|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 35/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)O‘g‘itlash. O‘zbekiston «G‘alla» IIChBda o‘tkazilgan tajribalarga ko‘ra no‘xat ekilgan maydonga 45 kg/ga azot solinganda hosildorlik 17 %, boshqa tajribalarda azot 30 va 45 kg/ga solinganda urug‘ hosili 3,1 va 3,2 ts/ga oshgan holda nazorat paykalchalarida hosildorlik 2,5 ts/ga ni tash- kil qilgan. Lalmikorlikda fosforli, kaliyli va azotli o‘g‘itlar solinganda o‘simlik baland bo‘yli bo‘ladi, dukkaklar soni ko‘payadi, pastki dukkaklar baland bo‘lib joylashadi. Tuproqni ishlash oldidan 5-6 t chirigan go‘ng, 30-45 kg fosfor yoki 50-60 kg/ga fosfor va bahorda qator ora- sini ishlash, yoki boronalash oldidan 30-45 kg/ga azot (ammiakli selitra) beriladi.
Ekish muddati. No‘xat lalmikorlikda tekis-tepalik mintaqada fevral oyi va martning birinchi o‘n kunligida, tog‘li va tog‘-oldi mintaqasida fevralning oxirgi o‘n kunligi va mart no‘xat ekish uchun eng maqbul muddat. Lalmikorlikda erta, eng optimal muddatlarda ekilgan no‘xat
mo‘l, sifatli urug‘ hosili beradi. Ekishni kechiktirish hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Bahor sovuq va sernam kelganda no‘xat askoxitoz bilan kasallanishi mumkin. Shuning uchun bunday no‘xat tekis- tepaliklarda martning ikkinchi yarimi va aprelning birinchi o‘n kunligida, tog‘li mintaqada aprelning birinchi yarimida ekiladi. No‘xat SUK-24, SZ-3,6, SU-24, SPCh-6 M seyalkalarida qator oralari 45 yoki 60 sm qilib ekiladi.
Ekish me’yori bir gektarga 200 -300 mingtagacha unuvchan urug‘ni tashkil etadi. Navlar, ekilish mintaqasiga bog‘liq holda ekish me’yori o‘zgaradi. Tekistepalik mintaqada Milyutinskiy–4 navi 50 kg/ga, Milyutinskiy–6 navi 50-65 kg/ga, me’yorida ekilishi tavsiya etiladi. Tog‘li mintaqada ekish me’yori gektariga 10-15 kg oshirilishi maqsadga muvofiq. Yog‘ingarchilik ko‘p yog‘adigan yillar ham ekish me’yori oshiriladi. Ekish chuqurligi – 5-6 sm, yirik urug‘li navlar urug‘lari 7-8 sm chuqurlikka ekiladi.
Ekinzor parvarishi. Lalmikorlikda no‘xat unib chiqishdan oldin va maysalashdan keyin boronalanadi hamda qator oralari ikki marta kultivatsiya qilinadi. Boronalash ko‘ndalangiga va dioganaliga o‘tkaziladi. Qator oralarini ikki marta kultivatsiya qilishda, birin- chisi shonalashda, ikkinchisi gullaganda o‘tkaziladi. Qator oralarini ikki marta kultivatsiya qilish urug‘ hosilini 2,5 baravariga oshiradi. No‘xat o‘suv davrida askoxitoz, fuzarioz kasalliklari va ko‘sak qurti, no‘xat pashshasi hamda kemiruvchilardan zararlanishi mumkin. Ularga qarshi agrotexnik, biologik, kimyoviy usullarda qarshi kurashiladi.
|
| |