|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 10/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1) Biologik xususiyatlari.
Kuzgi arpa urug‘lari 1-2 0S haroratda una boshlaydi. Urug‘larning unib chiqishi
uchun optimal harorat 15-20 0S. Tuplanish fazasida 12-14 0S sovuqqa bardosh beradi. Qor qoplami bo‘lmaganda, o‘simliklar tuplana olishga ulgurmaganda -7-80S sovuq ham kuzgi arpa uchun xavfli. O‘zbekistonda biologik kuzgi, bahori hamda ikki faslli (duvarak) navlar kuzda ekiladi. Ammo eng qishga chidamlisi biologik kuzgi navlar, keyin duvarak navlar hisoblanadi. Bahori arpa navlarining qishga chidamliligi past. Sug‘oriladigan yerlarda qish tushguncha yaxshi tuplanib ildiz otgan o‘simliklar O‘zbekiston sharoitida yaxshi qishlab chiqadi.
Namlikka talabi. Kuzgi arpa kuzgi bug‘doyga nisbatan qurg‘oqchilikka, issiqlikka chidamli. Shuning uchun bahorikorlikda kuzgi arpa kuzgi bug‘doyga nisbatan ko‘pincha yuqori hosil beradi. Namga eng talabchan davri naychalashdan boshoqlashgacha. Sug‘orishga talabchan, o‘suv davrida tuproqda cheklangan dala nam sig‘imi (ChDNS) 70 % kam bo‘lmaganda yuqori hosil beradi.
Yorug‘likka talabi. Kuzgi arpa uzun kun o‘simligi. Qisqa yorug‘lik kunida uning boshoq tortishi kechikib, kech yetiladi. Yarovizatsiya davri 0- 2 0S, 40-45 kun. Tezpishar, kuzgi bug‘doyga nisbatan O‘zbekiston sharoitida 10-15 kun erta yetiladi. O‘zbekiston sharoitida kuzgi arpa may oyining birinchi yarmidan (Surxandaryoda) boshlab iyun oyining birinchi o‘n kunligiga qadar pishib yetiladi. Bu xususiyati sug‘oriladigan yerlarda ikki hosil yetishtirishga imkon beradi.
Tuproqqa talabi. Kuzgi arpa kuzgi bug‘doyga nisbatan sho‘rga, sho‘rxokka ancha chidamli. Uni sizot suvlar yaqin joylashgan tuproqlarda ham yetishtirish mumkin. Unumdor, g‘ovak, strukturali tuproqlarda yuqori hosil beradi. Mexanik tarkibi og‘ir, loy, botqoqlashgan, juda sho‘rlangan yerlar kuzgi arpa uchun yaroqsiz. Tuproq muhiti pH 6-7 bo‘lishi arpa uchun maqbul.
Oziqa moddalarga talabi. Sug‘oriladigan yerlarda yetishtirilganda kuzgi arpa oziqa moddalarga ayniqsa azotga talabchan.
Navlari. Afrosiyob. Marokand, Ayqor, Bolg‘ali, Karshinskiy, Qizilqo‘rg‘on, Mavlono, Lalmikor, Nutans 7999, Savrug‘, Xonaqox, navlari Davlat reyestriga kiritilgan.
|
| |