• Ekish usullari.
  • Urug‘ ekish me’yori
  • 4-5 mln dona
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet7/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Birinchi oziqlantirish o‘simliklarning tuplanish- davrida berilishi kerak.
    Ikkinchi oziqlantirish o‘simliklarning nay o‘rash davriga to‘g‘ri keladi. Oziqlantirishdan keyin maydonlarni sug‘orish zapyp. Kuzgi bug‘doyni sug‘oriladigan yerlarda lalmi yerlarga nisbatan ertagi muddatlarda ekish kerak.
    Chunki bunday yerlar suv bilan ta’minlangan bo‘lib; ypyg‘ ekilgandan so‘ng, sug‘orish natijasida maysalarni undirib olish mumkin.
    Lalmikor yerlarda kuzgi don ekinlar kuzgi yog‘ingarchiliklardan oldin, ya’ni aksariyat viloyatlarda oktyabr oyining ikkinchi yarimlarida ekilishi kerak. Kuzgi bug‘doyning zkish uchun qulay muddatlarishimoliy viloyatlar uchun sentyabr oyining birinchi va ikkinchi o‘n kunligi, markaziy viloyatlar uchun sentyabrning co‘ngi o‘n kuni oktyabr oyining boshlari janubiy viloyatlir uchun oktyabrning ikkinchi o‘n kunligi
    Ekish usullari. Kuzgi bug‘doy asosan tor qatorlab dalaning bir tomonga, ya’ni sug‘orish yo‘liga qarab ekilishi kerak. Shundagina o‘simlik yorug‘lik, suv va oziq moddalardan tengfoydalanadi. Bu usulda traktor g‘ildiraklari joylanish masofasida 1-2 ta seyalkaning soshniklari berkitib, shu soshniklardan urug‘ ekilmaydi.
    Keyinchalik shu qoldirilgan qatorlar orqali bug‘doy sug‘oriladi. O‘g‘it va gerbitsid solinganda traktorning shu qatorlardan yurishi ta’minlanadi. G‘o‘zapoya qator orasiga g‘alla ekiladigan maydonlarda paxta 1-2 marta terim mashinalari yordamida terib olingandan so‘ng g‘o‘za qator oralari kultivatsiyalar yordamida yumshatiladi.
    Urug‘ ekish me’yori urug‘likning sifatiga, tuproq unumdorligiga va suv bilan ta’minlanishiga qarab, har xil bo‘ladi. Lalmi yerlar unumsiz va suv bilan ta’minlanmaganligi sababli gektariga sarf qilinadigan urug‘ miqdori sug‘oriladigan yerlarga nisbatan kam bo‘ladi. Urug‘ni ekish me’yori lalmi yerlarning sharoitiga qarab har xil bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li zonalarda ko‘proq, tekislik va do‘ngli tekis zonalarda kamroq urug‘ sarflanadi. Shunga ko‘ra bunday yerlarda bir gektar yerga 2,0-2,5 mln. dona, ya’ni 60-70 kg dan 120-125 kg gacha urug‘ sarflanadi.
    Sug‘oriladigan yerlarda urug‘ ekish me’yori lalmi yerlarga nisbatan ikki barobar ko‘p, ya’ni gektariga 4-5 mln dona urug‘ ekilishi kerak. Demak, kuzgi bug‘doyni ekish me’yori urug‘likning sifat hamda ekish sharoitiga qarab 180-220 kg/ga bo‘lishi kerak. Kuzgi bug‘doyning urug‘i ekish chuqurligi 6-7 sm ga, lalmi yerlarda erta ekilganda esa 6-8 sm ga ko‘milishi kerak.
    Kuzgi bug‘doyni parvarish qilish - boronalash, oziqlantirish va sug‘orishdan iborat. Kuzgi bug‘doy tuplanish davrida boronalanadi. Kuzgi bug‘doy tuproq-iqlim
    sharoitiga qarab 2-3 martagacha sug‘oriladi.Yer osti suvlari yuza joylashgan yerlar o‘suv davrida 2 marta,er osti suvlari chuqur joylashgan yerlarda 3 martagacha sug‘oriladi.
    Kuzgi bug‘doy optimal muddatda sentyabr oyining oxiri oktyabr oyining boshlarida ekilganda, ekishdan so‘ng sug‘oriladi, bundan tash-qari, o‘sish davrida bug‘doyni uch martagacha
    sug‘orish mumkin. 1) tuplanish davrida.

    1. nay o‘pash davrida

    2. boshoqlanish davrida sug‘oriladi.

    Sug‘orish me’yori tuproq muhitiga qarab, gekariga 700-800 m3 dan 1000- 1200 m3/ga ni tashkil etishi mumkin
    Begona o‘tlarga qarshi kurash o‘tkazilmasligi 25-50% hosilni kamayishiga yoki kech o‘tkazilishi oqibatida hosildorlik 5-10 ts.ga va don sifatini keskin pasayishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
    Kuzgi bug‘doy hosili oldin o‘rilib, keyin yig‘ib olinishi asosiy usul hisoblanadi. Bu usulda ekinlar doni mum pishiqlik davrida maxsus o‘rish mashinalarida yerdan 15-20 sm balandlikda o‘rilib, quritish uchun ang‘izga yo‘lyo‘l qilib tashlab ketiladi. Bu vaqtda o‘rilgan bug‘doy yerga to‘kilmaydi. O‘rilgandan bir necha kun o‘tgandan so‘ng, donning qurishiga qarab, podborshchik o‘rnatilgan kombaynlarda yig‘iladi va yanchiladi.
    Hosil to‘la yetilganda, o‘rim - yig‘im kechikkanda, shuningdek o‘simliklar past bo‘yli, siyrak bo‘lgan maydonlarda hosilni bir yo‘la kombaynlarda yig‘ib olish mumkin.



    Download 1,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.