O‘simlikshunoslik fanining maqsadi va vazifasi




Download 1,15 Mb.
bet2/93
Sana18.05.2024
Hajmi1,15 Mb.
#242107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

O‘simlikshunoslik fanining maqsadi va vazifasi.


O‘simlikshunoslik - xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilik uchun yem-xashak va yengil sanoat uchun ko‘pgina tarmoqlari uchun talab xom ashyo yetishtirish maqsadida ekib o‘stirish va tabiatda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi fandir
Bu tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Eng avvalo qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning mavsumiyligi, muayan agrotexnika tadbirlarini ma’lum muddatlarda o‘tkazish sharoitni xar doim o‘zgarib turishidir. Qishloq xo‘jaligida doimo yangi navlar, yangi texnologiyalarning kirib kelishi u saxodagi mutaxxasslardan chuqur va xar tamonlama puxta bilimga ega bo‘lishi talab qilinadi.
O‘simlikshunoslik chorvachilik bilan chambarchas bog‘liq charvoga talab qilinadigan ko‘kat, pichan, dag‘al va shirali ozuqalar o‘simliklardan tayyorlanadi. O‘simliklarga talab qilinadigan organik o‘g ‘itlar chorvachilikning chiqindilaridan olinadi.
O‘simlikshunoslik qadimdan madaniy o‘simliklar paydo bo‘lishi bilan kelib chiqqan va dehqonchilik bilan chambarchas bog‘likdir. Dastlab dehqonchilik Iroq, Hindistonda, Xitoy, Suriya, Misr, Meksika, Boliviya,Markaziy Osiyoda rivojlana boshlangan.
O‘simlikshunoslik fani hozirgi davrda, asosan dala ekinlarini tadqiq etadi. O‘simlikshunoslik agronomiyaning bir bo‘limidir Bu fan madaniy ekinlarni guruhlarga bo‘lib, ularnig biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganadi, ekinlar va navlardan mutasil mo‘l hosil olishni ta’minlaydigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqadi. O‘simlikshunoslik, agrokimyo, dexqonchilik, seleksiya va urug‘chilik, biokimyo, o‘simliklar fizologiyasi kabi qator fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Demak, o‘simlikshunoslik- bu qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib dala ekinlari va urug‘larning biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganish, ma’lum tuproq va iqlim sharoitga mos bo‘lgan ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish natijasida mo‘l va sifatli xosil olishni ilmiy va amaliy asoslab beradigan fandir.
Dala o‘simliklarini ekib mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda ilg‘or texnologiyalar ishlab chiqilmoqda va joriy etilmoqda. Ekiladigan o‘simliklarning tur va nav xili ko‘paytirilmoqda, har yili yangi-yangi navlar tumanlashtirilmoqda, urug‘shunoslik va urug‘chilik ishlari tashkil etilmoqda.
O‘simlikshunoslik fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi

Chorvachilik

Агрокимё
Dexqonchi lik


Seleksiya va urug'chilik

O'simliklar kimyosi

O‘simlikshunoslik ilmiy fan sifatida qishloq xo‘jaligidagi mavjud muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. O‘simlikshunoslikning rivojlanishi, umuman jamiyatning taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib, fanning rivojlanishiga ko‘p olimlar o‘z hissasini qo‘shishgan. Ularning orasida fotosintez jarayonini yoritib bergan K.A.Timiryazev (1843-!920),. o‘simlklarning kelib chiqish markazlarini aniqlagan N.I.Vavilov (1887-1943), dala ekinlarini yangi navlarini yaratgan. P.P.Lukyanenko, V.S.Pustovoyt, Ye.N.Remeslo, N.V.Sitsin, M.N.Xodjinov va boshqalarni sanab o‘tish mumkin.


O‘simlikshunoslik fanini rivojlantirishida o‘zbek olimlaridan akademik A.I.Imomaliyev, M.V.Muhammadjonov, seleksioner S.M.Mirahmedov, M.A Karimov, 3.3okirov, N.N.Nazirovlar ham o‘z hissalarini qo‘shishgan.O‘simlikshunoslikda ilmiy ish olib borish fizika, kimyo, botanika, tuproqshunoslik meteorologiya Fanlari bilan bog‘langan va bundan tashqari maxsus qishloq xo‘jalik fanlariga asoslanish lozimligini taqozo etadi.
O‘simlikshunoslik fan sifatida o‘z uslubiga ega. Ilmiy ishlar dala vegetatsion va laboratoriya usulida olib boriladi. Dala uslubida ilmiy ishlar ilmgohlarda, oliygohlarda, tajriba rasadxonalarida, maxsus ajratilgan paykallarda olib boriladi.
Bu usulda hamma agrotexnik tadbirlar va o‘simliklarning biologik xususiyatlari
tekshiriladi.
Vegetatsion usulda
o‘simliklar idishlarda (maxsus idishlar, chelaklar va boshka idishlarda)
o‘stiriladi. Bu tajribalarda o‘simlikning morfologik belgilari va biologik xususiyatlari
kuzatiladi va biometrik, fiziologik tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Laboratoriya usulida ilmiy ish maxsus laboratoriyada olib boriladi. O‘zbekistonda o‘simlikshunoslik bo‘yicha ilmiy ishlar barcha qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot institutlarida, viloyat tajriba rasadxonalarida va oliy o‘quv yurtlarida olib boriladi. O‘zbekiston dalalarida mahalliy olimlar yaratgan navlar ko‘plab ekilmokda. Bu - g‘o‘za, makkajo‘xori, sholi, beda, jo‘xori, bug‘doy, arpa, kartoshka va boshqa ekinlardir.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshida Qishloq xo‘jalik ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyat yuritadi.Ushbu markaz qoshida 21 ta ilmiy tekshirish institutlari faoliyat yuritmoqda Boshoqli va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot instituti va uning 13 ta hududda filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ishlab chiqarishda ekilayotgan o‘simliklarning turi har doim ortib boradi, yovvoyi turlari madaniylashtiriladi.
Jahon bo‘yicha ekiladigan ekinlarning asosoiy qismini (70%)-don ekinlari tashkil qiladi (bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, arpa, suli, javdar). Texnik ekinlaridan g‘o‘za, soya, kartoshka ko‘p ekiladi. Yer yuzida ekin maydonlar quyidagicha taqsimlangan: Osiyoda-37%, Yevropada-26%, Amerikada-26%.





Download 1,15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Download 1,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘simlikshunoslik fanining maqsadi va vazifasi

Download 1,15 Mb.