|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 48/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1) Beda yetishtirish texnologiyasi
Bedaning almashlab ekishdagi o‘rni. O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarda bedani amalda har qanday o‘tmishdoshdan keyin joylashtirish mumkin. Uning o‘zi ham deyarli hamma ekinlar uchun eng yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Paxta-beda almashlab ekishlarida 25-33,4 %, umuman sug‘oriladigan yerlarda 18–20 % joylashtirilishi tavsiya etiladi.
Tuproqni ishlash. Begona o‘tlar, g‘o‘zapoya va boshqa o‘tmishdosh ekin qoldiqlaridan yaxshi tozalanib, shudgor qilingan yerlarga beda ekiladi. Yerlar noyabr va kechi bilan dekabrning birinchi o‘n kunligida PYa-3–35 rusumli ikki yarusli pluglar bilan 28–30, 30–35 sm chuqurlikda, kam unumli yerlar, unumdor qavat chuqurligida shudgor qilinadi. Dalalar P- 4 markali uzun bazali tekislagichlar yordamida tekislanadi. Oz sho‘rlangan va yog‘ingarchiliklar kam bo‘ladigan, sho‘rlanmagan yerlar shudgor qilingandan keyin dekabr-yanvar oylarida egatlab suv quyib, yaxob suvi beriladi, 1200–1500 m3/ga. O‘rtacha va kuchli sho‘rlangan yerlarda pol olinib va katta me’yorlarda 2–3 marta suv bostirilib, tuzlar batamom ketguncha yuviladi.
Yog‘ingarchilik va yaxob natijasida juda zichlashgan yerlarga 10–12 sm chuqurlikda chizel solib tishli boronalar bilan yumshatiladi, ba’zan mola bosiladi.
Yengil tuproqlarda va shudgor oz normalarda egatlab yuvilganda, bahorda faqat boronalash bilan cheklaniladi, tuproq o‘tirishmaganda mola bosiladi. Kuzgi don yoki makkajo‘xori hosilidan keyin beda ekiladigan yer haydash oldidan sug‘oriladi. Ekishdan oldin diskalanadi va ikki-uch mola bosiladi.
Urug‘lik uchun faqat I–II sinf urug‘lari ekiladi. Pichan uchun III-sinf urug‘lari ekishga ruxsat etiladi. GOST bo‘yicha I–sinf urug‘lar unuvchan- ligi 90 %, 1 kg urug‘da asosiy ekin urug‘lari 98 %, begona o‘t urug‘lari ko‘pi bilan 500 dona, II– sinf urug‘larda 85 va 96 % hamda 2500 dona, III- sinfda 70, 90 %, 5000 dona bo‘lishi kerak. Ekishdan oldin urug‘lar konditsiyaga yetkazilib, pechak, kakra urug‘lari EMS-1A markali elektromagnit mashinasida tozalanadi. Tekshirilmagan, kakra, pechak g‘umay, zarpechak urug‘lari aralashgan urug‘lar ekishga ruxsat etilmaydi. 1 ts urug‘ 150– 200 g raksil yoki panoktin bilan dorilanadi.
Ekish oldidan 200 g/ga me’yorda urug‘lar nitragin bilan ishlanadi. Ekishdan oldin unuvchanlik 70–80 % bo‘lganda, oftobda quritilib, hamda qum bilan ishqalanib skarifikatsiya qilinadi va unuvchanligi oshiriladi.
Beda fevral oxiri mart oyining birinchi yarmida ekiladi. Yozda g‘o‘za qator orasida ekish 25 avgust – 15 sentyabr. Beda kuzda ekilganda muayyan tuproq iqlim mintaqasida dastlabki kuzgi sovuqlar boshlanishi hisobga olinadi. Birinchi sovuq tushganga qadar beda 40-45 kunlik bo‘lishi, tuplash fazasiga o‘tgan va ildiz otib olgan bo‘lishi kerak. Tuplanmagan beda sovuqdan nobud bo‘lishi mumkin.
Oziqabop bedaning har 1m2da 150-200 tup o‘simlik bo‘lishi maqbul hisoblanadi. Ekish me’yori birinchi sinf urug‘larda 14 kg/ga, don ekinlari bilan
aralashtirilib ekilganda 16 kg/ga. Sudan o‘ti, silosbop mak- kajo‘xori bilan ekilganda kuzda 20 kg/ga urug‘ sarflanadi. Urug‘lar seyal- kalar bilan erta ko‘klamgi ekishda 1,52 sm, kechikib ekilganda, ko‘pchiligi tuproq yuzasiga urug‘ pallalarini olib chiqolmaydi va nobud bo‘ladi.
Qo‘shib ekish va qoplama qilib ekishda urug‘ me’yorlari quyidagicha: silosbop makkajo‘xori 30–35, sudan o‘ti 10–12, boshoqli don ekinlari 60–90, arpa 60–70, bug‘doy 80–90, suli 35–40, javdar 80–110 kg/ga bo‘ladi. Boshoqli don ekinlarining ekish me’yorlari nav hamda tuplanish xusu- siyatlariga qarab belgilanadi. Don yoki sudan o‘ti urug‘lari don-o‘t seyal- kasida bir yo‘la beda bilan 4-5 sm chuqurlikka ekiladi. Makkajo‘xori bilan qo‘shib ekishda, bedani don-o‘t seyalkasida ko‘ndalang qilib tor qatorlab ekiladi (mart oxiri – aprel boshida). Bo‘yiga makkajo‘xori ekiladi va jo‘yak olinadi. Kechikib ekilganda beda makkajo‘xori bilan kombinatsiyalangan seyalkada ekiladi.
|
| |