• No‘xat - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
  • jadval Almashtirilmaydigan aminokislotalarning miqdori (g/kg) (Pasipanov




    Download 1,15 Mb.
    bet32/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    jadval Almashtirilmaydigan aminokislotalarning miqdori (g/kg) (Pasipanov


    ma’lumotlari)

    Aminokislot alar

    Soya

    Loviya

    Yasmiq

    Ekma ko‘k no‘xat

    Ekma burchoq

    No‘xat

    Lizin

    24,0

    23,3

    22,3

    22,7

    18,4

    20,7

    Metionin

    5,0

    1,5

    4,0

    1,0

    4,1

    5,2

    Sistin

    4,6

    6,2

    6,3

    2,8

    3,0

    4,8

    Arginin













    23,1




    Leysin













    33,5




    Fenilalanin

    16,0

    14,6

    13,0

    11,6

    15,5

    11,3

    Treonin

    13,0

    11,0

    10,9




    12,0

    10,5

    Valin




    16,0

    15,8

    11,0

    12,5




    Triptofan










    1,8

    2,9




    Gistidin

    8,0

    6,5




    4,9







    Jami

    70,6










    126



      1. jadval


    Dukkakli-don ekinlarni doni tarkibida oqsil, yog‘ miqdori, qimmati va quvvati

    Ekinlar


    Oqsil miqdori,%



    Oqsilnig oziqlik qimmati,%

    Moy miqdori,%



    1 kg donning quvvati

    Energiya, MJ 1kg ko‘kati

    Soya

    40

    88

    18

    23,0

    18,11

    No‘xat

    23

    76

    5

    19,2

    17,80

    Loviya

    30

    85

    3

    19,2

    -

    Yasmiq

    30

    85

    5

    19,8

    -

    Burchoq

    28

    77

    2

    18,9

    18,21

    Ekma ko‘k no‘xat

    24


    78


    2


    18,7


    17,91


    Dala ko‘k no‘xati

    21


    76


    2


    18,5


    17,80


    Dukkakli-don ekinlarda maysalanish, shoxlanish, shonalash, gullash, dukkak shakllanishi, pishish davri kuzatiladi.


    Yer yuzida dukkakli-don ekinlar 135mln.ga maydonga ekiladi. Yer yuzida soya, loviya, ko‘k no‘xat ko‘p ekiladi.
    O‘zbekistonning suvli yerlarida loviya turlari, shu jumladan, mosh, lalmi yerlarda no‘xat qadimdan ekilib kelinmoqda.
    Asosiy maydonga 2011 yilda 7387,0 gektarga, hosildorligi 21,8 ts/ga va takroriy maydonga 8692,5 ga maydonga, hosildorligi 12,5 ts/ga bo‘lgan.


      1. jadval




    Dukkakli -don ekinlarining issiqlikka bo‘lgan talabi (0°)

    Ekinlar


    Maysalanish



    Vegetativ organlarining shakllanishi

    Gullash


    Meva hosil qilish



    Ko‘k no‘xat, burchoq, yasmiq

    4-5/
    6-12



    4-5/ 12-16



    10-15/ 16-


    21

    12-10/ 23-


    16

    Xashaki no‘xat

    5-6/
    9-12

    5-6/ 12-18

    8-12/
    16-21

    15-10/ 24-
    16

    Soya, loviya



    10-13/ 15-
    18

    10-13/ 15-26

    15-18/ 18-
    25

    15-10/ 23-
    18

    No‘xat - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi


    No‘xat – O‘zbekistonda eng keng tarqalgan dukkakli don ekinlaridan biri.
    Donidan turli taomlar tayyorlanadi, ayniqsa, sho‘rva, palovga ko‘p solinadi. Donlari go‘sht bilan alohida dimlanib ham pishiriladi, qovurilib don holatida ham iste’mol qilinadi. Oq donli navlari oziq- ovqat, qora donli navlari yem-xashak uchun o‘stiriladi. Doni tarkibida 25-30 % oqsil, 4-7 % yog‘, 47-60 % azotsiz ekstraktlanadigan moddalar, 2,4-12,8 % sellyuloza, 4,0 % kul, vitamin V1 hamda ma’danli tuzlar bo‘ladi. Uning doni omixta yemga qo‘shilsa ularning hazmlanishi osonlashadi. Poya va barglarida otquloq va olma kislotalari ko‘p. Somonini qoramollarga berib bo‘lmaydi, qo‘ylar uchun yaxshi oziqa. No‘xatdan Hindistonda olma va otquloq kislotalari olinadi. No‘xat uni 10-12 % bug‘doy uniga qo‘shilsa, noni to‘yimli va mazali bo‘lad
    No‘xat o‘rta va kichik Osiyoning qurg‘oqchil mintaqalarida eramizdan oldin ekilib boshlangan. No‘xat vatani Tojikiston va O‘zbekistonning tog‘li tumanlari deb taxmin qilinadi.
    Arxeologlarning fikricha, Yaqin Sharqda no‘xat yetishtirish bundan 7500 yil avval urf bo‘lgan. Xattoki fir’avn maqbarasidan ham no‘xat urug‘lari topilgan.
    Gretsiyada arxeologik qazilmalarda eramizdan oldingi 5450 yillarga mansub, Iroqda esa bronza davriga ta’luqli (3300 yil) no‘xat urug‘i topilgan
    No‘xat to‘g‘risidagi birinchi qo‘lyozma Gomerening “Iliade» sida uchraydi. Yangi lingvistik izlanishlarda no‘xat eramizdan oldingi 1580-1100 yillarda Nil daryosi vodiylarida ekilgani yozilgan.
    Rimga bronza davrida keltirilgan. Qadimda Rimda don-dukkakli ekinlardan tayyorlangan ovqatlar kambag‘allarning: qullar, gladiatorlar va oqsuyak bo‘lmaganlarniki hisoblangan. Imperiyaning janubida ijaradagi legionerlarning (yirik askariy otryad) payogi bo‘lgan. Eramizdan oldingi IX asrda imperator Buyuk Karl no‘xatni hamma yerda ekiladigan ekin deb atagan
    Exnaton va Nefertitining qo‘llarida no‘xat shoxlarini ushlab turgan tasviri tushirilgan qadimgi rasmlari bo‘lib, Yegipet podshohining kuchi ma’nosini bildirgan.
    Rossiyaga Ukraina, Kavkazortidan va Janubiy-g‘arbiy Osiyodan 18 asrning 70 yillarida keltirilgan. No‘xat qadimdan Hindiston, Pokiston, Efiopiya va boshqa davlatlarda ekilgan. Hozirda Turkiya, Shimoliy Afrika, Meksika, Hindiston, Pokistonda yetishtiriladi. Yaqinda Yaponiyada Tutanxamon maqbalaridan arxeologlar tomonidan topilgan no‘xat urug‘ini o‘stirishdi.

