|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 29/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Sholini o‘g‘itlash. Sholi azotli o‘g‘itlarga, ayniqsa, ammoniyshaklidagi azotga, jumladan, ammoniy xlorid, shuningdek, mochevina, kalsiy tsianamid kabi
amid shaklidagi o‘g‘itlarga talabchan o‘simlik. Chunki bular tuproqda o‘zgarib, ammoniy azotga aylanadi.
Fosforli o‘g‘itlar solish miqdori ular tarkibidagi o‘simliklarga oson singadigan holatdagi fosfor miqdoriga qarab, gektariga 60-90 kg dan 120-150 kg gacha belgilanadi.
Azotli o‘g‘itlar fosforning oson o‘zlashadigan holatga o‘tishiga imkon beradi.
Shuning uchun ham fosforli o‘g‘itlar 1:1, 1:0,7 nisbatda solinadi.
Sholiga kaliyli o‘g‘itlardan, odatda kaliy xlorid (tarkibida 52-60% K2O bo‘lgan, kaliy sulfat 30-40% tuz bo‘lgan) silvini solinadi.
Eskidan haydalib kelinayotgan o‘tloq tuproqli yerlarning har gektariga 180 kg azot, 120 kg fosfor solinadi.O‘t poyalarning har gektariga 90-100 kg azot, 120-140 kg fosfor, ag‘darib haydalgan o‘t poyalarga 11120-150 kg azot va 110-130 kg fosfor solish tavsiyaqilinadi.Ikkinchi va uchinchi yili gektariga 90-120 kg dan kaliy ham solinadi.
Sug‘orish usullari.Tabiiy iqlim sharoiti va sholi yetishtirish texnologiyasiga ko‘ra , dunyo sholichiligida sug‘orishning to‘rt usuli: doimiy suv bostirish, qisqa muddat suv bostirib sug‘orish, dam oldirib sug‘orish va vaqt-vaqti bilan sug‘orish usullari ma’lum.
Doimiy suv bostirib sug‘orish. Bunda sholi ekishdan oldin yoki ekib bo‘linishi bilanoq, pollarga suv bostiriladi va don mum (dumbul) pishiqlik davrigacha shu holatda saqlanadi. Sug‘orishning bu usuli qisqa muddatda bo‘lsa ham suv qolishi urug‘ning unib chiqishiga halokatli ta’sir etadi. KUchli sho‘rlangan yerlarda suv bostirilgan pollarga yoppasiga ko‘lda, shuningdek yer betiga (ko‘mmasdan) mashinada sochma holda ekiladi. O‘zbekiston sholikor xo‘jaliklarida hozirgacha ana shu usul qo‘llanilib kelinadi.
Qisqa muddat suv bostirib sug‘orish..Bu usul urug‘ni mashinada ekib, tuproqqa ko‘mib ketishda qo‘llaniladi. Urug‘ ekilgandan keyin pollarga darhol suv bostiriladi va 3-5 kungacha suv hatlami 5-6 sm qalinlikda saqlab turiladi. Keyin suv qo‘yish to‘xtatiladi va pollarda qolgan suv asta-sekin yerga shimiladi. Agar 6-7 kundan keyin ham sholipoyada suv ko‘llab turgan bo‘lsa, suv chiqarish egatlari orqali tashlama-oqava ariqlarga chiqarib yuboriladi. Urug‘ unib chiqib, maysalar qatori ko‘zga tashlanguncha pollar suvsiz bo‘ladi, keyin yana suv bostiriladi va sholi don mum pishish davriga kirgunchashu xolatda saqlanadi. Lekin ekinlarga gerbitsidlar sepishsa, o‘tlar haddan tashqari ko‘payib ketganda, o‘simlikni oziqlantirish maqsadida yerga mineral o‘g‘itlar solishda pollardagi suv vaqtincha chiqarib yuboriladi.
Dam oldirib sug‘orish.Bunda o‘simlikning butun o‘suv davrida yoki rivojlanishning ayrim davrlarida polarga suv bostirish ma’lum vaqtgacha bo‘ladi. Maysalar chiqqandan keyin pollarga suv qatlami 10-12 sm ga yetkaziladi va 5-10 kungacha shu holatda saqlanadi. Tuproq-iqlim sharoitiga ko‘ra, suv qo‘yish to‘xtatilgandan keyin 5-10 kun o‘rtacha, pollarga yana suv bostiriladi. Shu tartibda tanaffus berib suv bostirish takrorlanaveradi. Lekin sholi gullab, don olish davrida pollarga, albatta, suv bostirilgan bo‘lishi juda muhimdir.
Vaqti-vaqti bilan sug‘orish. Bunda sholiquruqlikda ekiladigan ekinlar singari sug‘oriladi va butun o‘suv davrida pollarga suv bostirib qo‘yilmaydi. Sholi navlarining o‘suv davri uzun-qiqaligiga qarab mavsumda 10-14 marta sug‘oriladi. Shu usulda sug‘orilganda sug‘orish me’yori ikki barobar va undan ham ko‘proq qisqaradi, qimmatga tushadigan indjenerlik tipidagi sug‘orish tizimini qurishga ehtiyoj qolmaydi, lekin sholini qosildorligi keskin pasayib ketadi.
Yuqorida aytilgan barcha sug‘orish usullari orasida O‘zbekiston sholikorligida dastlabki ikki usul eng keng tarqalgan, mana shu ikki usulda sug‘orish suvga ekilgan sholining fiziologik talablariga to‘liq javob beradi.O‘zbekistonning turli sholichilik tumanlarida sug‘orish davri qariyb 100 kun davom etadigan o‘rtapishar nav sholini sug‘orish uchun 1 ga yerga 20-30 ming.m3 gacha suv talab qilinadi.
Sholipoyada o‘sadigan asosiy begona o‘tlar va ularga qarshi kurash choralari. Begona o‘tlar sholi hosildorligiga katta zarar yetqazadi, ya’ni 20-30% gacha kamaytiradi. O‘zbekistondagi sholipoyalarda begona o‘tlarning 50 ga yaqin turi aniqlangan, shulardan sholiga eng katta zarar yetqazaligan 22 turi muttasil sholi ekiladigan maydonlarda 7-12 turi, sholi almashlab ekish dalalarida yanada ko‘prog‘i tarqalgan.
|
| |