|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 18/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Yorug‘likka talabi, yorug‘likning makkajo‘xoriga o‘sish va rivojlanishda, fotosintez jarayonida, hosil a’zolarining shakllanishida va hosildorlikning oshishiga ta’siri katta. Yorug‘lik xlorofill yaratishda xizmat qiladi, chunki bargda xlorofill bo‘lmasa fotosintez jarayoni kechmaydi. Makkajo‘xori yorug‘lik energiyasining ko‘p miqdorini o‘zlashtiradi, natijada bargning rivojlanishiga yordam beradi.
Barg-o‘simlikning eng zarur qismi, barg yordamida kuyosh energiyasini tutadi, SO2 gazini yutadi, uglerod bilan oziqlanadi va transpiratsiya jarayoni kechadi. Ob-havo
sharoiti qo‘l kelganda, suv va oziq modda yetarli bo‘lganda barg maydoni 40-50 ming m2 \ga tashkil qiladi..(Nichiporovich,1970). Agar barg qalin bo‘lsa o‘simlik qalin ekilsa yorug‘lik tizimi yomonlashadi, asosan o‘rta va pastki barglarda. Pastki barglarga yorug‘lik tushmasligi natijasida ularda fotosintez jarayoni kechmaydi. O‘rtadagi barglarga ham kuyosh nuri kam tushadi, yukorgi yaruslardagi barglarga yaxshi kuyosh nuri tushganligi sababli fotosintez jarayoni tezlashadi.
Makkajo‘xori-yorugsevar qisqa kun o‘simligi bo‘lib tropik mamlakatdan keltirilganligini ta’siri namayon bo‘ladi..
Sho‘rga chidamliligi. Makkajo‘xori sho‘rga chidamsiz ekin. O‘zbekistonning 60% xaydaladigan yeri har hil darajada sho‘rlangan. Makkajo‘xori o‘simligi tuproq eritmasining muxitini neytralga yakin bo‘lishini xoxlaydi, lekin qoniqarli hosil beradi, kam sho‘rlangan tuproqlarda faqat sho‘r yuvilganda yoki urug‘ »Antisol» stimulyatori bilan dorilanganda. O‘zbekiston olimlarining izlanishlari natijasida yaratilgan, sho‘rlangan yerlarda qoniqarli ta’sir ko‘rsatadi.
Buning ta’siri natijasida urug‘ aylanasida tuproqda ekilgandan keyin tuzlardan himoyalangan joy hosil qilishdir (O‘siml fiziol.).
Issiqka talabi. Issiqlik makkajo‘xorining o‘sib rivojlanish davrida, unib chiqishdan tortib juda muhim ahamiyatga ega. Makkajo‘xori urug‘i unib chiqishi uchun, urug‘ kumilgan chuqurlikda tuproq harorati 10-12°S qulay hisoblanadi. Havo harorati maysalarni qiyg‘os unib chiqishida ham muhim ahamiyatga ega. Bir sutkada havo harorati 9° S bo‘lganda maysalar unib chiqishi uchun 27 kun talab qilingan.16°S-11 kun va 23°S-5 kun. +anchalik o‘rtacha sutkalik havo harorati yuqori bo‘lgan sari unib chiqishi, so‘talash va gullash davrlari ham qisqaradi. Tajribada belgilangan makkajo‘xorining o‘sish davrilarida zarur optimal havo harorati unib chiqishdan so‘talashgacha 18-20°S, so‘talashdan gullashgacha 2022°S,pishish davri -22-23°S. Unish uchun 8°S; maysani chiqishi uchun va vegetativ a’zolarining va gulining rivojlanishi uchun 12°S; pishib yetilish uchun- 10°S. zarur. Bu haroratdan past bo‘lganda o‘sish va rivojlanish davrlarida muhim jarayonlar kechmaydi. Sutkalik o‘rtacha harorat 15°S dan past va 25°S dan yuqori bo‘lganda o‘sish jarayoni qiyinlashadi, 36 S 0 dan oshganda fotosintez jarayoni to‘xtaydi.
Harorat yuqori bo‘lganda hosildorligi kamayadi. Ildizning o‘sishi uchun tuproqning harorati ham aniqlangan.
|
| |