|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 12/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1) Nazorat savollari:
Arpa - ahamiyati, kelib chiqi shi, tarqalishi, hosildorligi
Arpa biologiyasi va navlari
Arpa yetishtirish texnologiyasi
Kuzgi javdar O‘zbekistonda oraliq ekin sifatida va doni uchun ekiladi. U juda ko‘p mamlaktlarda bug‘doydan keyin, ikkinchi non ekini. Javdar noni yuqori kaloriyaga ega, to‘yimli, mazalik. Donida to‘la qimmatli, almashtirilmaydigan aminokislotalar, ayniqsa lizinga boy oqsil hamda A, C, E va B guruhidagi vitaminlar mavjud. Shuning uchun qoramollarga omixta yem tayyorlashda javdar donidan lizinga boy qo‘shimcha sifatida foydalaniladi.
Kuzgi javdar Rossiyada, Markaziy Osiyo va Kavkazortida doni uchun hamda dukkakli ekinlar, bahori arpa, bug‘doy va boshqa ekinlar bilan qo‘shib oziqa uchun ekiladi.
Javdar donida o‘rtacha 8,0-18,7 % oqsil, 51,8-69 % kraxmal, 1,6-2,6% yog‘ mavjud. Oqsil tarkibida lizin ko‘pligi tufayli kuzgi javdar donining biologik qimmati yuqori.
O‘zbekistonda kuzgi javdar oziqa ekini sifatida yashil massasi, pichan uni va ertagi silos tayyorlash uchun ko‘p ekiladi. Somoni dag‘al oziqasifatida ishlatiladi hamda undan qog‘oz, furfurol, uksus kislotasi,
lignin tayyorlashda foydalaniladi.
N. I. Vavilov tadqiqotlarida madaniy javdar yovvoyi turlardan kelib chiqqan va baland tog‘li hamda shimoliy mintaqalarda tarqala boshlaganligi aniqlangan. Bug‘doy va arpaga nisbatan yosh ekin.
Markaziy Osiyoda shu jumladan O‘zbekistonda javdar qadimdan «qorabug‘doy» nomi bilan tanilgan va keng ekilgan
(Kobilyanskiy,1982).V.N.Xvoyka (1907) ma’lumotlariga ko‘ra javdar eramizdan oldingi III-IIming yilliklarda Kiyev guberniyasi hududida ekilgan, Markaziy Osiyo, Kichik Osiyo, Kavkazorti javdar kelib chiqqan gen markazlar hisoblanadi.
Jahon dehqonchiligida kuzgi javdar 7,4 mln. gektar maydonga ekiladi va yalpi hosili 10,5 mln.t., hosildorlik 14,6 ts/ga ni tashkil qiladi.
Sug‘oriladigan yerlarda ilg‘or xo‘jaliklar javdarning gektaridan 60-70 ts. don hosili olishmoqda. Yangi yaratilgan kalta poyali, intensiv tipdagi javdar serhosil, sug‘orishga, azotli o‘g‘itlarga ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Yashil massa hosili erta bahorda (aprel) 250-300 ts/ga yetadi.
|
| |