• BAXSLAR
  • MUZYORAR.
  • LOYIHALASH ISHLARI
  • KITOB BILAN ISHLASH.
  • SUHBATLASHISHLAR
  • BOSHQALARNI О‘QITISH
  • Qarshi muhandislik iqtisodiyot inistituti




    Download 0.95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/22
    Sana21.09.2022
    Hajmi0.95 Mb.
    #26223
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
    Bog'liq
    ilashish muftasi va uning nosozliklarini aniqlash
    PQ-92 19.01.2022, Elektr jixozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
    О‘qitish piramidasi. 
     
    1 (5%) 
    2 (10%) 
    3 (20%) 
    4 (30%) 
    5 (40%) 
    6 (50%) 
    7 (75%) 
    8 (90%) 


    35 
    1. Ma’ruza, doklad Eshitganimizning 5 %. 
    2. О‘qish О‘qiganimizning 10 %. 
    3. Video, rasm, kо‘rgazmalarni 
    kо‘rish Kо‘rganimizning 20 %. 
    4. Tajribani namoyish qilish Kо‘rgan va eshitganimizning 30%. 
    5. Munozara Birga muhokama qilganimizning 40 %. 
    6. Mashq О‘qigan, yozgan, gapirganlarimizning 50%
    7. Ishbilarmon о‘yin, loyiha 
    usuli Mustaqil о‘qiganlarimizning, tahlil
    qilganlarimizning, muhokama, himoya va
    yozganlarimizning, namoyish qilganlarimizning 
    75% . 
    8.Boshqalarni о‘qitish Boshqalarni о‘qitgan narsalarimizning 90 % ni
    Psihologlar, verbal (og‘zaki) о‘quv usullaridan foydalanganimizda (ma’ruza, 
    hikoya, tushuntirish) о‘quvchilar ma’lumotning 5 % ni eslab qolishlarini 
    isbotlaganlar. 
    Kitob о‘qish ma’lumotning 10 % ni saqlab qolishga imkon beradi, videofilm, 
    rasm, kо‘rgazmali qо‘rollarni kо‘rish, kо‘rgan ma’lumotlarni 20%ni о‘zlashtirishni 
    ta’minlaydi. 
    Loyihalash usuli va ishbilarmonlik о‘yini eng samarali hisoblanadi, buning 
    natijasida о‘quvchilar ongida ma’lumotning 75% saqlanib qoladi. Lekin, о‘quv-
    amaliy mashg‘ulotlarning о‘quvchilar tomonidan olib borilishi undan ham samaraliq 
    hisoblanadi, bunda 90% ma’lumot о‘zlashtirilladi. 
    «Piramida»da pog‘ona kо‘rinishida, о‘quv natijalariga erishishda har bir 
    usulning hissasi kо‘rsatilgan. 
    «Piramida» asosida ta’lim usullarining eng unumlilari о‘rin olgan. 
    Hozirgi vaqtda kasb-hunar kollejlarida о‘qitishning zamonaviy shakllari va 
    metodlari keng qо‘llanilmoqda. О‘qitishning zamonaviy metodlarini qо‘llash о‘qitish 
    jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. An’anaviy о‘qitish 
    jarayonida asosan о‘qituvchi avtoritarlik bilan darsni olib borsa (subyekt-obyekt), 


    36 
    noan’anaviy о‘qitish jarayonida esa о‘quvchi shaxsiga erkinlik berish
    munosabatlarni demokratlashtirish (subyekt-subyekt) asosida dars jarayonlari tashkil 
    etiladi [11,12,13]. 
    Dars jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish uchun qо‘yidagi metod va 
    usullardan foydalanish mumkin . 
    1. BAXSLAR. О‘quv guruhini ikki komandaga bо‘lgan holda, biror mavzu 
    bо‘yicha о‘zaro baxs, fikr almashinuv tarzida о‘tkaziladi. 
    2. TADQIQOT. Ta’lim oluvchilarning ayrim tadqiqot ishlarni ya’ni diplom va 
    kurs loyihalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishlari, 
    ularni yozish va quyilgan maqsad va natijalarni tahlil qilishlari tadqiqot 
    usulidir. 
    3. MUZYORAR. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar о‘rtasidagi «tо‘siqni» 
    yо‘qotishga qaratilgan usul. 
    4. О‘YINLAR. Ishbilarmonlik yoki rolli (vaziyatli) о‘yinlar-muammoli 
    vazifaning bir turidir. Faqat bu о‘rinda, matnli material о‘rniga о‘quvchilar 
    tomonidan rollar о‘ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. 
    5. LOYIHALASH ISHLARI. Bu usul bilim va malakalarni, tahlil qilish va 
    baholashni nazarda tutuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. 
    Loyiha usulida о‘quvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda,tekshirishda, 
    tahlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarini baholashda kо‘proq ishtirok 
    etadilar. 
    6. KITOB BILAN ISHLASH. Ushbu usul ta’lim oluvchilarning о‘quv 
    materialini mustqil о‘zlashtirishini,о‘zqо‘zini tekshiruv malakalarini, berilgan 
    matnning mazmunini tо‘liq va ongli ravishda bayon eta bilishiga qaratilgan 
    usuldir. 
    7. INDIVIDUAL (AMALIY) USUL. Ta’lim oluvchilar faoliyatida olingan 
    bilimlarini amaliy vazifani yechishga qaratadilar. Nazariy olingan bilimlarni 
    amaliyotga tadbiq qilishdir. 
    8. SUHBATLASHISHLAR. Bu о‘qitish va о‘qishning dialogik, savol-javob 
    usulidir. Suhbat individual va guruh shaklida о‘tkazilishi mumkin. 


    37 
    9. MUAMMOLI TA’LIM. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda 
    munozara yoki о‘quv suhbati amaliy usul bilan bog‘lanib ketadi. Ta’lim 
    oluvchilar axborotlari, ma’lumotlari doskada tartib bilan joylashtiriladi. 
    10.  BOSHQALARNI О‘QITISH. Bu usulda ta’lim oluvchilar qо‘yilgan 
    muammo bо‘yicha bir – birlariga axborotlar va ma’lumotlarni о‘rgatadilar. 

    Download 0.95 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




    Download 0.95 Mb.
    Pdf ko'rish