|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 26/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Namga talabi. Sholi boshqa qishloq xo‘jalik ekinlaridan suvda o‘sish va rivojlanish qobiliyati bilan farq qiladi. Suv serob bo‘lmasa sholi yuqori hosil berolmaydi.
Sholi gigrofit ya’ni suv bostirilgan sharoitda o‘sadi, lekin suvga bo‘lgan talabi rivojlanish davrlariga qarab o‘zgaradi. Sholiga maysalanish davrida suv qatlami kerak bo‘lmaydi va mum pishish hamda to‘liq pishish davrida ham xuddi shunday. Urug‘ning unib chiqishi uchun suv kerak, lekin suv qatlami tuproqda faqat murtakning rivojlanishiga olib kelishi mumkin, lekin ildizchalar rivojlanmaydi shuning uchun urug‘ nishlagandan keyin to unib chiqqunga kadar (1-barggacha) daladan suv oqizib yuboriladi. Sholi unib chiqqandan keyin suv qatlami 15-20sm balandlikkacha ko‘tariladi. Ildiz tizimining va yon shoxlarining yanada yaxshiroq rivojlanishi uchun tuplanish davrida suv qatlami to singib ketgunga kadar kamaytiriladi, lekin qurib qolmasligi kerak. Shu davrda o‘g‘it berib oziqlantiriladi va shundan keyin yana suv qatlami mum pishish davrigacha 15-20 sm balandlikka ko‘tariladi.
Suv qatlami sholi dalasining issiqlik rejimiga qulay sharoitlar tug‘diradi, ya’ni havo haroratining sutkalik tebranishini yaxshilaydi, sho‘r tuproqlarda sho‘r yuvish ta’sirini o‘tkazadi, begona o‘tlarni yo‘q qiladi, tuproqni eroziyadan saqlaydi, hamda sholini bir dalada bir necha yil ekish uchun sharoit yaratiladi.
Issiqlikka bo‘lgan munosabati. Sholi issiqlikka juda talabchan. Sholining rivojlanishi uchun turli rivojlanish davrlarida suvning harorati katta ahamiyatga ega. Urug‘ning unib chiqishi uchun suvning eng past harorati 10-14°S, lekin bu haroratda urug‘ 12-15 kun davomida unib chiqadi. Harorat 20-25°S bo‘lganda urug‘ 5-7 kunda unib chiqadi.
O‘simlikning barcha davrlarida past harorat o‘simlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi, asosan gullash davrida. Sholi uchun suvning mu’tadil harorati 30-33°S bo‘lib hisoblanadi. Harorat 40°S va undan yuqori bo‘lganda gullash va urug‘lanish jarayonlari buziladi. Suvning cheklarda doimiy ravishda oqib turishi suvning haroratini kamaytirib sholining hosildorligini ko‘paytirish uchun xizmat qiladi. Aniqlanishicha ro‘vakning murtak xolidagi paytida suv haroratining bostirib sug‘orish yo‘li bilan yoki oqar suv bilan 20-22°S gacha pasaytirilishi ro‘vak shoxchalarining ko‘payishiga olib keladi.
|
| |