• Dukkakli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati
  • Mavzu: Dukkakli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati. Bedaning - biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi




    Download 1,15 Mb.
    bet45/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Mavzu: Dukkakli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati. Bedaning - biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi


    Reja: 1.Dukkakli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati

    1. Bedaning- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi

    2. Bedaning biologiyasi va navlari

    3. Bedani yetishtirish texnologiyasi

    Dukkakli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati


    Chorva mollarining to‘yimli ozuqaga bo‘lgan talabi tabiiy yaylovlardan, pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak ekinlardan tayyorlangan ozuqalar bilan qondiriladi. Yem-xashak ekinlarining orasida yem-xashak o‘tlardan to‘yimli ozuqalar tayyorlanadi: ko‘kat, pichan, silos, vitaminli un, senaj. Bu ozuqalarning tarkibida hayvonlar hayoti uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, oqsil moddalar, moy, mineral tuzlar mavjud. O‘tlardan tayyorlangan ozuqalar xushbo‘y, oson hazm bo‘ladi.
    Yem-xashak o‘tlar guruhiga ko‘p yillik dukkakli, qo‘ng‘irbosh va bir yillik dukkakli, qo‘ng‘irbosh o‘tlar xamda boshqa oilaga mansub ekinlar kiradi.
    Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarning ahamiyati:

    1. Bir gektardan boshqa o‘tlarga nisbatan 2-3 marta ko‘p, o‘rtacha 2,5-3,0

    t.
    oqsil to‘playdi. Shuning uchun dukkakli o‘tlardan eng to‘yimli ozuqalar tayyorlanadi.

    1. Dukkakli o‘tlar tarkibidagi oqsil yuqori sifatli bo‘lib, unda hayot uchun zarur aminokislotalar mavjud,shu tufayli bu oqsil yaxshi hazm bo‘ladi.

    2. Eng muhim biologik hususiyati shundaki, bu o‘tlar biologik azot to‘playdi. 4) Mineral azot ko‘p ishlatilsa, tuproq mikroflorasi faollashib organik yig‘indini mineral moddalarga aylantirib tuproqning tarkibidagi chirindi kamaytiradi va oqibatda unumdorligi pasayadi. Azotning ortiqcha qismi sizot suvlariga yetib boradi.

    1. dukkakli o‘tlarni mohiyati ularning biologik hususiyati bilan bog‘liqdir, bu

    • dukkakli o‘simliklarning havo azotini o‘zlashtirib tuproqda azot to‘plash hususiyati, ko‘p yillik dukkakli o‘tlar 2-3 yilda bir gektarda 200-400 kg azot va ancha ildiz qoldiqlarini to‘playdi. Bu ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekilgan dala ekinlarning hosildorligi ancha oshadi.

    1. ko‘p yillik dukkakli o‘tlar gekgarda uzoq o‘suv yemirilishidan saqlaydi, ayniqsa, erta bahor va kuz davridagi yog‘ingarchilik paytida.

    8) ko‘p yillik ekin bo‘lganligi uchun har yili ekilmaydi, urug‘ talab qilinmaydi, tuproqqa ishlov berilmaydi.
    Umuman ko‘p yillik o‘tlarni yetishtirishda sarf-xarajat kam bo‘ladi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarning salbiy tomoni: tuproq muxitiga talabchan, tuproqda fosfor, kali, bor, molibden yetarli miqdorda talab qiladi, urug‘chiligi ancha qiyin.
    Dukkakli o‘tlar o‘rilgandan keyin o‘sish boshlanishidan shonalash va gullash davrigacha ko‘kat miqdori tez ko‘payib boradi. Gullash davridan boshlab bu jarayon sustlashadi, ko‘kat tarkibida azot kamayib boradi. O‘simlikdagi oziq moddalar ildizida to‘planadi. Bu qishlab chiqishga yordam beradi. Gullash davrining boshlanishida ko‘kat tarkibida 14-18% oqsil bo‘ladi. Gullash davrini oxirida uning miqdori kamayadi, kletchatka ko‘payadi, oziq sifati pasayadi.

      1. Download 1,15 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Dukkakli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati. Bedaning - biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi

    Download 1,15 Mb.