlar ustida ishlasa, unda individual uslub yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun individual uslub mohir sportchilarda juda aniq namoyon bo'ladi. Demak, individual uslub sportchida o'z-o'zidan, stixiyali ravishda paydo bo'lmaydi, balki u ta'lim va tarbiya jarayonida tarkib topadi.



    Download 338,67 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




    Download 338,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V. Sport jamoasidagi o'zaro ijtimoiy

    Download 338,67 Kb.