    No‘xat dunyoning 30 mamlakatlarida ekiladi. Ekin maydoni bo‘yicha dukkakli ekinlar orasida uchinchi o‘rinni egallaydi. Hindiston, Pokiston, Ispaniya, AQSh, Braziliya, Turkiya, Eron, Tojikistan, Tatarstan, Turkmanistan, Shimoliy Afriki mamlakatlarida ekiladi.


    Ekin maydoni 12 mln/ga bo‘lib, 8,9 mln/ga. maydon Hindiston va Pokistonga to‘g‘ri keladi. Ekilish maydoni bo‘yicha dukkakli don ekinlari orasida uchinchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek Eron va Turkiyada 1,4 mln/ga. yerga ekiladi. Keyingi yillarda Avstraliya va Kanada bu ekinga e’tibor qaratgan. Hosildorligi 0,6—0,8 t/ga. No‘xat qadimdan O‘rta va Kichik Osiyoning qurg‘oqchil mintaqalarida ekib kelingan. Yovvoyi turlari topilmagan.
    O‘zbekistonda no‘xat lalmikor va suvli yerlarda 4-5 ming ga maydonga ekiladi. Sug‘oriladigan yerlarda gektaridan 20-25 ts, lalmikorlikda 8-10 ts don hosili yetishtiriladi.
    No‘xatning poya va barglarida limon va boshqa organik kislotalar bo‘lganligi tufayli mollar yaxshi yemaydi, faqat qo‘ylar yeydi. Ko‘katini boshqa oziqalarga qo‘shib mollarga berish mumkin.
    Tabiiy omillar fiziologik ta’siriga ko‘ra o‘simliklar hayoti uchun bir xil qimmatga ega. Hayotiy omillar faqatgina turli o‘simliklar uchun emas balki ularning hayotiy jarayonlari, davrlari uchun ham har xil ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklar hayotida ularning fosforga bo‘lgan eng talabchan davri, oziqa moddalarning qaytishi, almashlab ekish, hayotiy omillarning minimum, optimum, maksimum ta’siri, hayotiy omillarning birgalikdagi ta’siri qonunlari amal qiladi. Ayrim hollarda omillar mavjud bo‘lsada ularning ko‘pligi yoki kamligi cheklovchi omil sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Bunda yetishmayotgan omil hosil miqdorini belgilaydi. Masalan, yorug‘lik, harorat, havo, oziqa moddalar yetarli bo‘lgani bilan, namlikni yetishmasligi hosilning ortishini cheklashi mumkin. Bunda namlik cheklovchi omil sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Hamma omillar muqobil miqdorda va nisbatlarda bo‘lgandagina eng yuqori hosil shakllanadi.
    Qishloq xo‘jaligida agroiqlim resurslari ham katta ahamiyatga ega. O‘zbekistonda agroiqlim resurslaridan faol harorat yig‘indisi, sovuq bo‘lmaydigan kunlar davomiyligi qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun yetarli, ammo yog‘ingarchiliklar miqdori yetarli emas. O‘simlik mahsulotlarini yetishtirishda yer yuzasida yorug‘lik (quyosh radiatsiyasi), yog‘ingarchilikning yillik miqdori, foydali harorat yig‘indisi muhim rol o‘ynaydi. Shu ko‘rsatkichlarga asoslanib dehqonchilik uchun juda qulay, qulay va noqulay mintaqalar farq qilinadi. Misol uchun, Yevropa va AQShda dehqonchilik uchun juda qulay sharoit mavjud, Markaziy Osiyoda yog‘ingarchilik kam, shimolda harorat yetishmaydi.



    Download 1,15 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    jadval Almashtirilmaydigan aminokislotalarning miqdori (g/kg) (Pasipanov

    Download 1,15 Mb.