|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 43/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Ekish muddati. O‘zbekistonda o‘tkazilgan ko‘plab tajribalarning ko‘rsatishicha tuproq harorati 16-180S qiziganda ekilganda urug‘lar bir tekis, qiyg‘os, qisqa davrda unib chiqadi. Surxandaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida soya aprelning bi- rinchi yarmida Samarqand, Toshkent, Jizzax,
Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda aprelning ikkinchi yarmida ekiladi. Ang‘izga yoki ertagi sabzavotlardan bo‘shagan maydonlarga iyunda ekiladi. Qashqadaryoda o‘tkazilgan tajribalarda soya 20-30 iyunda ekilganda iyulning 10-15 ida ekilganga nisbatan 3-4 ts/ga ko‘p hosil olingan. Ang‘izda soyaning Valyuta, Orzu, Izumrudnaya, Volna, Bistritsa navlari ekiladi. Soya
hosildorligi juda erta, o‘ta kech va takroriy ekilganda bahorda eng maqbul muddatda ekilgandagiga nisbatan kamayadi.
Urug‘ning ekish usullari va me’yorlari. Soya keng qatorlab ekiladigan ekin. Yoppasiga ekilganda hosildorlik pasayadi. Qator oralari 50 - 102 sm o‘zgarishi mumkin. O‘simliklarning tup qalinligi gektariga 300- 400 ming bo‘lishi yuqori hosil olishni ta’minlaydi. O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarda soya asosan qator oralari 60 sm qilib punktirlab ekiladi. Soya qator oralari 45, 70, 90 sm qilib ham ekiladi. SamQXI da o‘tkazilgan tajribalarda soya 60 x 15 sxemada ekilganda qator orasi
45x15x6 sxemada ekilgandagiga nisbatan don hosildorligi 4,3 ts/ga ko‘p bo‘lgan. Ko‘plab o‘tkazilgan tajribalar soya O‘zbekiston sharoitida qator oralari 60 sm ekish me’yori 80 kg/ga bo‘lganda hosildorlik eng yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Ekish me’yorini gektariga 60 kg kamaytirish yoki 120 kg oshirish don hosilining kamayishiga olib kelgan. Qator oralari 60 sm qilib ekishning qulayligi yana shundaki Respublikadagi asosiy ekin g‘o‘za ham qator oralari ko‘pchilik hollarda 60 sm qilib ekiladi. Shuning uchun g‘o‘za o‘stirishda qo‘llaniladigan texnikani soya o‘stirishda bemalol qo‘llash mumkin. Tezpishar navlar ekilganda ekish me’yori 90100 kg/ga, kechpishar navlar 60-70 kg/ga. Soya urug‘lari 4-5 sm chuqurlikka ekiladi. Tuproq me- xanik tarkibi qumoq bo‘lsa ekish chuqurligi 6-8 sm oshiriladi. Urug‘larni juda chuqurga tashlash dala unuvchanligining pasayishiga, ko‘p urug‘larning chirib ketishiga sabab bo‘ladi. Ekish SPCh-6, SPCh-8A, SST- 12A seyalkalarida o‘tkaziladi. lavlagi urug‘larini ekadigan SST-12A se- yalkasidan foydalanilganda STYa-31000 qo‘shimcha seksiyasi o‘rnatiladi. Urug‘larni ekishda chigit ekadigan STVX-4 yoki SON-2,8 sabzavot seyalka- laridan ham foydalanish mumkin.
|
| |