|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 51/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1) jadval
Qo‘ng‘irbosh o‘tlarning gullash davri boshlanishidagi to‘yimliligi
Ekin
|
Oqsil miqdori,%
|
Oqsilning hazm bo‘lishi,%
|
Xom
|
Toza
|
Xom
|
Toza
|
Ajriqbosh
|
14
|
10
|
52
|
49
|
Yaltirbosh
|
13
|
9
|
64
|
61
|
Erkak o‘t
|
11
|
8
|
54
|
59
|
Bug‘doyiq
|
9
|
7
|
58
|
58
|
Sudan o‘ti
|
13
|
11
|
66
|
67
|
Sudan o‘ti va afrika qo‘nog‘i - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
O‘zbekistonda sudan o‘ti asosan sug‘oriladigan yerlarda yem-xashak ekini sifatida ekiladi. O‘zbekistonda yetishtiriladigan yem-xashakning 70% isug‘oriladigan yerlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yem-xashak yetishtirishda biryillik o‘tsimon o‘simlik, sudan o‘tining ahamiyati katta. U qurg‘oqchilikkachidamliligi, bir necha o‘rib olish mumkinligi, xushxo‘rligi bilanajralib turadi.
U yashil massa, pichan, senaj, urug‘i uchun o‘stiriladi. Sug‘oriladiganerlarda yashil massa hosili 600-800 ts/ga, urug‘ hosili 25 ts/ga ga yetadi. 100 kg pichanida 52-56 o.b. va 4-5 kg hazmlanadigan protein saqlanadi.Qoramollar va qo‘ylar sudan o‘ti yashil massasi va pichanini xush ko‘ribeyishadi. Bir yillik yem-xashak o‘simliklari orasida mollarni o‘tlatibboqilishiga chidamli.
O‘zbekistonda sudan o‘tidan ang‘iz, takroriy, ta’mirlash ekini sifatida foydalaniladi. Keyingi yillarda sudan o‘ti makkajo‘xori, soya, vika,beda o‘simliklari bilan qo‘shib ekilmoqda.
Uning ko‘payish koeffitsiyenti juda yuqori, 1 ga maydonga 15-20 kgurug‘ ekilib, 2-3 t urug‘ olinadi.O‘zbekistonda oziqa ekinlari maydoni 462,4 ming ga, shundan 4-5 minggektariga sudan o‘ti ekiladi.
Vatani – Afrika, Sudan. Dastlab AQSh ning cho‘l mintaqalaridaekilgan. O‘zbekistonda 1920 yildan boshlab ekilgan. U Afrika,Hindiston, Amerika, Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalaridakeng tarqalgan.
Sudan o‘ti qo‘ng‘irboshlar (Poaceae) oilasiga,sorgum (Sorghum L. ) avlodiga kiradi. Sudan o‘ti – Sorghum sudanense.
Qo‘noq (Setaria italica moharium Alf) - qimmatli ozuqabop ekin. U pichan, ko‘k o‘t, silos va don uchun ekiladi.
Pichanda o‘rtacha 7,8% oqsil, 26,8% kletchatka, 51,3%-azotsiz ekstraktiv moddalar, 6,7% kul moddalar, donida esa 14,3% protein mavjud. Hayvonlar yaxshi yeydi. Doni parrandalar uchun eng yaxshi ozuqa, boshqa hayvonlarga maydalab beriladi.
Hosildorligi yuqori, ammo sudan o‘tidan kamroq. Qo‘noq bir marta o‘riladi, ammo qulay sharoitda ikkinchi o‘rim ham berishi mumkin. Qo‘noqning vatani tropik Afrika bo‘lib, eramizdan 3000 yillar oldin ekilgan. Madaniy ekin sifatida Arab yarim orollaridan Hindiston va Birmaga keltirilgan va dengiz sathidan 800 dan 1800 m balandlikda keng ekiladi.
Qo‘noqning asosiy ekilish maydoni Osiyoda joylashgan (Hindiston, Pokiston, Koreya, Xitoy, Old Osiy mamlakatlari). Hindiston dunyo ekin maydonining 30%ni, yoki 11-13 mln/ga yerni egallaydi va ekish va yetishtirish bo‘yicha 1chi o‘rinda turadi.Afrikada Nigeriya, Mali, Senegala, Nigera, Sudan, Chada, Gani, Gvineya, Benin, Burkina-Faso, Serra-Leone, Efiopii, Keniya va boshqa quruq rayonlarga ekiladi. Amerika, Yevropa va Avstraliyada charvo hayvonlari uchun kam yerlarga ekiladi. Hosildorligi yuqori emas — 0,6-0,7 t/ga. Lekin Hindistonda gibridlar 1,5- 2,5 t, sug‘orilganda 3-4 t /ga don hosili olinadi.
|
| |